• Globalistika
  • 8-Mavzu. Global jarayonlar va barqaror taraqqiyot Reja




    Download 415.27 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet2/25
    Sana11.06.2022
    Hajmi415.27 Kb.
    #23426
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
    Bog'liq
    №8-Mavzu - uz
    10 Ma\'ruza, 10 Ma\'ruza (1), Betlik Ped Yuk
    Globallashuv hodisasi. Hozirgi davr haqida aniqroq tasavvur hosil qilish uchun XX 
    asr boshigacha jahon tarixi asosan mustaqil rivojlangan va bir-biriga jiddiy ta’sir
    ko‘rsatmagan sivilizatsiyalardan iborat bo‘lganini nazarda tutish muhimdir. Hozirgi
    zamonda dunyo so‘nggi yuz yillik ichida yuz bergan jamiyat hayoti barcha
    jabhalarining faol integratsiyalashuvi natijasida sezilarli darajada o‘zgardi va yaxlit
    bir butun organizmga aylandi. Buning oqibati o‘laroq, ayrim xalqlar va butun 
    insoniyatning ijtimoiy ongida global jarayonlar va ularning ta’sirida yuzaga kelgan
    umumiy (dunyo miqyosidagi) muammolar bilan belgilangan jiddiy o‘zgarishlar yuz
    bera boshladi. Jahon hamjamiyati o‘z rivojlanishining yangi bosqichiga qadam
    qo‘ygani, u avvalgi bosqichlardan nafaqat o‘zgarishlar miqyosi, balki faollik darajasi
    va universal xususiyati bilan ham farq qilishi ayon bo‘ldi. 
    Bu o‘zgarishlarning butun majmui, shuningdek ularning sabablari 1990-yillarda
    globallashuv (lot. globus – er kurrasi) deb nomlandi. Globallashuv jamiyat
    hayotining turli jabhalarida butun Er sayyorasi uchun yagona bo‘lgan tuzilmalar, 
    aloqalar va munosabatlarning shakllanishi, universallashuv jarayonidir. SHuningdek
    globallashuv global makonning tutashligi, yagona jahon xo‘jaligi, umumiy ekologik 
    o‘zaro aloqadorlik, global kommunikatsiyalar va shu kabilar bilan tavsiflanadi. 


    Globalistika. Jahon rivojlanishining eng yangi tendensiyalarini anglab etish
    borasidagi ko‘p sonli sa’y-harakatlar globallashuv jarayonlarining mohiyati,
    tendensiyalari va sabablarini, ular ta’sirida yuzaga kelayotgan global muammolarni
    aniqlash va bu jarayonlarning oqibatlarini anglab etishga qaratilgan fanlararo ilmiy 
    tadqiqotlar sohasi – globalistika paydo bo‘lishiga olib keldi. Kengroq ma’noda 
    «globalistika» atamasi globallashuvning turli jihatlari va global muammolarga oid
    ilmiy, falsafiy, madaniy va amaliy tadqiqotlarni, jumladan ularning natijalarini, 
    shuningdek ularni ayrim davlatlar darajasida ham, xalqaro miqyosda ham iqtisodiy,
    ijtimoiy va siyosiy jabhalarda amalga joriy etish borasidagi amaliy faoliyatni ifodalash 
    uchun qo‘llaniladi. 
    SHuni ta’kidlash lozimki, globalistika odatda ilmiy bilimning tabaqalanishi
    natijasida yoki turdosh fanlar tutashgan joyda paydo bo‘ladigan ayrim fanlar qatoriga
    kirmaydi. Uning vujudga kelishi zamirida qarama-qarshi jarayonlar – hozirgi zamon
    faniga xos bo‘lgan integratsiyalashuv jarayonlari yotadi. Globalistika tadqiqotlar va 
    bilishning shunday bir jabhasiki, bu erda turli fanlar bir-biri bilan uzviy 
    aloqada,har biri o‘z predmeti va metodi nuqtai nazaridan, globallashuvning turli
    jihatlarini tahlil qiladi, global muammolarni bir-biridan alohida va yaxlit tizim sifatida
    o‘rganib, ularning echimlarini taklif qiladi. 
    Globalistika mustaqil ilmiy yo‘nalish va ijtimoiy amaliyot sohasi sifatida 1960-
    yillarning oxirlarida shakllana boshladi, lekin uning paydo bo‘lishi uchun ob’ektiv 
    asoslar ancha oldin yuzaga kelgan edi. 

    Download 415.27 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




    Download 415.27 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    8-Mavzu. Global jarayonlar va barqaror taraqqiyot Reja

    Download 415.27 Kb.
    Pdf ko'rish