• Familiyasi Ismi Tug’ilgan sanasi Guruhi
  • Ma’lumotlar bazasining strukturasi




    Download 1.94 Mb.
    bet2/10
    Sana28.01.2023
    Hajmi1.94 Mb.
    #39916
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    8-MAVZU. MA’LUMOTLAR BAZALARI VA KATTA XAJMDAGI MA’LUMOTLAR BILAN ISHLASH TEXNOLOGIYALARI
    4-Электрчилангар, 4.52.02.24. ўқув дастури, Collins-2001-Good-to-Great-Why-Some-Companies-Make-the-Leap...and-Others-Dont , 11-mavzu, Math kutubxonasi ( Python ), Azizbek Xaydaraliyev, 100 g\'oya tadbir, MAHMUD QOSHG\'ARIYNING PEDAGOGIK QARASHLARI, Innovatsion menejment. Gimush R.I., demorgafiya iyun, Xavfsizligi, Xasanova Mahliyo mustaqil ishi, Ta\'lim to\'g\'risidagi qonun yangi tahriridagisi, hisobot amaliyot Eshqobilov sardor
    Ma’lumotlar bazasining strukturasi:
    Ma’lumotlar bazasi ko’p hollarda jadval ko’rinishda bo’ladi. Jadvallar chekli sondagi nomlangan ustunlar va cheksiz qatorlardan tashkil topgan bo’ladi. Jadvallarning har bir qatori bitta yozuv, har bir ustuni esa bir nomdagi va bir turdagi yozuvlar maydonidir. Ma’lumotlar bazasida ustunlar –maydonlar, qatorlar esa yozuvlar deyiladi. Ma’lumotlar bazasiga oddiygina misol qilib, telefon spravochnigini olish mumkin. Unda maydonlar nomlangan: Familiyasi, Ismi, Telefon nomeri. Yozuvlari fiksirlanmagan ya’ni telefon spravochnigi uzluksiz to’ldirib boriladi, undagi yozuvlar esa telefon nomerlarini almashtirilganda o’zgaradi. Agar ma’lumotlar bazasidan hamma yozuvlarni o’chirib tashlansa, unda maydon nomlari qoladi. Aniqroq qilib aytsak, ma’lumotlar bazasi strukturasi qoladi.
    Ma’lumotlar bazasi yozuvlari yo’q bo’lgan holda ham bazaligicha qo’llaveradi, chunki u strukturaga ega. Xuddi shunday yuqoridagi misolimizda ham telefon nomerlarini yozib oladigan kitobcha, agar unda umuman yozuv bo’lmasa ham, u kitobchaligicha qoladi. Shunday qilib, ma’lumotlar bazasini yaratish ikki etapdan iborat: uning strukturasini yaratish va strukturani axborotlar bilan to’ldirish. Bu ikki funksiyani ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi bajaradi.
    Masalan, biror Oliy o’quv yurtining aniq fakultetida taxsil olayotgan biror guruh talabalari tug’risidagi ma’lumotlar bitilgan quyidagi jadvalni ko’raylik:

    Familiyasi

    Ismi

    Tug’ilgan sanasi

    Guruhi

    Turar joji

    Qiziqqan fani

    Ochilov

    Alisher

    2.05.1978

    5 –m

    Nizomiy-15

    Matematika

    Qobulov

    Farhod

    2.12.1982

    6 –e

    I.Sino-1

    Adabiyot

    Aminov

    San’at

    3.06.1980

    5 –m

    Navoiy-12

    Tarix

    Tolipov

    Jasur

    24.05.1979

    6 –e

    Beruniy-2

    Iqtisod

    Bu misolda 4 ta yozuv bo’lib, ularning har biri 6 ta maydondan iborat. Mazkur maydonlarning har biri mos ravishda «Familiyasi», «Ismi», «Tug’ilgan sanasi», «Guruhi», «Turar joyi», «Qiziqqan fani» deb nomlangan. Demak, yozuvdagi maydonlar soni yozuvga kiritiladigan ma’lumotlar hajmiga bog’liq. Fayldagi bu yozuvlar birlamchi hisoblanadi. Chunki biror yozuvdagi ixtiyoriy ma’lumotni boshqa yozuvdagi ixtiyoriy ma’lumotni boshqa yozuvdagi ixtiyoriy ma’lumotlar bilan taqqoslab aniqlash mumkin emas. Shuning uchun ham bizga kerakli bo’ladigan ikkilamchi yozuvlarni esa faqat amaliy dasturlar yordamida olish mumkin bo’ladi. Modomiki shunday ekan, MB tashkil qilish, ularga qo’shimcha ma’lumotlarni kiritish va mavjud MBdan foydalanish uchun maxsus MBlar bilan ishlaydigan dasturlar zarur bo’ladi. Bunday dasturlar majmui ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT) deb yuritiladi.

    Aniqroq qilib aytganda, MBBT - bu ko’plab foydalanuvchilar tomonidan MBni yaratish, unga qo’shimcha ma’lumotlarni kiritish va MBni birgalikda ishlatish uchun zarur bo’lgan dasturlar majmuidir. MBBTning tarkibidagi asosiy komponenti - bu ma’lumotlar bo’lsa, boshqa komponenti –foydalanuvchilar, Hardware –texnik va Software –dasturiy ta’minoti hisoblanadi. Hardware tashqi qo’shimchasi xotiradan (disk, magnit lentasi) iborat bo’lsa, dastur qismi esa MB bilan foydalanuvchi o’rtasidagi muloqotni tashkil qilishni amalga oshiradi. MBning tuzilishi o’rganilayotgan ob’yektning ma’lumotlari ko’rinishi, ma’nosi, tuzilishi va hajmiga bog’liq bo’ladi.
    Odatda, foydalanuvchilar quyidagi kategoriyalarga bo’linadilar:

    • Foydalanuvchi –dastur tuzuvchi;

    • Tizimli dastur tuzuvchi;

    • Ma’lumotlar bazasi administratori.

    Bunda dastur tuzgan foydalanuvchi MBBT uchun yozgan dasturiga javob beradi, tizimli dastur tuzuvchi esa butun tizimning ishlashi uchun javobgar hisoblanadi. U holda MB administratori tizimning saqlanish holatiga va ishonchligiga javob beradi.
    MBBT quyidagicha tavsiflanadi:

    • Ispolnimost –Bajarilishlik, foydalanuvchi so’roviga hozirjavoblik bilan muloqotga kirishish

    • Minimalnaya povtoryayemost –minimal takrorlanishlik

    MBdagi ma’lumot iloji boricha kam takrorlanishi lozim, aks holda ma’lumotlarni izlash susayadi.

    • Yaxlitlik –axborotni MBda saqlash iloji boricha ma’lumotlar orasidagi bog’liqlikni asragan holda bo’lgani, ayni muddao.

    • Bezopasnost –Xavfsizlik MB ruxsat berilmagan kirishdan ishonchli himoya qilingan bo’lishi lozim. Faqat foydalanuvchi va tegishli tashkilotgina ma’lumotlarga kira olish va foydalanish huquqiga egalik qilishi mumkin.

    • Migratsiya –ba’zi bir ma’lumotlar foydalanuvchilar tomonidan tez ishlatilib turiladi. Shuning uchun ma’lumotlarni tashqi xotiralarda joylashtiriladi va uni shunday tashkil qilish kerakki, eng ko’p ishlatiladigan ma’lumotlarga murojaat qilish qulay bo’lsin.

    Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimida har bir MB modeli quyidagi xususiyatlari bo’yicha tavsiflanadi:

    1. Ma’lumotlar tuzilmalarining turi.

    2. Ma’lumotlar ustida bajariladigan amallar.

    3. Butunlikning cheklanganligi.

    Bu xususiyatlarni e’tiborga olgan holda ma’lumotlar bazasi modellari quyidagi turlarga bo’linadi:

    • Daraxtsimon (iyerarxik) modellar.

    • Tarmoqli (to’rli) modellar.

    • Relyatsion modellar.

    Yana shu narsani ta’kidlash lozimki, ma’lumotlar bazasi modellarining faqatgina yuqorida qayd qilingan modeli mavjud deyish, noto’g’ri. Chunki, bulardan tashqari yana ma’lumotlar bazasining binar munosabatlar modeli, ER-modellari, semantik model kabi boshqa turlari ham mavjud. Lekin amalda asosan dastlabki ta’kidlangan 3 turli modellar qo’llanilib kelinmoqda. Shuning uchun ham biz ushbu modellarga qisqacha to’xtalib o’tamiz.
    Daraxtsimon (iyerarxik) modelda ob’yektlar yozuvlar ko’rinishida ifodalanadi. Masalan, quyiroqda keltirilgan rasmda dasturlash tillarining daraxtsimon modeli ko’rsatilgan.
    Iyerarxik modelda ikki yarusdagi elementlar bog’langan bo’lsa, unday ma’lumotlar tarmoqli (to’rli) modelda ifodalangan deyiladi. Tarmoqli modellardagi kabi yozuvlar ko’rinishida tasvirlanadi. Ob’yeklarning o’zaro aloqalari yozuvlar o’rtasidagi aloqalar sifatida tavsiflanadi.

    Tarmoqli model ham chizmali usul yordamida tashkil qilinadi. Lekin, bunda tegishli axborotlar bir necha yo’nalish bo’yicha olinishi mumkin.


    Download 1.94 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 1.94 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ma’lumotlar bazasining strukturasi

    Download 1.94 Mb.