Windowsda ma’lumotlar omborini yaratish




Download 1.94 Mb.
bet7/10
Sana28.01.2023
Hajmi1.94 Mb.
#39916
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
8-MAVZU. MA’LUMOTLAR BAZALARI VA KATTA XAJMDAGI MA’LUMOTLAR BILAN ISHLASH TEXNOLOGIYALARI
4-Электрчилангар, 4.52.02.24. ўқув дастури, Collins-2001-Good-to-Great-Why-Some-Companies-Make-the-Leap...and-Others-Dont , 11-mavzu, Math kutubxonasi ( Python ), Azizbek Xaydaraliyev, 100 g\'oya tadbir, MAHMUD QOSHG\'ARIYNING PEDAGOGIK QARASHLARI, Innovatsion menejment. Gimush R.I., demorgafiya iyun, Xavfsizligi, Xasanova Mahliyo mustaqil ishi, Ta\'lim to\'g\'risidagi qonun yangi tahriridagisi, hisobot amaliyot Eshqobilov sardor
Windowsda ma’lumotlar omborini yaratish
1. MySQL serverini ishga tushiring, buning uchun c:\MySQL\bin katalogida taklif satridagi MySQLd-shareware –standalone buyrug’ini tanlang.
2. So’ngra taklif satrida MySQL ni kiritish orqali MySQL mijoz dasturini chaqiring.
3. Taklif MySQL> ga o’zgaradi. Buyruqni kiriting: create database employees;
(Izoh: Buyruq nuqtali vergul bilan tugaydi).
4. MySQL serveri taxminan 1 rasmdagidek javob berishi kerak

3.1 Rasm. Jadval yaratish buyrug’i ishining natijasi

  1. [So’rov qayta ishlandi, 1 satr o’zgardi (0.00 sek)]

  2. Bu ma’lumotlar ombori muvaffaqiyatli yaratilganligini anglatadi. Endi tizimda nechta ma’lumotlar ombori mavjudligini ko’ramiz. Quyidagi buyruqni bajaring:

show databases;
Server 2 rasmda ko’rsatilgandek, ma’lumotlar omborlari ro’yxati bilan javob beradi.

3.2 Rasm. Ma’lumotlar omborlarini ko’rish.
Bu yerda uchta ma’lumotlar ombori ko’rsatilgan, ulardan ikkitasi MySQL tomonidan o’rnatish vaqtida yaratilgan hamda yangi yaratilgan employees ma’lumotlar ombori. Yana DOS taklifiga qaytish uchun MySQL taklifidan quit buyrug’ini tanlang.
MySQL da ma’lumotlar omborlari katalog shaklida amal qiladi, kataloglar ma’lumotlar ombori jadvallariga mos keluvchi fayllardan tashkil topgan. Omborda boshidan hech qanday jadval bo’lmaganligi bois, CREATE DATABASE operatori faqat MySQL ma’lumotlar katalogida kichik katalog yaratadi.
Jadvallar bilan ishlash
Endi MySQL ning ma’lumotlar omborini tanlash va jadvallar yaratish uchun mo’ljallangan buyruqlarini ko’rib chiqamiz. Ma’lumotlar ombori ma’lumotlarni jadvallarda saqlaydi. Bu jadvallarning o’zi nima? Hammasidan ko’ra jadvallarni satr va ustunlardan tashkil topgan deb tasavvur qilish osonroq. Har bir ustun ma’lumotlarni ma’lum bir tipga ajratadi.
Satrlar alohida yozuvlarni o’z ichiga oladi.
1 Jadvalda ayrim kishilarning shaxsiy ma’lumotlari keltirilgan:

Ismi

yoshi

Davlati

e-maili

Tesha

45

O’zbekiston

tesha@mail.ru

Ivan

35

Rossiya

ivan@mail.ru

Berdimurod

27

Turkmaniston

berdimurod@mail.ru

3.1 jadval. Shaxsiy ma’lumotlar
Yuqorida keltirilgan jadval to’rt ustundan iborat, har bir ustunda ism, yosh, mamlakat va e_mail manzili saqlanadi. Har bir satr bir kishining ma’lumotlarini saqlaydi. Ushbu satr yozuv deyiladi. Berdimurodning e-mail manzili va mamlakatini topish uchun avval birinchi ustundan ismni tanlash hamda ushbu satrdagi uchinchi va to’rtinchi ustunlar tarkibini ko’rish zarur.
Ma’lumotlar ombori tarkibida ko’p jadvallarni saqlashi mumkin, aynan jadvallar haqiqiy ma’lumotlarni saqlaydi. O’z navbatida o’zaro bog’liq (yoki bog’liq bo’lmagan) ma’lumotlarni turli jadvallarga ajratish mumkin. Employees ma’lumotlar ombori uchun kompaniyaning ishchilari haqidagi ma’lumotlarni bir jadvalda saqlaydi, boshqa jadvalda esa shaxsiy ma’lumotlar saqlanadi. Birinchi jadvalni yaratamiz.
Bunday jadvalni yaratish uchun SQL buyrug’i quyidagi ko’rinishda bo’ladi:
CREATE TABLE employee_data
(
emp_id int unsigned not null auto_increment primary key,
f_name varchar(20),
l_name varchar(20),
title varchar(30),
age int,
yos int,
salary int,
perks int,
email varchar(60)
);
Izoh: MySQL da buyruqlar va ustun nomlari simvol registrlarini farqlay olmaydi, lekin jadvallar va ma’lumotlar ombori nomlari, ular qo’llaniladigan platformaga qarab registrdan bog’liq bo’lishi mumkin (Linux dagi kabi). Shuning uchun CREATE TABLE o’rniga create table dan foydalanish mumkin. CREATE TABLE kalit so’zlari ortidan yaratilayotgan jadval nomi employee_data keladi. Qavs ichidagi har bir satr bitta ustunni anglatadi. Bu ustunlar har bir xodimning identifikatsion raqami (emp_id), familiyasi (f_name), ismi (l_name), lavozimi (title), yoshi (age), kompaniyada ish staji (yos), maoshi (salary), qo’shimcha (perks) va e-mail manzili (email) ni saqlaydi. Har bir ustun nomi ortidan ustun tipi keladi. Ustunlar tipi ulardagi ma’lumotlar tipini aniqlaydi. Ushbu misolda f_name, l_name, title va email ustunlari matnli satrlardan tashkil topgan bo’ladi, shuning uchun ustun tipi varchar, ya’ni simvollarning o’zgaruvchi miqdori kabi berilgan. Varchar ustunlari uchun simvollarning maksimal soni ustun nomidan so’ng qavs ichida yoziladigan son bilan aniqlanadi. Age, yos, salary i perks ustunlari sonlar (butun) dan tashkil topganligi uchun ustun tipi int kabi beriladi. Birinchi ustun (emp_id) xodimning identifikatcion raqami (id) ni saqlaydi. Uning ustuni tipi bir muncha murakkab ko’ringanligi uchun uni qismlarga bo’lib ko’rib chiqamiz:

  • int: ustun tipini butun son sifatida aniqlaydi.

  • unsigned: son belgisiz bo’lishini belgilaydi (musbat son).

  • not null: qiymat null (bo’sh) bo’la olmasligini, ya’ni ushbu ustundagi har bir satr qiymatga ega bo’lishini belgilaydi.

  • auto_increment: MySQL auto_increment atributli ustunga duch kelganda, ustundagi eng katta qiymatdan bir miqdorga katta yangi qiymat paydo bo’ladi. Shuning uchun biz ushbu ustun uchun qiymat berishimiz kerak, MySQL uni mustaqil generatsiyalaydi. Bundan kelib chiqadiki, ushbu ustundagi har bir qiymat unikal bo’ladi.

  • primary key: ustunni indeksatciyalashda yordam beradi, bu esa qiymatlarni qidirishni tezlashtiradi. Har bir qiymat unikal bo’lishi kerak. Kalit ustun ma’lumotlar takrorlanishini oldini olish uchun zarur. Misol uchun, ikki xodim bir xil ismga ega bo’lishi mumkin, bunda agar ularga unikal identifikatsion raqam berilmasa, ularni farqlash muammosi yuzaga keladi. Agar unikal qiymatli ustun mavjud bo’lsa, ikki yozuvni oson ajratish mumkin. Yaxshisi, unikal qiymatlarni o’zlashtirishni MySQL tizimining o’ziga topshirish kerak.




Download 1.94 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 1.94 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Windowsda ma’lumotlar omborini yaratish

Download 1.94 Mb.