• II.Dars turi
  • Dars bosqichlari Vaqt 1
  • 2. O’tilgan mavzu bayoni
  • Yakkalangan otkazgichda elektr zaryadlari uning sirti boylab taqsimlanadi. Otkazgich ichida zaryad bolmaydi.
  • 8-sinf Fizika Sana:“A” 201 y. “B” 201 y. “V” 201 y. Darsning mavzusi




    Download 7.54 Mb.
    bet14/124
    Sana03.04.2021
    Hajmi7.54 Mb.
    #14033
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   124
    Darsning maqsadi :

    • Talimiy maqsad: O’quvchilarga o'tkazgichlarda elektr zaryadlaruiing taqsimlanishi xaqida ma’lumot berish.

    • Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni tabiatga bo’lgan muhabbatini o’yg’otish, Tabiatni asrab avaylashga o’rgatish.

    • Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish,nutq madaniyatini o’stirish.

    II.Dars turi: Maruza

    III.Dars jixozi: Darslik, plakat, slaydlar, tarqatma materiallar

    IV. Darsning xronologik tuzilishi:




    Dars bosqichlari

    Vaqt

    1

    Tashkiliy qism

    3

    2

    O’tilgan mavzuni so’rash

    10

    3

    Yangi mavzuni tushuntirish

    15

    4

    Darsni mustaxkamlash

    10

    5

    O’quvchilarni baxolash

    5

    6

    Uyga vazifa.

    2


    Darsning borishi

    1.Tashkiliy qism: O’quvchilarni darsga jalb qilish. Salomlashish. Yuqlama qilish. Dunyo yangiliklaridan xabardor qilish.

    2. O’tilgan mavzu bayoni: Takrorlash

    3.Yangi mavzuning bayoni:

    Elektr zaryadlari yakkalangan o'tkazgichda qanday joylashgan bo'ladi? O'tkazgich icliida ham zaryad bo'ladimi?

    Mulohaza yuritib ko'raylik. Metall sharga musbat zaryad berildi, deylik. Bilamizki, bir xil ishorali zaryadlar bir-biridan itariladi. Shu sababli shar icliida zaryad bo'lgan taqdirda ham, ular o'zaro itarisliib, imkon qadar bir- biridan uzoq masofada joylasliishga intiladi. Natijada, shaming butun hajmidagi zaryadlar uning sirtiga chiqib qoladi. Shu bois, metall sharga berilgan musbat zaryadlar 27- rasmda tasvirlangandek, shaming sirti bo'ylab joylashadi.

    Ikkita elektrometr olib, ularning biriga ichki kovak va tepasida tesliigi bo'lgan metall shar o'matiladi. Sharga elektr zaryadi berilsa, elektrometr ko'rsatkichi ma'lum burchakka buriladi. Izolatorli tayoqcha uchini kovakli shar icliiga kirgizib, tayoqcha uchiga mahkam- langan sharchani shaming ichki sirtiga, so'ngra tayoqcha sharchasini zaryadlanmagan elektrometr sharchasiga tekkizamiz. Bunda ikkinclii elektrometrning ko'rsatkichi joyidan qo'zg'almaydi (28- a rasm).

    Demak, shar icliida zaryad bo'lmas ekan.

    Endi tayoqcha sharchasini birinchi elektrometr ustidagi shar sirtiga tekkizamiz. Bunda shu elektrometr ko'rsatkichi zaryadning biroz kamayganini ko'rsatadi. Tayoqcha sharchasini ikkinclii elektrometr sharchasiga tekkizamiz. Bunda elektrometr ko'rsatkichi biroz buriladi, ya'ni zaryad olganini bildiradi (28- b rasm).

    Demak, elektr zaryadi shar sirtida joylashar ekan.

    Yakkalangan o'tkazgichda elektr zaryadlari uning sirti bo'ylab taqsimlanadi. O'tkazgich ichida zaryad bo'lmaydi.

    M.Faradey o'tkazgich icliida elektr zaryadlari bo'l- masligini isbotlash uchun yog'ochdan qafas yasagan. Qafasning tashqi sirtini yupqa folga bilan qoplagan. Faradey qo'liga elektroskop olib, qafas ichiga kirib olgan. Uning yordamchilari qafasni ipak arqonlar bilan osishgan, so'ngra qafasga elektr zaryadlari berishgan. Qafas ichidagi elektroskop ham, Faradey ham qafasning zaryadlanishini sezmagan.



    Faradey o'tkazgan bu tajriba ham o'tkazgich ichida zaryad bo'lmasligi, elektr zaryadlari faqat o'tkazgich sirti bo'ylab joylashishini isbotlaydi.

    Zaryadlar metall shaming sirtida joylashishiga ishonch hosil qildik. Lekin ixtiyoriy shakldagi o'tkazgich sirtida zaryadlar qanday taqsimlanadi?

    29- rasmda tasvirlangan shakldagi o'tkazgichni zaryadlaylik. Rasmda ko'rsatilgandek, o'tkazgichning turli joylariga folga yaproqchalarini qo'yaylik. Bunda o'tkazgich sirtidagi zaryadlar ta'sirida yaproqchalar turlicha tarzda ocliiladi.

    Murakkab shakldagi yakkalangan o'tkazgichda elektr zaryadlari notekis taqsimlangan bo'ladi. O'tkazgichning uchli joylarida zaryadlar zich, tekis joylarida siyrakroq, botiq joylarida esa juda siyrak joylashadi.

    Yakkalangan o'tkir uchga ega sharni o'tkazgich sim orqali elektr zaryadlari manbayiga ulab, uni uzluksiz zaryadlab turamiz. Shaming o'tkir ucliida zaryad eng zich ekanligi ma'lum. Shaming ucliiga yonib turgan shamni yaqinlashtiramiz. Bunda alanganing shamol ta'siridagidek. Shuning uchun bu hodisa



    elektr «shamol» deb yuritiladi. Bu tajriba murakkab shakldagi yakkalangan o'tkazgich sirtida elektr zaryadlarining notekis taqsimlanishi, o'tkazgichning uchli joylarida zaryadlar zich joylashishini tasdiqlaydi.


    Download 7.54 Mb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   124




    Download 7.54 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    8-sinf Fizika Sana:“A” 201 y. “B” 201 y. “V” 201 y. Darsning mavzusi

    Download 7.54 Mb.