Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish,nutq madaniyatini o’stirish.
II.Dars turi: Maruza
III.Dars jixozi: Darslik, plakat, slaydlar, tarqatma materiallar
IV. Darsning xronologik tuzilishi:
№
|
Dars bosqichlari
|
Vaqt
|
1
|
Tashkiliy qism
|
3
|
2
|
O’tilgan mavzuni so’rash
|
10
|
3
|
Yangi mavzuni tushuntirish
|
15
|
4
|
Darsni mustaxkamlash
|
10
|
5
|
O’quvchilarni baxolash
|
5
|
6
|
Uyga vazifa.
|
2
|
Darsning borishi
1.Tashkiliy qism: O’quvchilarni darsga jalb qilish. Salomlashish. Yuqlama qilish. Dunyo yangiliklaridan xabardor qilish.
2. O’tilgan mavzu bayoni: Takrorlash
3.Yangi mavzuning bayoni:
Odamlar qadimda chaqmoq chaqishi va momaqaldiroq gumburlashi sabablarini bilolmaganlar.
Chaqmoqning hosil bo'lishini turli ishorali elektr zaryadlarining o'zaro ta'siri asosida tushuntirish mumkin. Bir jism ikkinclii jismga ishqalanganda, elektr zaryadi hosil bo'lishini bilasiz. Shunga o'xshash, bulut qatlamlarining bir-biri bilan ishqalanishi natijasida ularning bir qatlami musbat, ikkinclii qatlami manfiy zaryadlanib qoladi. Zaryadlangan bulut to'plami boshqa bir zaryadlangan bulut to'plamiga yaqinlashganda ular o'z elektr maydonlari orqali ta'sirlashadilar.
Musbat va manfiy zaryadlarning bir-biriga tortilisliini ham bilasiz. Turli ishora bilan zaryadlangan bulutlar kuchli zaryadlanganda va ular bir-biri bilan yaqinlashganda, bir bulutdagi manfiy zaryadlar ikkinclii bulutdagi musbat zaryadlar tomon harakat qiladi. Qarama-qarslii ishorali zaryadlarning to'satdan
qo'shilishi natijasida kuchli elektr uchqun — chaqmoq hosil bo'ladi.
|