• Dars bosqichlari Vaqt 1
  • 2. O’tilgan mavzu bayoni
  • Metall kristall panjara tuzilishida bolib, panjara tugunlarida musbat zaryadli ionlar joylashgan. Oz atomini tark etgan elektronlar kristall panjara orasida erkin harakatlanib yuradi
  • 8-sinf Fizika Sana:“A” 201 y. “B” 201 y. “V” 201 y. Darsning mavzusi




    Download 7,54 Mb.
    bet24/124
    Sana03.04.2021
    Hajmi7,54 Mb.
    #14033
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   124
    Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni tabiatga bo’lgan muhabbatini o’yg’otish, Tabiatni asrab avaylashga o’rgatish.

  • Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish,nutq madaniyatini o’stirish.

    II.Dars turi: Maruza

    III.Dars jixozi: Darslik, plakat, slaydlar, tarqatma materiallar

    IV. Darsning xronologik tuzilishi:




    Dars bosqichlari

    Vaqt

    1

    Tashkiliy qism

    3

    2

    O’tilgan mavzuni so’rash

    10

    3

    Yangi mavzuni tushuntirish

    15

    4

    Darsni mustaxkamlash

    10

    5

    O’quvchilarni baxolash

    5

    6

    Uyga vazifa.

    2


    Darsning borishi

    1.Tashkiliy qism: O’quvchilarni darsga jalb qilish. Salomlashish. Yuqlama qilish. Dunyo yangiliklaridan xabardor qilish.

    2. O’tilgan mavzu bayoni: Takrorlash

    3.Yangi mavzuning bayoni:

    Qattiq jismlarning, jumladan, metallarning atomlari tartibli davriy strukturali kristall panjarani taslikil etadi. Kristall panjaraning atom (ion)lar joylashgan nuqtalari tugunlar deyiladi.

    Metall atomining eng chekka orbitasidagi elektronlar o'z yadrosi bilan kuchsiz bog'langan bo'ladi. Metallarda bunday elektronlar o'z atomini tark etib, erkin elektronlarga aylanadi, atomlar esa musbat ionga aylanib qoladi. Ion — elektroni ortiqcha yoki elektroni yetishmaydigan atom. Agar atomni elektronlaridan birontasi yoki bir nechtasi tark etsa, bunday atom musbat ionga aylanadi. Atom ortiqcha elektron olganda esa, bu atom manfiy ionga aylanib qoladi. 1 sm3 metallda 1022—1023 ta erkin elektron mavjud.

    Metall kristall panjara tuzilishida bo'lib, panjara tugunlarida musbat zaryadli ionlar joylashgan. O'z atomini tark etgan elektronlar kristall panjara orasida erkin harakatlanib yuradi (45- rasm).

    Masalan, mis (Cu) atomi yadrosida 29 ta musbat zaryadli proton bo'lib, yadro atrofida 29 ta manfiy zaryadli elektron yadro atrofidagi turli orbitalar bo'ylab aylanib yuradi. Eng chekka orbitada 1 ta elektron bo'lib, yadro bilan juda kuchsiz bog'langan bo'ladi. Unga qo'shni atomlarning yadrolari ham ta'sir etib

    turadi. Shu tufayli bu elektron atomdan atomga deyarli erkin ko'chib yuradi, ya'ni erkin elektronga aylanib qoladi. Erkin elektronlar gaz molekulalari kabi issiqlik harakatida bo'ladi.

    Metall o'tkazgichni elektr zanjirga ulaylik. O'tkaz­gichning manba musbat qutbiga ulangan uchi bilan manfiy qutbiga ulangan uclii orasida elektr maydon hosil bo'ladi. Bu maydon ta'sirida erkin elektronlar manfiy zaryadli bo'lgani uchun manbaning musbat qutbi tomon harakat qiladi (46- rasm). Metallning musbat ionga aylangan atomlari esa o'z joyida qo'zg'almasdan turaveradi. Elektronlarning tartibli harakati natijasida o'tkazgichda tok hosil bo'ladi.







    Download 7,54 Mb.
  • 1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   124




    Download 7,54 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    8-sinf Fizika Sana:“A” 201 y. “B” 201 y. “V” 201 y. Darsning mavzusi

    Download 7,54 Mb.