|
Zaryadli zarralarning tartibli harakati, ya'ni - oqimi
| bet | 21/124 | Sana | 03.04.2021 | Hajmi | 7,54 Mb. | | #14033 |
Zaryadli zarralarning tartibli harakati, ya'ni - oqimi elektr toki deb ataladi.
«Ток» so'zi «oqim» ma'nosini bildiradi. Yuqoridagi tajribada o'tkazgichda elektr toki hosil bo'lganini bilish uchun yerga ulangan o'tkazgich o'rtasiga neon lampoclika o'rnataylik. Agar o'tkazgichning ikkinclii ucliini elektrometrning zaryadlangan sharchasiga tekkizsak, elektrometrning ko'rsatkichi nolga tusliislii bilan bir vaqtda neon lampoclika ham bir zumda yonib o'chadi (34- rasm). Demak, haqiqatan ham, o'tkazgichda zaryadli zarralar bir tomonga tartibli harakat qiladi, ya'ni oqadi va elektr toki hosil bo'ladi.Zaryadli zarralarning harakat qilisliiga sabab, o'tkazgichda elektr maydonning mavjudligidir (35- rasm). 33- rasmda tasvirlangan tajribada elektrometrning sharchasi manfiy zaryadlangan. O'tkazgich uclii sharchaga tekkizilmasdan awal yerning o'tkazgich ulangan joyi neytral bo'ladi, ya'ni manfiy va
musbat zaryadlar teng miqdorda bo'ladi.
O'tkazgich sharchaga ulangan zahoti undagi
manfiy zaryadlarning ta'sirida yerning bu neytal
joyidan manfiy zaryadlar qochadi.
O'tkazgichning yerga ulangan joyida musbat zaryadlar qolishi natijasida sharcha va yer orasida elektr maydon vujudga keladi. Bu maydon ta'sirida sharchadagi elektronlar yer tomon tartibli harakat qiladi va o'tkazgichda tok hosil bo'ladi.
|
| |