• Momaqaldiroq
  • 8-sinf Fizika Sana:“A” 201 y. “B” 201 y. “V” 201 y. Darsning mavzusi




    Download 7.54 Mb.
    bet17/124
    Sana03.04.2021
    Hajmi7.54 Mb.
    #14033
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   124
    Chaqmoq - bu turli ishora bilan zaryad­langan bulutlar orasida yoki bulut bilan yer sirti orasida sodir bo'ladigan kuchli elektr uchquni.

    Chaqmoqning uzunligi bir necha kilometrga, dia- metri esa bir necha santimetrga teng bo'lib, davo- miyligi sekundning ulushida sodir bo'ladi.

    Chaqmoq paytida kuchli gumburlash — moma­qaldiroq yuzaga keladi.

    Momaqaldiroq - bu chaqmoq paytida sodir bo'ladigan havodagi (atmosferadagi) tovush hodisasi bo'lib, u chaqmoq yo'lida havoning qizishi, bosimi ortishi va kengayishi tufayli yuz beradi.

    Bunga sabab, 1 s da yorug'lik 300000 km masofani, tovush esa havoda bor-yo'g'i 340 m masofani bosib o'tadi. Masalan, chaqmoq bizdan 1 km uzoqlikda sodir

    bo'lsa, uni deyarli shu zahoti ko'ramiz, momaqaldiroq ovozini esa 3 s dan keyin eshitamiz.

    Nima uchun ko'p hollarda momaqaldiroq bir necha sekund davomida gumburlab turadi? Buning sababi, chaqmoq sodir bo'layotgan maydonning juda uzunligidadir. Chaqmoqning uzunligi ba'zan bir necha kilometr bo'ladi. Chaqmoqning yaqin va uzoq qismidan momaqaldiroq turli vaqtlarda yetib keladi. Yer, bino va boshqa joylardan qaytgan aksi sado ham momaqaldiroqning yanada uzoq vaqt davomida gumburlab turishiga olib keladi.

    Chaqmoq bulutlar orasidagina emas, bulut bilan yer orasida ham yuz berishi mumkin. Bunda bir-biri bilan ishqalangan bulut qatlamlarida hosil bo'lgan zaryadlar yerga o'tadi.

    Agar bulutning manfiy zaryadlangan qatlami yer sirtiga yaqin kelib qolsa, shu bulut ostidagi yer sirtida musbat zaryadlar to'planadi. Natijada, zaryadlangan bulut yer sirti bilan hosil bo'lgan elektr maydon orqali ta'sirlashadi. Bulut kuchli zaryadlangan va yerga juda yaqinlashib qolganda bulut va yer sirti orasida kuchli elektr uchqun chiqadi, ya'ni chaqmoq chaqnaydi. Chaqmoq jarayonida bulutdagi zaryadlar yerga o'tadi. Siz «yasliin urdi», «yasliin tushdi» degan so'zlarni ko'p eshitgansiz. Yasliinning o'zi nima? Undan qanday saqlanish mumkin?





    Download 7.54 Mb.
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   124




    Download 7.54 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    8-sinf Fizika Sana:“A” 201 y. “B” 201 y. “V” 201 y. Darsning mavzusi

    Download 7.54 Mb.