9- mavzu. Axborot xavfsizligini ta’minlashning g‘oyaviy-nazariy asoslari




Download 33.18 Kb.
bet1/5
Sana01.12.2023
Hajmi33.18 Kb.
#108948
  1   2   3   4   5
Bog'liq
9-m m
KL-Инструкция 4-23 по охране труда для тракторист, 6 mustaqil ish, 01. Ёшлар қонунлиги, Tarix, A.Shukurov O\'quv qo\'llanma 2-qism 2021, 14 ЯНГИ Намунавий Устав лотин 25 08 (2), AX, Ikkinchi jahon urushi jahon sahnasida mavjud sharoitni o, PF-5712 29.04.2019, Степени сравнения прилагательных, Media ishchi, ZULFIYA TOYCHIYEVA 2-YODLASH TESTI

9- mavzu. Axborot xavfsizligini ta’minlashning g‘oyaviy-nazariy asoslari

Reja:


  1. Axborot xavfsizligini ta’minlash

  2. Xalqaro axborot xavfsizligini ta’minlash sohasidagi asosiy tahdidlar

  3. Axborot xavfsizligi nazariy asoslari

Axborot xavfsizligini ta’minlash. Axborot xavfsizligini ta’minlash – bu foydalanuvchining axborotlarini himoyalashga quyilgan me’yor va talablarni bajarishidir. Axborot xavfsizligi esa bu axborot foydalanuvchilariga va ko‘plab axborot tizimlariga zarar keltiruvchi tabiiy yoki sun’iy xarakterga ega tasodifiy va uyushtirilgan ta’sirlardan axborotlarni va axborot kommunikatsiya tizim ob’ektlarining himoyalanganligidir.
Login tushunchasi. Login – shaxsning, o‘zini axborot kommunikatsiya tizimiga tanishtirish jarayonida qo‘llaniladigan belgilar ketma-ketligi bo‘lib, axborot kommunikatsiya tizimidan foydalanish huquqiga ega bo‘lish uchun foydalaniluvchining maxfiy bo‘lmagan qayd yozuvi hisoblanadi.
Parol tushunchasi. Parol – uning egasi haqiqiyligini aniqlash jarayonida tekshiruv axboroti sifatida ishlatiladigan belgilar ketma-ketligi. U kompyuter bilan muloqot boshlashdan oldin, unga klaviatura yoki identifikatsiya kartasi yordamida kiritiladigan harfli, raqamli yoki harfli-raqamli kod shaklidagi mahfiy so‘zdan iborat.
Avtorizatsiya tushunchasi. Avtorizatsiya – foydalanuvchining resursdan foydalanish huquqlari va ruxsatlarini tekshirish jarayoni. Bunda foydalanuvchiga hisoblash tizimida ba’zi ishlarni bajarish uchun muayyan huquqlar beriladi. Avtorizatsiya
shaxs harakati doirasini va u foydalanadigan resurslarni belgilaydi.
Ro‘yxatdan o‘tish tartibi. Ro‘yxatdan o‘tish – foydalanuvchilarni ro‘yxatga olish va ularga dasturlar va ma’lumotlarni ishlatishga huquq berish jarayoni. Ayrim veb-saytlar foydalanuvchilarga qo‘shimcha xizmatlarni olish va pullik xizmatlarga obuna bo‘lish uchun ro‘yxatdan o‘tishni, ya’ni o‘zi haqida ayrim ma’lumotlarni kiritishni (anketa to‘ldirishni) hamda login va parol olishni taklif qiladilar. Foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng tizimda unga qayd yozuvi (account) yaratiladi va unda foydalanuvchiga tegishli axborotlar saqlanadi.

Download 33.18 Kb.
  1   2   3   4   5




Download 33.18 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



9- mavzu. Axborot xavfsizligini ta’minlashning g‘oyaviy-nazariy asoslari

Download 33.18 Kb.