• Hujum tushunchasi.
  • 9- mavzu. Axborot xavfsizligini ta’minlashning g‘oyaviy-nazariy asoslari




    Download 33,18 Kb.
    bet4/5
    Sana01.12.2023
    Hajmi33,18 Kb.
    #108948
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    9-m m
    KL-Инструкция 4-23 по охране труда для тракторист, 6 mustaqil ish, 01. Ёшлар қонунлиги, Tarix, A.Shukurov O\'quv qo\'llanma 2-qism 2021, 14 ЯНГИ Намунавий Устав лотин 25 08 (2), AX, Ikkinchi jahon urushi jahon sahnasida mavjud sharoitni o, PF-5712 29.04.2019, Степени сравнения прилагательных, Media ishchi, ZULFIYA TOYCHIYEVA 2-YODLASH TESTI
    Viruslarga qarshi kurashish usullari. Hozirgi kunda kompyuter viruslarini aniqlash va ulardan himoyalanish uchun maxsus dasturlarning bir necha xillari ishlab chiqilgan bo‘lib bu dasturlar kompyuter viruslarini aniqlash va yo‘qotishga imkon beradi. Bunday dasturlar virusga qarshi dasturlar yoki antiviruslar deb yuritiladi. Antivirus dasturlariga AVP, Doctorweb, Nod32 dasturlarini kiritish mumkin. Umuman barcha virusga qarshi dasturlar zaharlangan dasturlar va yuklama sektorlarning avtomatik tarzda tiklanishini ta’minlaydi.
    Viruslarga qarshi kurashishning asosan quyidagi usullari mavjud:
    Muntazam profilaktika ishlarini, ya’ni virusga tekshiruv ishlarini olib borish. Taniqli virusni zararsizlantirish.
    Taniqli bo‘lmagan virusni zarasizlantirish.
    Hujum tushunchasi. Xujum tushunchasi – buzg‘unchining biror bir maqsad yo‘lida axborot kommunikatsiya tizimlarining mavjud himoyalash tizimlarini buzishga qaratilgan harakati.
    Axborot xujumlari va undan saklanish qoidalari. Axborot hujumlari odatda 3 ga bo‘linadi:

      1. Ob’ekt haqida ma’lumotlar yig‘ish (razvedkalash) hujumi.

      2. Ob’ektdan foydalanishga ruxsat olish hujumi.

      3. Xizmat ko‘rsatishdan voz kechish xujumi.

    Axborot xujumlaridan saqlanishda birinchi navbatda axborot kommunikatsiya tizimi ob’ektlariga qilinayotgan hujumlarni topib olishda qo‘llaniladigan mexanizm va vositalarni qo‘llash kerak. Bularga tarmoqlararo ekran (FIREWALL) va xujumlarni aniqlash (IDS) vositalarini misol tariqasida keltirish mumkin.


    Xalqaro axborot xavfsizligini ta’minlash sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitimga muvofiq hamkorlikni amalga oshirish jarayonida Tomonlar xalqaro axborot xavfsizligini ta’minlash sohasidagi mavjud quyidagi asosiy tahdidlardan kelib chiqadi:

    1. Informatsion urushga tayyorlanish va olib borish, informatsion qurolni ishlab chiqish va qo‘llash;

    2. axborotga oid terrorizm;

    3. axborotga oid jinoyatchilik;

    4. axborot makonida boshqa davlatlarning manfaatlari va xavfsizligiga zid ravishda ustunlik mavqedan foydalanish;

    5. Boshqa davlatlarning o‘rtasida ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy, madaniy, axloqiy jabhalariga ziyon еtkazuvchi ma’lumotlarni tarqatish;

    6. Tabiiy va (yoki) texnogen xarakterga ega global va milliy informatsion infrastrukturalarning barqaror ishlashi, xavfsizligiga tahdidlar.

    O‘qimishli (ayniqsa, biror ishga mas’ul) kishilar aytmoqchi yoki yozmoqchi bo‘lgan har bir fikrini avvalo ishonchli manbalardan o‘qib, o‘rganib, so‘ng so‘zlashi maqsadga muvofiqdir. Ma’lumki, har bir fanning (hatto, oddiy mavzu, ijtimoiy fikrning ham) quyidagi uchta muhim asosi bo‘ladi:

      1. Metodologik asosi (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari, nutqlari, intervyularida bayon etilgan fikrlar);

      2. Huquqiy asosi (O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari hamda boshqa me’yoriy hujjatlar);

      3. Nazariy asosi (ilmiy asoslangan kitoblar, darsliklar, qo‘llanmalar, maqolalar va boshqa yozma manbalar).

    Bugun oliy ta’lim muassasalarida fan sifatida o‘rganilayotgan “Axborot-psixologik xavfsizlik” kursi metodologik asoslari Prezidentimizning qator asarlari va nutqlarida o‘z aksini topgan. Davlatimiz rahbari Islom Karimovning “Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yo‘lidan”, “Xavfsizlik va tinchlik uchun kurashmoq kerak”, “Biz tanlagan yo‘l – demokratik taraqqiyot va ma’rifiy dunyo bilan hamkorlik yo‘li”, “Tinchlik va xavfsizligimiz o‘z kuch-qudratimizga, hamjihatligimiz va qat’iy irodamizga bog‘liq”, “O‘zbek xalqi hech qachon, hech kimga qaram bo‘lmaydi” kabi kitoblari, “Tinchlik va osoyishtalik – barcha yutuq va marralarimizning asosidir” (2013 yil 9 mayda OAV vakillari bilan suhbat) nomidanoq ushbu mavzuning qanchalik dolzarbligi ayon bo‘lsa, “Yuksak ma’naviyat – еngilmas kuch”, “Eng asosiy mezon – hayot haqiqatini aks ettirish” kabi asarlarini mutolaa qilgan o‘quvchi uning mohiyatini yanada teranroq anglashi mumkin.
    Ushbu fanning huquqiy asoslari O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”gi, “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi, “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi va boshqa qonunlarida, Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 7 avgustdagi “Ommaviy axborot vositalari sohasida kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash Davlat dasturi to‘g‘risida”gi 163-qarorida o‘z aksini topgan.
    Mamlakatimizda ushbu kursning nazariy asoslarini yaratish borasida mutaxassislar izchillik bilan izlanmoqdalar. Chunonchi, “Ochiq axborot tizimlarida axborot-psixologik xavfsizlik” darsligi va o‘quv qo‘llanmalar nashrga tayyorlangan.

    Oliy ta’lim muassasalari o‘quv rejalariga kiritilgan “Ochiq axborot tizimlarida


    axborot-psixologik xavfsizlik” kursida asosan yurtimizga chetdan amalga oshirilayotgan mafkuraviy tahdidlar, inson ruhiyatiga salbiy ta’sir etadigan buzg‘unchi g‘oyalar, “ommaviy madaniyat” niqobi ostidagi “axborot xurujlari”ning salbiy oqibatlari hamda ularga qarshi kurash, yoshlar ongida mafkuraviy immunitetni oshirish usullari nazariy va amaliy jihatdan o‘rganiladi. Axborot texnologiyalari beqiyos darajada rivojlanib, dunyo yagona axborot makoniga aylanishi barobarida “axborot xuruji”, “axborot-psixologik xavfsizlik”, “mafkuraviy immunitet”, “globallashuv” degan so‘z va atamalar kirib keldi. “Ochiq axborot tizimlarida axborot-psixologik xavfsizlik” kursida o‘rganiladigan ana shu so‘z va atamalar ma’nosi tegishli qonunlarda, qomusiy lug‘atlarda va boshqa adabiyotlarda aniq bayon etilgan.
    So‘nggi yillarda “mafkuraviy immunitet” atamasi siyosat va mafkuraga oid adabiyotlarda keng qo‘llanilmoqda. Unda shaxs, millat, jamiyat, davlatni turli zararli g‘oyaviy ta’sirlardan himoya qiluvchi g‘oyaviy-nazariy qadriyatlar o‘z ifodasini topgan.
    Shu o‘rinda bir mulohaza. Har bir fanni o‘rganishda avvalo uning qisqacha tarixi va mazmun-mohiyatiga e’tibor qaratiladi. Ma’lumki, ko‘p fanlar ibtidosi oilada o‘rgatiladi. Eshitgan ertaklarimiz – adabiyot fani ibtidosi bo‘lsa, sanashni o‘rganish – matematikaning ilk sabog‘idir. O‘simliklar dunyosi – botanika, jonivorlar – zoologiya, quyosh va oyning chiqib-botishi – astronomiya, chaqmoq chaqib, yomg‘ir yog‘ishi – tabiat va fizika fanlari haqida tasavvur uyg‘otgan. Ota-onamiz ruhiyatimizga singdirishgan odob-axloq va tarbiya zamirida milliy g‘oya, sharqona falsafa, etika- estetika fanlari ilk saboqlari mujassamligini anglash qiyinmas. Oilada hatto tarix, diniy qadriyatlardan ham saboq berishgan. Huquqbuzar qanday jazoga tortilishini ham qulog‘imizga quyishgan: “o‘g‘irlik yo bezorilik qilsang, melisa qamab qo‘yadi…” Demak, qonunchilik qirralari ham go‘daklikdayoq qalbimizga jo bo‘lgan…
    Shular qatorida turli xil “axborot xurujlari”dan himoyalanish uchun mafkuraviy immunitetni oshirish muammosi ham oila tarbiyasidan chetda qolmagan. Onalarimiz ilk bora nima yaxshi-yu nima yomonligini o‘rgatishgan. Mana bu yaxshi, bunisi – yomon, uni og‘zingga solma!.. Yomon bolalarga qo‘shilma, mana bu gapdan ehtiyot bo‘l, unga ishonma va hokazo. Shu tariqa murg‘ak qalbimizda yomon narsalarga, bo‘lmag‘ur gap- so‘zlarga salbiy hodisalarga qarshi immunitet paydo qilishgan!
    Yana bir qiziq hol; go‘dakligimizda ayrim qo‘ni-qo‘shnilarning oilamizga nisbatan “axborot xurujlari”ga qarshi kurash usullarini ham o‘rgatishgan. Endigina tili va oyog‘i chiqib, ko‘chaga o‘ynagani otlangan bolasining qulog‘iga ayrim onalar “kerakli” gaplarni quyib qo‘yadi…
    Shu tariqa “axborot xurujlari”ga qarshi immuniteti yuqori darajada bo‘lgan ayrim bolakaylarning ko‘cha-ko‘ylarda oilalari, qolaversa, qishlog‘i, mahallasi, shahri sha’nini qanchalik himoya qilayotganini kuzatgan bo‘lsangiz kerak.
    Oila – hayot beshigi. “Bola tug‘ilgan kunidan boshlab oila muhitida yashaydi. Oilaga xos an’analar, qadriyatlar urf-odatlar bola zuvalasini shakllantiradi. Eng muhimi, farzandlar oilaviy hayot maktabi orqali jamiyat talablarini anglaydi, his etadi,– deb ta’kidalagan davlatimiz rahbari.– O‘zbek oilasi mustabidlik zamonida ham o‘zining tarixan shakllangan qiyofasini yo‘qotmadi”. Ko‘rinib turibdiki, farzandlarida ilk mafkuraviy immunitet hosil qilinishi oila tarbiyasining tabiiy jarayoniga aylangan. Yaxshi va yomonni farqlash, yomon gaplardan ehtiyot bo‘lish mavzusi quyidagi maqolu naqllarimizda ham o‘z ifodasini topgan: “Yaxshiga ergashding – еtding murodga, yomonga ergashding – qolding uyatga”, “Qozonga yaqin yursang – qorasi yuqadi, yomonga yaqin yursang balosi uradi”, “Yaxshi gap ham, yomon gap ham bir og‘izdan chiqadi”, “Mish-mishga ishongan – harom o‘larmish”, “Yaxshi gap – jon ozig‘i”, “Yaxshi gapdan ilon inidan, yomon gapdan qilich qinidan chiqar”, “O‘ynab gapirsang ham o‘ylab gapir”, “Gapni gapir uqqanga – jonni jonga suqqanga”, “Bir yomonni ko‘rmay yaxshining qadriga еtmaysan” va hokazo. Bu maqolu naqllar zamirida odamning ongi zaharlanib qolishidan saqlanish g‘oyalari ham mujassam.
    Oila tarbiyasi maktab ta’limiga payvasta bo‘ladi. Ya’ni, oiladagi ilk tasavvurlar maktabda fan sifatida tushuntiriladi.
    Sobiq mustabid tuzum davrida qardosh respublikalarda, jumladan, bizda ham tarix, falsafa kabi ijtimoiy fanlar butunlay o‘zgacha tushuntirilar edi. Milliy ma’naviyat haqida gapirish ham mumkin emasdi. Xudo yo‘q, din – afyun, degan soxta “nazariyalar” majburan yosh avlod ongiga singdirilardi. Shunday og‘ir sharoitda mafkuraviy immunitet haqida gap bo‘lishi mumkinmidi? Yurtboshimiz juda to‘g‘ri ta’kidlaganlaridek, “noinsoniy g‘oya hukmron bo‘lgan mustabid tuzum o‘zining bor mafkuraviy kuchini, ommaviy axborot vositalarini, butun maorif tizimini ishga solib odamlar ongini keng miqyosda zaharlar edi. Ularning milliy va diniy tuyg‘ularini qo‘pol ravishda kamsitar, tarixiy haqiqatni buzib ko‘rsatar edi. O‘z ona tilini, milliy an’ana va madaniyatini, o‘z tarixini bilmaslik ko‘plab odamlarning shaxsiy fojiasiga aylanib qolgan edi”.
    O‘sha davrda millatimizga, milliy g‘ururimizga nisbatan mehr uyg‘otish o‘rniga aksincha unga qarshi davlat siyosati darajasida dahshatli “axborot xurujlari” qilinar edi. “Milliy o‘zlikni anglashga bo‘lgan tabiiy intilish johilona inkor etilar edi. Navro‘z, Ramazon, Qurbon Hayiti kabi ko‘plab muqaddas bayramlar taqiq etilgan edi. Amir Temur, Imom al-Buxoriy, Imom at-Termiziy, Ahmad al-Farg‘oniy, Bahouddin Naqshband, Xoja Ahmad Yassaviy, Najmiddiy Kubro, Mahmud az-Zamahshariy, Xoja Ahrori Valiy, Abdulxoliq G‘ijduvoniy kabi buyuk ajdodlarimizning, Abdulla Qodiriy, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Cho‘lpon, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Usmon Nosir kabi milliy-ozodlik harakati fidoyilarining nomlarini xalqimiz xotirasidan o‘chirib tashlashga harakat qilinar edi”. Agarki bugungi chet el radiosidan tarqatiladigan ig‘vo va boshqa buzg‘unchi gaplarni “axborot xuruji” deb atasak, butun sobiq ittifoq miqyosida yuritilgan bunaqa “siyosat”ni nima deyish mumkin? O‘sha davrda ongi shakllangan yoshlarda millatga mehr uyg‘otish haqida gap bo‘lishi ham mumkin emasdi. Yurtboshimiz ta’biri bilan aytganda, sobiq imperiya davrida bizni ikkinchi darajali odamlar deb hisoblashardi… “Bir eslang, sho‘ro zamonida, 80-yillarda sobiq markaz “o‘zbek ishi”, “paxta ishi” degan uydirmalarni bahona qilib, o‘zbek millati vakillarini butun dunyoga qanday ko‘rsatardi? Sochi taqir qilib olingan, qalpoq kiygan, belini bog‘lagan, soqol qo‘ygan odamlarni, mana, bularning basharasi, deb, peshonasiga tamg‘a qo‘yib, matbuot orqali namoyish etardi,– deb ta’kidlagan davlatimiz rahbari Islom Karimov.– Men o‘sha paytda – 1989 yilda respublika rahbari bo‘lib kelishim bilan, avvalambor, o‘zbek xalqini shunday uydirma va tuhmatlardan saqlash, uning sha’nini asrash maqsadida, millatni dog‘ ostida qoldirishga qaratilgan urinishlardan xalos qilishga kirishdim. Va hozirgacha o‘zbek millati hech qachon qul bo‘lmagan, hech qachon bosmachi bo‘lmagan, hech qachon qon to‘kish tarafdori bo‘lmagan, deb butun dunyoga shu fikrni anglatishga harakat qilib kelyapman. Bugun jahonda o‘zbek nomi, o‘zbek millatining obro‘-e’tibori tan olingani shuning isboti emasmi?”.
    Sobiq mustabid tuzum davrida ham millatimizga qarshi ommaviy tus olgan bunday “axborot xurujlari”ga qarshi ko‘pgina ijodkorlar dadil kurashganlar. Jumladan, atoqli shoirlar Erkin Vohidovning “O‘zbegim”, Abdulla Oripovning “O‘zbekiston – Vatanim manim” she’rlari o‘zbek elimizga otilgan toshlarga qarshi qaratilgan edi!
    Yurtimiz istiqlolining dastlabki yillaridayoq milliy qadriyatlarimiz, tariximiz, bobokalonlarimiz aslida qanday buyuk zotlar bo‘lgani, betakror urf-odatlar, bayram va an’analarimiz haqida baralla ayta boshladik. Diniy qadriyatlarimiz ham ijtimoiy voqelikka aylanib ketdi. O‘zbekiston mustaqil davlat sifatida jahonga yuz tutishi barobarida dunyo bilan bo‘ylasha boshladi. Kompyuter texnologiyasining ajib mo‘jizasi bo‘lmish internet kurrai zaminni yagona axborot makoniga aylantirdi. Buning ko‘pgina ijobiy jihatlari bilan bir qatorda salbiy tomonlari ham borligini angladik. O‘sha salbiy holatlarning bitta ko‘rinishi – “axborot xuruji”dir. Oilada ana shu “axborot xuruji”ga qarshi qay tariqa immunitet paydo qilingan bo‘lsa, Vatanga qarshi xurujlarga nisbatan ham o‘z vaqtida yosh avlod ongida to‘g‘ri tasavvur hosil qilib borish ulkan zaruriyatga aylandi. Bu ijtimoiy hodisa ilmiy tadqiq qilinishi va o‘z navbatida uning siru sinoati ta’lim muassasalarida yosh avlodga o‘rgatilayotgani ham bejiz emas. Zero, davlat rahbarining iborasi bilan aytganda, “Bolalarimizning ongini va hayotini buzadigan, ertangi kuniga mutlaqo ishonchini yo‘qotadigan mana shunday g‘oyalarga qarshi biz qurol bilan emas, g‘oya bilan kurashishimiz zarur. Bizning g‘oyamiz kuchli bo‘lishi lozim. Avvalombor, o‘zimiz, hayotning o‘zida sinalgan o‘z g‘oyamizga ishonib maydonga chiqishimiz darkor”. Sinalgan g‘oyalarimiz esa oilalarda mudom kurtak otadi. E’tibor bergan bo‘lsangiz, nuroniylar yaratgandan asosan tinchlik-xotirjamlik tilab duo qiladilar. Oila – kichik Vatan, o‘z navbatida Vatan – umumiy oilamizdir! Jonajon Vatan sarhadlari qanchalik bepoyon bo‘lsa, undagi muammolar, turfa ishlar, hatto gap-so‘zlar ham shunga yarasha bo‘lishi shak-shubhasiz. Yurtimiz istiqloli tufayli beqiyos baxtga erishdik. Endi ana shu baxtimiz poydevorini har tomonlama mustahkamlash yo‘lida qo‘lni qo‘lga berib, еlkama-yelka turib kurashmog‘imiz lozim. “Biz xalqimizning dunyoda hech kimdan kam bo‘lmasligi, farzandlarimizning bizdan ko‘ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo‘lib yashashi uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etayotgan ekanmiz, bu borada ma’naviy tarbiya masalasi, hech shubhasiz, beqiyos ahamiyat kasb etadi. Agar biz bu masalada hushyorlik va sezgirligimizni, qat’iyat va mas’uliyatimizni yo‘qotsak, bu o‘ta muhim ishni o‘z holiga, o‘zibo‘larchilikka tashlab qo‘yadigan bo‘lsak, muqaddas qadriyatlarimizga yo‘g‘rilgan va ulardan oziqlangan ma’naviyatimizdan, tarixiy xotiramizdan ayrilib, oxir-oqibatda o‘zimiz intilgan umumbashariy taraqqiyot yo‘lidan chetga chiqib qolishimiz mumkin,– deb alohida ta’kidlagan davlat rahbari.– El-yurtimiz o‘zining ko‘p asrlik tarixi davomida bunday mash’um xatarlarni necha bor ko‘rgan, ularning jabrini tortgan. Shunday asoratlar tufayli tilimiz, dinimiz va ma’naviyatimiz bir paytlar qanday xavf ostida qolganini barchamiz yaxshi bilamiz”. Demak, bunday fojiali o‘tmish bugungi avlodlar uchun ham saboq bo‘lishi tabiiy. Shunga yarasha yagona axborot makonida mavjud tahdidlarga nisbatan doimo ogoh bo‘lish hayotiy zaruratga aylangan. Shuni aytish joizki, mamlakatimiz taraqqiyotiga, xalqimiz farovonligi yo‘lidagi ulug‘vor ishlarimizga to‘g‘anoq bo‘ladigan, xalal beradigan qora kuchlar o‘z maqsadlarini “axborot xurujlari” orqali amalga oshirishlari mumkinligini ayniqsa yoshlar teran anglab еtmoqlari zarur. Bu boradagi oila tarbiyasi ta’lim muassasalaridagi o‘quv jarayonlariga ulanib ketayotgani ayni muddaodir.



    Download 33,18 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 33,18 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    9- mavzu. Axborot xavfsizligini ta’minlashning g‘oyaviy-nazariy asoslari

    Download 33,18 Kb.