• Viruslarning turlari va vazifalari.
  • 9- mavzu. Axborot xavfsizligini ta’minlashning g‘oyaviy-nazariy asoslari




    Download 33,18 Kb.
    bet3/5
    Sana01.12.2023
    Hajmi33,18 Kb.
    #108948
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    9-m m
    KL-Инструкция 4-23 по охране труда для тракторист, 6 mustaqil ish, 01. Ёшлар қонунлиги, Tarix, A.Shukurov O\'quv qo\'llanma 2-qism 2021, 14 ЯНГИ Намунавий Устав лотин 25 08 (2), AX, Ikkinchi jahon urushi jahon sahnasida mavjud sharoitni o, PF-5712 29.04.2019, Степени сравнения прилагательных, Media ishchi, ZULFIYA TOYCHIYEVA 2-YODLASH TESTI
    Kompyuter virusi. Kompyuter virusi – bu o‘z-o‘zidan ko‘payuvchi, kompyuter tarmoqlari va axborot tashuvchilari orqali erkin tarqaluvchi, hamda kompyuter va unda saqlanayotgan axborot va dasturlarga zarar еtkazuvchi dastur kodi yoki komandalar ketma-ketligi hisoblanadi. Kompyuter viruslari quyidagi xossalarga ega: o‘zidan nusxa ko‘chirish, axborotdan ruxsatsiz foydalanishni amalga oshirish. U o‘zining nusxalarini kompyuterlarda yoki kompyuter tarmoqlarida qayta ko‘paytirib va tarqatib, hamda qonuniy foydalanuvchilar uchun nomaqbul harakatlarni bajaradi. Virus, aksariyat hollarda nosozlik va buzilishlarga sabab bo‘ladi va biror hodisa yuz berishi bilan, masalan, aniq kunning kelishi bilan ishga tushirilishi mumkin.
    Viruslarning turlari va vazifalari. Viruslarni quyidagi asosiy alomatlari bo‘yicha turkumlash mumkin:
    yashash makoni; operatsion tizim;
    ishlash algoritmi xususiyati.
    Kompyuter viruslarini yashash makoni, boshqacha aytganda viruslar kiritiluvchi kompyuter tizimi ob’ektlarining xili bo‘yicha turkumlash asosiy va keng tarqalgan turkumlash hisoblanadi.
    Fayl viruslar turli usullar bilan bajariluvchi fayllarga kiritiladi (eng ko‘p tarqalgan viruslar xili), yoki fayl yo‘ldoshlar (kompanon viruslar) yaratadi yoki faylli sistemalarni (link-viruslar) tashkil etish xususiyatidan foydalanadi.
    Yuklama viruslar o‘zini diskning yuklama sektoriga (boot - sektoriga) yoki vinchesterning tizimli yuklovchisi (Master Boot Record) bo‘lgan sektorga yozadi. Yuklama viruslar tizim yuklanishida boshqarishni oluvchi dastur kodi vazifasini bajaradi. Makroviruslar axborotni ishlovchi zamonaviy tizimlarning makrodasturlarini va fayllarini, xususan MicroSoft Word, MicroSoft Excel va h. kabi ommaviy
    muharrirlarning fayl-xujjatlarini va elektron jadvallarini zaharlaydi.
    Tarmoq viruslari o‘zini tarqatishda kompyuter tarmoqlari va elektron pochta protokollari va komandalaridan foydalanadi. Ba’zida tarmoq viruslarini "qurt" xilidagi dasturlar deb yuritishadi. Tarmoq viruslari Internet-qurtlarga (Internet bo‘yicha tarqaladi), IRC-qurtlarga (chatlar, Internet Relay Chat) bo‘linadi.
    Kompyuter viruslarining vazifalari, odatda, to‘rt bosqichni o‘z ichiga oladi:

    1. virusni xotiraga yuklash;

    2. qurbonni qidirish;

    3. topilgan qurbonni zaharlash;

    4. destruktiv funksiyalarni bajarish.


    Download 33,18 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 33,18 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    9- mavzu. Axborot xavfsizligini ta’minlashning g‘oyaviy-nazariy asoslari

    Download 33,18 Kb.