• Login va parolni buzish.
  • Login va parolni o‘g‘irlash.
  • Resurslardan ruxsatsiz foydalanish va uning oqibatlari.
  • 9- mavzu. Axborot xavfsizligini ta’minlashning g‘oyaviy-nazariy asoslari




    Download 33,18 Kb.
    bet2/5
    Sana01.12.2023
    Hajmi33,18 Kb.
    #108948
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    9-m m
    KL-Инструкция 4-23 по охране труда для тракторист, 6 mustaqil ish, 01. Ёшлар қонунлиги, Tarix, A.Shukurov O\'quv qo\'llanma 2-qism 2021, 14 ЯНГИ Намунавий Устав лотин 25 08 (2), AX, Ikkinchi jahon urushi jahon sahnasida mavjud sharoitni o, PF-5712 29.04.2019, Степени сравнения прилагательных, Media ishchi, ZULFIYA TOYCHIYEVA 2-YODLASH TESTI
    Login va parolga ega bo‘lish shartlari. Biror shaxs o‘zining login va paroliga ega bo‘lishi uchun u birinchidan axborot kommunikatsiya tizimida ruyxatdan o‘tgan bo‘lishi kerak va shundan so‘ng u o‘z logini va parolini o‘zi hosil qilishi yoki tizim tomonidan berilgan login parolga ega bo‘lishi mumkin. Login va parollar ma’lum uzunlikdagi belgilar ketma-ketligidan tashkil topadi. Login va parollarning uzunligi va qiyinligi uning qanchalik xavfsizligini ya’ni buzib bo‘lmasligini ta’minlaydi.
    Login va parolni buzish. Login va parolni buzish – bu buzg‘unchining biror bir maqsad yo‘lida axborot kommunikatsiya tizimi ob’ektlaridan foydalanish uchun qonuniy tarzda foydalanuvchilarga tegishli login va parollarini buzishdir. Bunda maxsus dastur yordamida login va parollar generatsiya qilib topiladi. Login va parollarning uzunligi bu jarayonning uzoq vaqt davom etishiga yoki generatsiya qilaolmasiligiga ishora bo‘ladi.
    Login va parolni o‘g‘irlash. Login va parolni o‘g‘irlash – bu foydalanuvchilarning mahfiy ma’lumotlari bo‘lgan login va parollarga ega bo‘lish maqsadida amalga oshiriladigan internet firibgarligining bir turidir. Bu mashhur brendlar, masalan, ijtimoiy tarmoqlar, banklar va boshqa servislar nomidan elektron xatlarni ommaviy jo‘natish yo‘li orqali amalga oshiriladi. Xatda odatda tashqi ko‘rinishi asl saytdan farq qilmaydigan saytga to‘g‘ri ishorat mavjud bo‘ladi. Bunday saytga tashrif buyurgan foydalanuvchi firibgarga akkauntlar va bank hisob raqamlariga kira olishga ega bo‘lishga imkon beruvchi muhim ma’lumotlarni bildirishi mumkin. Fishing – ijtimoiy injeneriyaning bir turi bo‘lib, foydalanuvchilarning tarmoq xavfsizligi asoslarini bilmasligiga asoslangan. Jumladan, ko‘pchilik oddiy faktni bilishmaydi: servislar qayd yozuvingiz ma’lumotlari, parol va shu kabi ma’lumotlarni yuborishni so‘rab hech qachon xat yubormaydi.
    Resurslardan ruxsatsiz foydalanish va uning oqibatlari. Axborot- kommunikatsiya tizimining ixtiyoriy tarkibiy qismlaridan biri bo‘lgan hamda axborot tizimi taqdim etadigan imkoniyat mavjud bo‘lgan resurslardan belgilangan qoidalarga muvofiq bo‘lmagan holda foydalanishni cheklash qoidalariga rioya qilmasdan foydalanish – bu resurslardan ruxsatsiz foydalanish toifasiga kiradi. Bunday foydalanish natijasida quyidagi oqibatlar yuzaga kelishi mumkin:
    axborotning o‘g‘irlanishi; axborotni o‘zgartirish; axborotning yo‘qotilishi; yolg‘on axborotni kiritish;
    axborotni qalbakilashtirish va h.k.

    Download 33,18 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 33,18 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    9- mavzu. Axborot xavfsizligini ta’minlashning g‘oyaviy-nazariy asoslari

    Download 33,18 Kb.