Ish vaqtining shaxsiy (individual) fotografiyasi




Download 106.24 Kb.
bet3/15
Sana08.04.2023
Hajmi106.24 Kb.
#49763
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
9-mavzu
9-Отилишга қарши, @MathsUz fizika Uzoqov 1-qism javoblari
9.3. Ish vaqtining shaxsiy (individual) fotografiyasi

Ish vaqti har bir jamiyatning va davlatning eng ahamiyatli va o‘ziga xos resurslaridan yoki milliy boyliklaridan biri hisoblanadi, yo‘qotilganda, qo‘ldan boy berilganda uni tiklash imkoniyati yo‘q. Bu milliy boylik, boshqa turdagi milliy boyliklardan quyidagi jihatlari bilan ajralib turadi:


a) uni boshqa turdagi milliy boyliklar kabi bir joyga to‘plab yoki yig‘ib bo‘lmaydi.
b) sarflanish jarayonini boshqa turdagi milliy boyliklar jarayoni kabi to‘xtatib bo‘lmaydi.
v) boshqa milliy boyliklar kabi nafaqat qo‘lga ushlab, balki ko‘z bilan ko‘rib ham bo‘lmaydi, ko‘rsatib va nihoyat reklama ham qilib bo‘lmaydi.
g) boshqa turdagi milliy boyliklar kabi sarflanish jarayonini tezlashtirib yoki sekinlashtirib ham bo‘lmaydi va h.k.
YUqoridagilardan xulosa qilib, shuni aytish lozimki, milliy boyliklar turlaridan biri hisoblangan ish vaqtidan faqatgina samarali va o‘z vaqtida foydalanish kerak. Xalqimiz «Vaqting ketdi, baxting ketdi» yoki «Vaqting ketdi – naqding ketdi», deya bekorga aytmagan. SHunday ekan, ish vaqti sarfini o‘lchash, ya’ni kuzatish kerak. O‘z navbatida, ish vaqtini kuzatish uslubi – ish vaqtining fotografiyasi, deb qabul qilingan.
Mehnatni tashkil etish va normalash sohasida ish kuni fotografiyasi, ya’ni ish kuni sarfini kuzatib turib, yozib olish deganda, to‘liq ish kuni (smena) yoki uning bir qismi davomida beistisno barcha ish vaqti sarflarini kuzatish va o‘lchash yo‘li bilan o‘rganish tushuniladi. SHunday bo‘lgach, amaliyotda ham ish kunining, ham ish vaqtining fotografiyalari mavjud.
Ish kunini fotografiya qilish asosan ish kuni (smena) davomida zoe ketgan ish vaqti sarflarini hamda bu nuqsonlarni keltirib chiqarayotgan sabablarni aniqlash, shu bilan birga ish vaqtining isrof bo‘lishini qisqartirish yoki bartaraf qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish maqsadida o‘tkaziladi. Ish vaqtidan foydalanishni yaxshilash bilan bog‘liq bo‘lgan mehnat unumdorligini o‘stirish imkoniyatlarini qidirib topish va ulardan amaliyotda foydalanish uchun ish kuni fotografiyasining roli va ahamiyati beqiyosdir.
Ish kuni davomida ish vaqtidan foydalanishni bevosita xodimning ish yoki xizmat ko‘rsatish joyida kuzatish uslubidan foydalanishdan maqsad ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish imkoniyatlari, ilg‘or tajriba, vaqt normada ko‘rsatilgandek sarflanishini ta’minlash va mehnat normalari bajarilmasligining sabablarini aniqlash hamda mehnat jarayonlarini takomillashtirishdan iborat.
SHu bilan birga ish kuni fotografiyasini o‘tkazish natijasida olingan ma’lumotlardan ish joyiga xizmat ko‘rsatish norma va normativlarini, dam olish va ishga tayyorgarlik ko‘rish va uni yakunlash vaqtlari norma va normativlarini tekshirish uchun ham foydalaniladi. Buning uchun ish kuni fotografiyasi ishga tayyorgarlik ko‘rishdan boshlab, to uni yakunlanga qadar sarflanadigan barcha ish vaqtini qamrab olishi kerak.
Agar ish vaqtining individual fotografiyasini o‘tkazishdan maqsad ish vaqtidan samarali foydalanish va o‘rtacha mehnat samaradorligini aniqlash bo‘lsa, u holda kuzatish uchun tanlangan ishchiga va uning ish joyiga alohida e’tibor berish zarur. U ish yoki xizmat ko‘rsatish faoliyatida o‘rtacha mehnat natijalarini bajarib yurgan, kundalik ishga vijdonan munosabatda bo‘lgan, ishlab chiqarish va mehnat intizomiga doimo rioya qilgan kishi bo‘lishi kerak. SHu bilan bir qatorda kuzatishni o‘tkazish uchun oldindan kuzatish ob’ekti, kuzatuvni yozib borish uchun har xil shakllar, bir yoki ikki strelkali sekundomer, soat va kerak bo‘ladigan boshqa narsalarni tayyorlab qo‘yish zarur. Kuzatuvchi ish vaqti sarfini kuzatishdan kamida bir kun oldin ogohlantirilishi, unga kuzatishdan ko‘zlangan maqsad tushuntirilishi va u ish jarayoni bilan har tomonlama va batafsil tanishtirilishi kerak. Ish kunining individual fotografiyasi ma’lumotlari natijalarini yozib borish uchun maxsus kuzatuv varaqasi (1 shakl) qo‘llaniladi. +uyida uning namunaviy shakli berilmoqda.
1-shakl

Download 106.24 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Download 106.24 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ish vaqtining shaxsiy (individual) fotografiyasi

Download 106.24 Kb.