• Birinchi avlod
  • 9-mavzu. Shaxsiy kompyuтerlar arхiтekтurasi reja: Kompyuтer avlodlari va ularning klassifikatsiyasi Kompyuter arxitekturasi va strukturasi




    Download 0.73 Mb.
    bet1/4
    Sana21.11.2023
    Hajmi0.73 Mb.
    #102861
      1   2   3   4
    Bog'liq
    9-mavzu
    Nogiron hujjatlari Qayumova Marjona, 10-sinf-informatika-testlar (1), 5-sinf(4)2020@riyoziyot ilmi, eula, Mustaqil ish, osimliklar gen muhandisligi, 07 03 musiqa pedagoglar bilan o\'zaro hamkorlik ish rejasi, 6-mavzu, 5-mavzu, 2-mavzu, 1-Mavzu, 4-mavzu, 7-mavzu, 8-mavzu

    9-MAVZU. SHAXSIY KOMPYUТERLAR ARХIТEKТURASI
    REJA:
    1. Kompyuтer avlodlari va ularning klassifikatsiyasi
    2. Kompyuter arxitekturasi va strukturasi
    3. Kompyuterning asosiy bloklari

    A vtomatlashtirilgan ishlov berish jarayonlarining asosini axborotni yig‘ish, talqin qilish, saqlash, qayta ishlash va uzatish tashkil qiladi. Bu jarayonlar hisoblash texnikasi, jumladan, EHMlar yordamida amalga oshiriladi. O‘tgan asrning 40-yillaridan boshlab universal EHMlarning davri boshlandi desa bo‘ladi. Ularning taraqqiyotini avlodlarga bo‘lib o‘rganish tajribasi keng qo‘llanib kelingan. Ayni paytda EHMda qo‘llanilgan radiotexnik elementlar bazasi hamda dasturiy ta’minoti kabi tasnif belgilari bo‘yicha avlodlarga ajratishdan ham foydalanilgan.


    Lekin yana bir tasnif belgisi — EHMning arxitekturasidagi farqiga qarab ham u yoki bu avlodga ajratish maqsadga muvofiqdir. Bunga oid gapni «bazaviy EHM»ning arxitekturasi, ya’ni abstrakt modelidan boshlaymiz. Ushbu EHM tarkibidagi arifmetik — mantiqiy, boshqarish, xotira, axborotni kiritish va chiqarish kabi qurilmalar uning arxitekturasini tashkil etadilar.Universal EHMlar arxitekturasiga qarab quyidagilarga bo‘linadi:
    Birinchi avlod EHMlari—bu tarkibida tezkor xotira qurilmasi ham bor bo‘lgan «bazaviy EHM»dir.
    Ikkinchi avlod EHMlari — bu birinchi avlod mashinasidan tarkibida tashqi xotira qurilmasi ham borligi bilan farq qiladi;
    Uchinchi avlod EHMlari — bu ikkinchi avlod mashina­sidan tarkibida axborot almashuv qurilmasi(kanal) ham borligi bilan farq qiladi. Kanal tezkor xotira bilan EHMning tashqi qurilmalari orasida axborot almashuviga imkon beradi. Shu tufayli ko‘p dasturli (bir vaqtning o‘zida, misol uchun, axborotni chop etish, musiqani ijro etish, ma’lumotlarni kiritish va hokazo) rejimni amalga oshirish mumkin bo’ladi. BESM-6, YeS EHM va boshqalar uchinchi avlod mashinalari sirasiga kiradi.Тo’rtinchi avlod EHMlari — bu uchinchi avlod mashinasidan tarkibida xar biri parallel ravishda ishlay oladigan ikki va undan ko‘p protsessorlar borligi bilan farq qiladi. Cheget, Elbrus-2 kabi EHMlar to‘rtinchi avlodga mansub.
    O‘z vaqtida Тoshkentdagi «Algoritm» zavodida ishlab chiqarilishi mo‘ljallangan Elbrus-2 EHM tarkibida xar biri sekundiga 1 mln amaliyotlarni bajarish imkoniyatiga ega bo‘lgan 10 ta protsessor bor.Shu o‘rinda ta’kidlash kerakki, o‘quv muassasalaridagi eng zamonaviy shaxsiy kompyuterlar ham bitta protsessorli bo‘lgani tufayli uchinchi avlodga mansub.
    Ayni payt­da ayrim idoralar kuchli serverlar (ikki va undan ko‘p protsessorlarga ega bo’lgan, ya’ni to’rtinchi avlod kompyuterlari)dan foydalanmoqdalar.
    Beshinchi avlod EHMlari — bu to‘rtinchi avlod mashinasidan tarkibida intellektual interfeys (bilimlar bazasi, masalalarni avtomatik ravishda yechishning dasturiy ta’minoti va muloqot protsessori borligi bilan farq qiluvchi, universal sun’iy tafakkur mashinalaridir.
    Universal EHMlarning rivojlanish tarixida alohida o‘rinni kompyuterlar egallab kelmoqdalar. Kompyuterlar davri 1971 yilda AQShda mikroprotsessor kashf etilgandan boshlangan desa bo‘ladi. Kompyuterlarni ishlab chiqarish avvaliga asosan APPLE firmasi, keyinchalik (1984y.) esa, IBM firmasi maxsulotlari hisobiga kengayib bordi.Hozirda APPLE firmasi «MAKINТOSh» rusumdagi kompyuterlari bilan, ayniqsa, AQShning o‘zida tanilgan bo‘lsa, IBM kompyuterlari dunyoda keng tarqalgan. Shu sababli aynan IBM kompyuterlarining arxitekturasi va asosiy qurilmalari ustida to‘xtalib o‘tamiz.

    Download 0.73 Mb.
      1   2   3   4




    Download 0.73 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    9-mavzu. Shaxsiy kompyuтerlar arхiтekтurasi reja: Kompyuтer avlodlari va ularning klassifikatsiyasi Kompyuter arxitekturasi va strukturasi

    Download 0.73 Mb.