A. A. Akayev, A. T. Kenjabayev, yo. S. Ilxamova, M. Yu. Jumaniyazova iqtisodiyotda axborot komplekslari




Download 8.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet156/268
Sana23.02.2023
Hajmi8.25 Mb.
#43285
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   268
Bog'liq
Иктисодиётда ахборот комплекслари ва технологиялари дарслик
Statistika(Oraliq) (1), Налоговый кодекс Республики Узбекистан, xkzbvdehbohboi, Blender 2.92.0, menejment, Toksanbayeva Albina sug\'urta mustaqil ishi, 3-TEZIS, 2-mavzu, psihologiya-i-alhimiya, Reading log 1 (1), Tarixiy xotirasiz kelajak yo\'q, Волейболни вужудга келиши ХАМДА ўйин қоидалари, ИШЧИ КУЧИ БОЗОРИ ВА БАНДЛИК, O\'ZBEKISTON VA JAHON HAMJAMIYATI, Doc2
Sarmoyaviy 
jozibadorlik. 
ERP-tizimlarni 
joriy etish qo‘shimcha 
sarmoyalarni jalb qilishga imkon beradi, chunki, faoliyatni avtomatlashtirish tashqi 
sarmoyadorlar ishonchi va sarmoyadorlar uchun jozibadorligini avtomat trazda 
oshirib kompaniya faoliyati shaffofligini ta’minlaydi.   
Yangi iqtisodiyotga integratsiya imkoniyati. Oxirgi yillarda Internet-iqtisod 
jadal shakllanib bormoqda. Ko‘plab kompaniyalar biznes yuritish uchun Internet 
qanday ustunliklar berishini tushunib oldi. An’anaviy kompaniyalar biznesni 
ma’lum bir qismini Internetga kiritib bir nechta maqsadlarni ko‘zda tutadi: 
xarajatlarni qisqarishidan boshlab mijozlarga xizmat ko‘rsatishni yaxshilash va 
dilerlar hamda oxirgi xaridorlarni topish yangi onlayn tarmoqlarini tashkil etish.
 
 


268 
Mijozlar bilan o‘zaro munosabatlarni boshqarish (CRM-tizimlar) 
 
CRM-tizimlar (Customer Relationship Management yoki Mijozlar bilan 
munosabatlarni boshqarish) — bu, tashkilotlar uchun buyurtmachilar (mijozlar) 
bilan o‘zaro aloqa strategiyalarini, xususan, mijozlar to‘g‘risidagi axborotlar va 
ular bilan o‘zaro aloqa tarixini saqlash yo‘li bilan savdo darajasani oshirish, 
mijozlarga xizmat ko‘rsatish, marketingni optimallashtirish, biznes-jarayonlarni 
o‘rnatish va yaxshilash hamda natijalarni tahlil qilishni avtomatlashtirish uchun 
mo‘ljallangan amaliy dasturiy ta’minotdir.
CRM-tizimlar – iste’molchilar bilan o‘zaro aloqalarni boshqarish uchun 
imkon beruvchi avtomatlashtirilgan tizimlar alohida guruhidir. O‘z ichiga turli 
biznes aloqalardan boshlab sotuvgacha bo‘lgan, shuningdek, mijoz so‘rovlariga 
javob berishgacha jarayonlarni olgan o‘zaro hamkorlik yo‘nalishlarini oladi. CRM-
tizimlarni qo‘llashdan asosiy maqsad mijoz to‘g‘risidagi ma’lumotlarni 
tizimlashtirish va boshqarishdan iborat bo‘ladi. Bu mijozlar hulqini tahlil etish va 
yanada samarali aloqalarni tashkil etishga imkon beradi.
Mijozlar bilan o‘zaro hamkorlik jarayonlarini avtomatlashtirishni sifat tizimi 
doirasida ISO standartlari talabini amalga oshirishda tabiiy holda yordam beradi va 
soddalashtiradi. Sifat tizimi tashkilot va uning buyurtmachilari (mijozlari) 
o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar bilan bog‘liq barcha savollar boshqaruv ostida bo‘lishini 
talab qiladi. Bunday savollar qatoriga quyidagilar kiradi – talablarni yuzaga 
chiqarish bo‘tsicha harakat, iste’molchilar talablarini aniqlash, buyurtmalar 
to‘g‘risidagi axborotlarni taqdim etish, iste’molchilar bilan teskari aloqani 
o‘rnatish va olish kabilar. Odatda bunday axborotlar turli manbaalarda saqlanadi va 
ishlov beriladi. CRM-tizimlar turli manbaalardagi axborotlarni bitta tizimda 
birlashtirishga imkon beradi. 

Download 8.25 Mb.
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   268




Download 8.25 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



A. A. Akayev, A. T. Kenjabayev, yo. S. Ilxamova, M. Yu. Jumaniyazova iqtisodiyotda axborot komplekslari

Download 8.25 Mb.
Pdf ko'rish