O’z-o’zini tekshirish uchun savollar




Download 8.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet262/268
Sana23.02.2023
Hajmi8.25 Mb.
#43285
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   268
Bog'liq
Иктисодиётда ахборот комплекслари ва технологиялари дарслик
Statistika(Oraliq) (1), Налоговый кодекс Республики Узбекистан, xkzbvdehbohboi, Blender 2.92.0, menejment, Toksanbayeva Albina sug\'urta mustaqil ishi, 3-TEZIS, 2-mavzu, psihologiya-i-alhimiya, Reading log 1 (1), Tarixiy xotirasiz kelajak yo\'q, Волейболни вужудга келиши ХАМДА ўйин қоидалари, ИШЧИ КУЧИ БОЗОРИ ВА БАНДЛИК, O\'ZBEKISTON VA JAHON HAMJAMIYATI, Doc2
O’z-o’zini tekshirish uchun savollar 
1. Elektron bank xavfsizligini ta’minlovchi asosiy qurilmallar nimalardan 
iborat? 
2. Elekrton bank ma’lumotlarning mahfiyligini saqlash deganda nimani 
tushunasiz? 
3. Xafvsizlik siyosati nima va uning bankdagi o’rni? 
4. Bank elektron tizimi xavfsizligining asosiy bosqichlari? 
5. Elekrton bank tizimi xavfsizligini ta’minlovchi dasturiy ta’minotlarni 
sanab bering? 
6. Axborotlar himoyasi qanday usullar bilan ta’minlanadi? 
7. Bank elektron tizimlanda viruslardan himoya vositalari qanday amalga 
oshiriladi? 
8. Bank elekron tizimini avzalliklari nimadan iborat? 
9. O’zbekistonda bank elektron tizimining xavfsizligi qay darajada yo’lga 
qo’yilgan? 
 
6.3. Elektron raqamli imzoni yaratish texnologiyasi 
 
Elektron raqamli imzo (ERI)– bu berilgan xujjatning rekviziti 
xisoblanadi va uning asosiy vazifasi berilgan elektron xujjatni kaalbakisidan 
ximoya kilishdir. ERI an’anaviy imzodan farkli ravishda jismoniy emas mantikiy 
tabiatga ega. Ya’ni ERI bu simvollar yoki kodlarning ketma-ketligi bulib, xujjatni 
egasini ERI egasi bilan bevosita boglaydi. 
Elektron hujjatlarni tarmok orqali almashishda ularni ishlash va saqlash 
harajatlari kamayadi, qidirish tezlashadi. Ammo, elektron hujjat muallifini va 
hujjatning o’zini autentifikatsiyalash, ya’ni muallifning haqiqiyligini va olingan 
elektron hujjatda o’zgarishlarning yo’qligini aniqlash muammosi paydo buladi. 
Elektron xujjatlarni autentifikatsiyalashdan maqsad ularni mumkin bo’lgan 


491 
jinoyatkorona harakatlardan himoyalashdir. Bunday harakatlarga quyidagilar 
kiradi: 
- faol ushlab qolish - tarmokka ulangan buzg’unchi hujjatlarni 
(fayllarni) ushlab koladi va o’zgartiradi. 
maskarad - abonent S hujjatlarni abonent V ga abonent A nomidan 
yuboradi; 
renegatlik - abonent A abonent V ga xabar yuborgan bo’lsada, 
yubormaganman deydi; 
almashtirshi - abonent V xujjatni o’zgartiradi, yoki yangisini shakllantiradi 
va uni abonent A dan olganman deydi; 
takrorlash - abonent A abonent V ga yuborgan hujjatni abonent S 
takrorlaydi. 
Jinoyatkorona harakatlarning bu turlari o’z faoliyatida kompyuter axborot 
texnologiyalaridan foydalanuvchi bank va tijorat tuzilmalariga, davlat korxona va 
tashkilotlariga xususiy shaxslarga ancha-muncha zarar etkazishi mumkin. 
Elektron rakamli imzo metodologiyasi xabar yaxlitligini va xabar 
muallifining haqiqiyligini tekshirish muammosini samarali xal etishga imkon 
beradi. 
Elektron rakamli imzo telekommunikatsiya kanallari orqali uzatiluvchi 
matnlarni autentifikatsiyalash uchun ishlatiladi. Rakamli imzo ishlashi buyicha
oddiy kulsema imzoga uxshash bulib, kuyidagi afzalliklarga ega: 
imzo chekilgan matn imzo qo’ygan shaxsga tegishli ekanligini tasdiqlaydi; 
bu shaxsga imzo chekilgan matnga bog’liq majburiyatlaridan tonish 
imkoniyatini bermaydi; 
-imzo chekilgan matn yaxlitligini kafolatlaydi. 
Elektron rakamli imzo - imzo chekiluvchi matn bilan birga uzatiluvchi 
qo’shimcha raqamli xabarning nisbatan katta bo’lmagan sonidir.
Elektron rakamli imzo asimmetrik shifrlarning qaytaruvchanligiga xamda 
xabar tarkibi, imzoning o’zi va kalitlar juftining o’zaro bog’liqligiga asoslanadi. 
Bu elementlarning xatto birining o’zgarishi raqamli imzoning xakikiyligini 


492 
tasdiqlashga imkon bermaydi. Elektron rakamli imzo shifrlashning asimmetrik 
algoritmlari va xesh-funktsiyalari yordamida amalga oshiriladi. 
Elektron rakamli imzo tizimining qo’llanishida bir-biriga imzo chekilgan 
elektron hujjatlarni jo’natuvchi abonent tarmog’ining mavjudligi faraz kilinadi. 
Xar bir abonent uchun juft - maxfiy va ochik kalit generatsiyalanadi. Maxfiy kalit 
abonentda sir saqlanadi va undan abonent elektron rakamli imzoni shakllantirishda 
foydalanadi. 
Ochik kalit boshka barcha foydalanuvchilarga ma’lum bulib, undan imzo 
chekilgan elektron hujjatni qabul qiluvchi elektron raqamli imzoni tekshirishda 
foydalanadi. 
Elektron rakamli imzo tizimi ikkita asosiy muolajani amalga oshiradi: 
- rakamli imzoni shakllantirish muolajasi; 
- rakamli imzoni tekshirish muolajasi.
Imzoni shakllantirish muolajasida xabar junatuvchisining maxfiy kaliti 
ishlatilsa, imzoni tekshirish muolajas ida jo’natuvchining ochiq kalitidan 
foydalaniladi. 

Download 8.25 Mb.
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   268




Download 8.25 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’z-o’zini tekshirish uchun savollar

Download 8.25 Mb.
Pdf ko'rish