Menejer kasbida salbiy tomonlar mavjud. Birinchidan,
bu sohada raqobat
darajasi doimiy ravishda o‘sib bormoqda. Bu xodimlardan to‘liq fidoyilikni,
doimiy rivojlanishni va malaka oshirish ustida ishlashni talab qiladi. Ikkinchidan,
menejerlar stress ostida ishlashga tayyor bo‘lishlari kerak. Ular qaror qabul qilish
uchun mas’uldirlar, ular natija uchun javobgardirlar.
ZipRecruiter dunyo miqyosida menejerlarning soatlik ish haqini 34; 38 dollar
va 7,93 dollar oralig`da belgilagan bo‘lsa-da, Qo‘shma Shtatlar bo‘ylab menejer
ish haqining aksariyat qismi hozirda 14; 18 dollar (25 foiz) dan 23; 32 dollargacha
(75 foiz) o‘zgarib turadi. Menejer uchun o‘rtacha ish haqi oralig‘i
juda katta farq
qiladi (9; 13 AQSh dollarigacha), bu malaka darajasi, joylashuvi va yillik tajribaga
asoslangan holda ko‘tarilish va ish haqini oshirish uchun ko‘plab imkoniyatlar
mavjudligini ko‘rsatadi.