O‘zbekistonda menejerlar maoshlari qancha?




Download 0,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/8
Sana24.11.2023
Hajmi0,88 Mb.
#104460
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
7hPJs0Gp9UQh5JBE8tQjpNZOXt6SubwbQl2yYFVf

O‘zbekistonda menejerlar maoshlari qancha? 
O‘zbekistondagi menejment sohasida ishlayotgan insonlarning oylik maoshi 
odatda 2,016,473 UZS (minimum ish haqi) dan 20,479,077 UZS gacha 
(o‘rtachaning eng yuqorisi, haqiqiy maksimum ish haqi bundan yuqori bo‘lishi 
mumkin). 
4. 
Dunyoga mashxur menejerlar 


Bugungi kunda xalqaro miqyosda juda ko‘plab menejment sohasida o‘z 
faoliyatini muvaffaqiyatli olib borib, mashxur bo‘lgan yetakchilar ko‘pki, ulardan 
bir nechtasini e`tiboringizga havola qilamiz.
Varren Baffet xalqaro doirada eng omadli 
investorlardan biri sifatida tanilgan bo‘lib, uning 
investitsiya strategiyasi afsonaviy nisbatlarga yetgani 
ajablanarli emas. Uorren Baffet muvaffaqiyatga erishish 
vositasi sifatida o‘zingizga sarmoya kiritish muhimligini 
doimo ta’kidlab keladi. Bunga oqilona moliyaviy 
tanlovlar, 
shuningdek, 
ishtirok 
etmoqchi 
bo‘lgan 
sohalarda bilimingizni oshirish kiradi. Uning boyligi 2022-yil iyun oyi holatiga 
ko‘ra 100 milliard dollarga baholangan. Baffet ham aqlli biznesmen, ham sahovatli 
xayriya yetakchi sifatida tanilgan.
Jek Velch Amerika tadbirkorligida afsonaga aylandi. General 
Electric 
kompaniyasining bosh direktori sifatida roppa-rosa 20 yil 
ishlagandan 
so‘ng, 

yirik 
korporatsiyani 
jahon 
iqtisodiyotidagi global o‘yinchiga aylantirdi va XX-
asrning eng yaxshi menejeri sifatida tan olindi. Welch 
printsipi quyidagilarni belgilaydi: agar kompaniya o‘z 
sanoatida yetakchi bo‘lmasa, uni sotish kerak. Ushbu 
tamoyilga amal qilgan holda, GE bosh direktori doimiy 
ravishda korporatsiyaga tegishli bo‘lgan norentabel va istiqbolsiz firmalardan xalos 
bo‘ldi va xodimlar sonini tubdan qisqartirdi. Welch kamroq odamlardan ko‘proq 
narsani olishga harakat qildi va u muvaffaqiyatga erishdi. Xodimlar kamroq, lekin 
ular yaxshiroq ishlaydi. Ishchilarni rag‘batlantirish uchun Welch korporativ sport 
zallari, dam olish maskanlari va mehmon majmualariga millionlab dollar sarmoya 
kiritdi.
Genri Ford Dunyodagi eng yirik korporatsiyalardan birining yaratuvchisi va 
rahbari sifatida birinchi bo‘lib avtomobillar ishlab chiqarishni konveyerga qo‘ydi. 
U zamonaviy avtomobil sanoatining otasi faxriy unvoniga ega. 1903 yilda o‘zi 


yaratgan kompaniyaning rahbari bo‘lgan Ford o‘z 
mahsulotlarini malakali marketing orqali daromadni 
oshirish qanchalik muhimligini hammadan oldin tushundi. 
O‘sha yillarda "Hamma uchun mashina" shioriga Ford 
birinchilardan amal qildi. Ford mehnat unumdorligini 
oshirish uchun ishchilarni maosh bilan rag‘batlantirish 
kerakligini anglagan birinchi sanoatchilardan biri edi: uning korxonasi 
xodimlarining maoshi o‘z davrining eng yuqori maoshi edi. Bundan tashqari, u o‘z 
fabrikasida 8 soatlik ish smenasi va pullik ta'tilni joriy qildi.

Download 0,88 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 0,88 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekistonda menejerlar maoshlari qancha?

Download 0,88 Mb.
Pdf ko'rish