|
A. I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti Toshkent shaharBog'liq Ilk Qadam UZB final (3)TUSHUNTIRISH XATI
Ushbu hujjat O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun ilk va maktabgacha
yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablariga muvofiq yaratilgan “Ilk qadam” Davlat
o‘quv dasturining ikkinchi nashri hisoblanadi.
Maktabgacha ta'lim jadal rivojlanayotgan ta'lim sohasi bo‘lib, u butun dunyo va mamlakatimizdagi
ta'lim sohasi mutaxassislari va tadqiqotchilarining diqqat markazida bo‘lib kelmoqda. Hozirgi kunda
O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim tizimini tubdan isloh qilish ishlari amalga oshirilmoqda. Shu
munosabat bilan Davlat o‘quv dasturiga (2018-yil) o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish hamda ikkinchi
nashrini yaratish zarurati tug‘ildi.
Davlat o‘quv dasturining birinchi nashrini qayta ko‘rib chiqish uchun quyidagi omillar asos bo‘ldi:
●
2019-yilda qabul qilingan “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respubli-
kasi Qonuni va unda belgilab berilgan maktabgacha ta’lim va tarbiyaning asosiy tamoyillari,
shuningdek, maktabgacha ta’limda davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari
1
;
●
dasturning birinchi nashrini qo‘llashda orttirilgan tajriba va uning tahlili;
●
2021-yilda respublikamizning barcha hududlarida maktabgacha ta'lim boshqaruv organlari
mutaxassislari, MTTning davlat, nodavlat va muqobil shakllari pedagoglari va metodistlari
o‘rtasida o‘tkazilgan manzilli milliy so‘rov natijasida aniqlangan fikr va takliflarining inobatga
olinganligi;
●
maktabgacha ta’lim dasturlarini yaratish bo‘yicha o‘tgan yillar davomida to‘plangan xalqaro
tajriba.
Davlat o‘quv dasturi – bu bolaning barkamol shaxs sifatida shakllanishiga qaratilgan bo‘lib, ta'lim
va tarbiya jarayonining maqsadlari, vazifalari, tamoyillari, kutilayotgan natijalari, mazmuni va tashkil
etilishini belgilaydigan tayanch hujjat hisoblanadi.
Mazkur hujjat maktabgacha ta'limning muqobil, parsial, moslashtirilgan dasturlarini ishlab chiqish
uchun ham asosdir.
Davlat o‘quv dasturi ikkinchi nashrining asosiy jihatlari uning muqobilligi, moslashuvchanligi, individual
xususiyatlarni hisobga olgan holda har bir bolaning ta'lim ehtiyojlariga qaratilganligidir.
Kiritilgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar Davlat oʻquv dasturining quyidagi jihatlarida o‘z aksini topdi:
|
| |