8
1-BOB.
UMUMIY QOIDALAR
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun Davlat o‘quv dasturi O‘zbekiston
Respublikasining ilk va
maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablariga muvofiq ishlab chiqilgan
me’yoriy-huquqiy hujjat bo‘lib, unda maktabgacha ta’lim tashkilotining maqsad va vazifalari, ta’lim va
tarbiya jarayonining maqsad va tamoyillari, shuningdek, bolaning keyingi ta’lim bosqichiga o‘tishidagi
tayanch kompetensiyalari belgilangan.
Davlat o‘quv dasturi O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim Davlat standartini amalga oshirish
mexanizmi bo‘lib xizmat qiladi. Davlat o‘quv dasturining asosiy vazifasi kompetensiyaga asoslangan
yondashuv asosida bola shaxsini rivojlantirish hisoblanadi.
Davlat o‘quv dasturi Oʻzbekiston Respublikasining quyidagi maktabgacha taʼlim
tashkilotlari va
muassasalarida qoʻllanilishi majburiydir:
●
davlat maktabgacha ta’lim tashilotlarida;
●
maktabgacha ta’lim sohasida xizmatlar ko‘rsatuvchi nodavlat MTTlarida;
●
ta’lim va tarbiyaning muqobil shakllarida;
●
“Mehribonlik” uylari maktabgacha ta’lim guruhlarida;
●
monitoring va uzluksizlikni ta’minlash maqsadida maktabgacha va boshlang‘ich ta’limni
nazorat qiluvchi boshqaruv organlarida.
1.1. DAVLAT O‘QUV DASTURINING QO‘LLANILISHI
Davlat o‘quv dasturi muqobil, parsial, moslashtirilgan o‘quv dasturlarini yaratishda majburiy tayanch
hujjat hisoblanadi.
MTT Maktabgacha ta’lim vazirligi
tomonidan tasdiqlangan muqobil, parsial, moslashtirilgan o‘quv
dasturlarini qo‘llash huquqiga ega.
MTT o‘quv dasturi mutaxassislar va ota-onalarni jalb qilgan holda, pedagoglar tomonidan tuziladi va
amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq tasdiqlanadi.