|
●
Har bir bolaning har tomonlama rivojlanishi va farovonligini ta'minlashBog'liq Ilk Qadam UZB final (3)
●
Har bir bolaning har tomonlama rivojlanishi va farovonligini ta'minlash.
MT - parvarish,
ta'lim va tarbiyadagi uyg‘un jarayondir; u bolaning barcha rivojlanish sohalarida rivojlanishini
ta'minlaydi; bu ta’lim va tarbiya jarayonida
barcha rivojlanish sohalarining o‘zaro
bog‘liqligini
, shuningdek, ta’lim olishning turli xil va har tomonlama imkoniyatlari va har bir
rivojlanish sohasi bo‘yicha
integratsiyani
ta'minlash zarurligini belgillaydi.
●
Bolaning sog‘lig‘ini saqlash, mustahkamlash va xavfsiz muhitni ta'minlash.
Bolaning
turli ehtiyojlarini, shu jumladan, harakatga bo‘lgan ehtiyojini qondirish; faol o‘yinlar va
kundalik jismoniy mashqlar orqali bolalar o‘zlarining his-tuyg‘ularini, yirik va mayda motorika
ko‘nikmalarini rivojlantiradilar; harakatda atrof-olamni o‘rganadilar va turli predmetlarni
boshqaradilar; o‘z tanasining ta’sir va imkoniyatlarini farqlay oladilar, unga g‘amxo‘rlik qilishni
va sog‘lom turmush tarzini qabul qilishni boshlaydilar.
●
O‘yin orqali ta’lim olish va rivojlantirish.
O‘yin maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim
berishda muhim yondashuvdir. O‘yin quvonch keltiradi va bolalarni rag‘batlantiradi, ularga
yangi ko‘nikma va bilimlarni o‘rganishga, o‘zini va atrofidagi dunyoni bilishga imkon beradi.
MT bolaning o‘yin huquqini tan oladi, o‘yinning bola uchun muhimligini va uning individual
rivojlanishi, ta’lim olishi va farovonligiga ko‘maklashishdagi pedagogik imkoniyatlari tan oladi.
●
MTTning oila, mahalla, maktab bilan hamkorligi.
Bolaning farovonligi uning oila a’zolari va
yaqinlaring MTT ahamiyatini tushunishiga bog‘liq. Ota-onalar va mahalliy hamjamiyat o‘quv
dasturida ta’lim va tarbiya jarayoniga qatnashishga jalb qilinganda va o‘z hissasini qo‘shganda
bolalar yaxshiroq ta’lim oladilar va rivojlanadilar.
12
2-BOB. MTT TA’LIM VA TARBIYA JARAYONINING MAQSAD VA TAMOYILLARI
|
| |