● bolalar rivojlanishining dolzarb masalalari bo‘yicha  ota-onalarning malakalarini




Download 5,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/87
Sana14.05.2024
Hajmi5,32 Mb.
#233085
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   87
Bog'liq
Ilk Qadam UZB final (3)

 

bolalar rivojlanishining dolzarb masalalari bo‘yicha 
ota-onalarning malakalarini
rivojlantirish 
va takomillashtirish (seminar, ota-onalar klubi, trening, maslahat, konferentsiya, davra suhbati, 
pedagogik mehmonxonalar va boshqalar);
 

muntazam ravishda 
muloqot
(kommunikatsiya)ni ta'minlash (ma'lumotlarning maxfiyligini 
ta'minlagan holda pedagoglarning ota-onalar bilan online va offline uchrashuv va yig‘ilishlarni 
o‘tkazishi, elektron xabarlar almashishi, bolaning rivojlanishi haqida ma'lumot berishi va 
boshqalar); 
 

ota-onalarni guruh va/yoki maktabgacha ta’lim tashkilotiga 
ko‘ngillilik
faoliyatiga jalb etish 
(rivojlantiruvchi muhitni yaratishda ishtirok etish; xavfsiz muhitni ta’minlash; o‘yinlar tashkil 
etish; qo‘shimcha xizmatlarni ko‘rsatish; ko‘rgazmalarni bezash, mashg‘ulot, bayram va 
tadbirlarni tashkil etish va ularda birgalikda qatnashish); 
 

ota-onalarga 
uyda bolaning o‘qishni
davom ettirishida (tashkil etishda) ko‘maklashish 
(topshiriqlar haqida ma'lumot berish, resurslar bilan ta'minlash, bolaning rivojlanishi va ta’lim 
olishini kuzatish, o‘quv dasturi doirasida bolalar loyihalarida ishtirok etish va boshqalar);
 

maktabgacha ta’lim tashkilotiga oid 
qarorlar qabul qilishda
ishtirok etish (kuzatuv kengashi 
va ota-onalar qo‘mitasi bilan ishlash, ularning faoliyati to‘g‘risida ota-onalarni xabardor 
qilish, umumiy va guruhlarning ota-onalar yig‘ilishlarida qatnashish, maktabgacha ta’lim 
tashkilotining yangi dasturlarini yaratish va ularni amalga oshirishda ishtirok etish, bolaning 
qiziqishlariga qarab maktabgacha ta’lim tashkilotida qo‘shimcha xizmatlarni tanlash);
 

bolalarni tarbiyalash va rivojlantirishda 
mahalliy hamjamiyat bilan hamkorlikni kuchay-
tirish
(maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini takomillashtirishda mahalliy hamjamiyat 
resurslaridan foydalanish, hududdagi muzeylar, istirohat bog‘lari, hunarmandlar ustaxonalari 
va boshqa diqqatga sazovor joylarga tashrif buyurish, mahalliy hokimlik yetakchilari bilan 
uchrashuvlar tashkil etish, ularni guruhlarga va ota-onalar ishtirokidagi tadbirlarga taklif qilish, 
ochiq eshiklar kuni va bayramlar tashkil etish).
3 “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi bo‘yicha uslubiy qo‘llanmaga qarang// Maktabgacha ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini 
individuallashtirish. Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan inklyuziyasi//b. 44//Toshkent//2020
4 “Ilk qadam” davlat oʻquv dasturi boʻyicha uslubiy qoʻllanmani qarang//Oila va mahalliy hamjamiyat bilan hamkorlik//Birinchi 
nashr//28-bet//Toshkent //2020
5 J. Epstein, et. al., School, Family, and Community Partnerships: Your Handbook for Action, on the internet as a PDF at
www.gpo.gov/fdsys/pkg/ERIC-ED467082/pdf/ERIC-ED467082.pdf.


14

Download 5,32 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   87




Download 5,32 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



● bolalar rivojlanishining dolzarb masalalari bo‘yicha  ota-onalarning malakalarini

Download 5,32 Mb.
Pdf ko'rish