• 2.3. QO‘SHIMCHA TA’LIM XIZMATLARINI TASHKIL ETISH
  • 2.4. TA’LIM OLISHDA ALOHIDA EHTIYOJLARI BO‘LGAN BOLALAR UCHUN TA’LIM VA TARBIYA JARAYONI
  • ● Milliy, tarixiy va madaniy an’analar, ma’naviy boyliklarni tan olish va boshqa xalqlar




    Download 5,32 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet12/87
    Sana14.05.2024
    Hajmi5,32 Mb.
    #233085
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   87
    Bog'liq
    Ilk Qadam UZB final (3)

     

    Milliy, tarixiy va madaniy an’analar, ma’naviy boyliklarni tan olish va boshqa xalqlar 
    madaniyatiga hurmatda bo‘lish. 
    Bolalarning o‘z milliy madaniyati, tili, an'analarini hurmat 
    bilan e'tirof etilganda ular yaxshiroq ta’lim oladilar va rivojlanadilar. Davlat o‘quv dasturi 
    milliy va mintaqaviy madaniy xususiyatlarni hisobga olgan holda tuziladi. Maktabgacha ta'lim 
    tashkilotida bolaning rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash – bu jamoaviy ish bo‘lib, uni amalga 
    oshirishga maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori mas’uldir.
    Ushbu tamoyillar maktabgacha ta’lim tashkiloti ta’lim va tarbiya jarayonining asosini tashkil etadi, 
    pedagoglarga davlat o‘quv dasturini rejalashtirish va amalga oshirishda, har bir bolaga ta’lim berish va 
    rivojlantirish bo‘yicha pedagogik va amaliy qarorlar qabul qilishda qo‘llanma bo‘lib hisoblanadi.
    2.3. QO‘SHIMCHA TA’LIM XIZMATLARINI TASHKIL ETISH
    Qo‘shimcha ta’lim xizmatlari MTT tomonidan tashkilot imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, shuningdek, 
    bolalar, oilalar va mahalliy hamjamiyat manfaatlarini inobatga olgan holda tashkil etiladi. Maktabgacha 
    ta’lim tashkilotlarida qo‘shimcha ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish O‘zbekiston Respublikasining amaldagi 
    me’yoriy-huquqiy hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
    Qo‘shimcha ta’lim xizmatlari fakultativ hisoblanadi va ularni tashkil qilishda ko‘ngillilar (volontyorlar), 
    ota-onalar, mutaxassislar va homiylar ishtirok etishi mumkin.
    Qo‘shimcha ta’lim xizmatlari asosiy ta’lim faoliyatidan tashqari amalga oshiriladi va MTT o‘quv rejasiga 
    kiritilmaydi. Qo‘shimcha ta’lim xizmatlarini ko‘rsatuvchi pedagoglar, ko‘ngillilar, homiylar, mutaxassislar, 
    ota-onalar mavzuli rejani ishlab chiqadilar, bu xizmat ko‘rsatishga qarab, davlat o‘quv dasturining yillik 
    mavzuli rejasi asosida tuzilishi mumkin.
    2.4. TA’LIM OLISHDA ALOHIDA EHTIYOJLARI BO‘LGAN 
    BOLALAR UCHUN TA’LIM VA TARBIYA JARAYONI 

    Download 5,32 Mb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   87




    Download 5,32 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    ● Milliy, tarixiy va madaniy an’analar, ma’naviy boyliklarni tan olish va boshqa xalqlar

    Download 5,32 Mb.
    Pdf ko'rish