11
2-BOB. MTT TA’LIM VA TARBIYA JARAYONINING MAQSAD VA TAMOYILLARI
2.1. MTT TA’LIM VA TARBIYA JARAYONINING MAQSADI
Maktabgacha ta'lim tashkilotida ta’lim va tarbiya jarayonining maqsadi bolaning tayanch kompe-
tensiyalari va rivojlanish sohalarining kompetensiyalarini shakllantirish uchun shart-sharoitlarni
yaratishdir.
2.2. MTT
da
TA’LIM VA TARBIYA JARAYONINI TASHKIL ETISH
TAMOYILLARI
Tamoyillar O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan kutilayotgan natijalarni,
shuningdek, maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglari tomonidan davlat o‘quv dasturini amalga
oshirishda ta’minlanishi kerak bo‘lgan rivojlantiruvchi muhitning xususiyatlarini, maktabgacha yoshdagi
bolalarga ta’lim berish va rivojlantirishdagi yondashuvlarni tavsiflaydi.
MTT ta’limva tarbiya jarayonining tamoyillari quyidagilardan iborat:
●
Bolalikni o‘ziga xos qadriyat ekanligini tan olish.
Bolalik – bu muhim ahamiyatga molik
yosh va hayotiy davr. Bolalikning o‘ziga xos xususiyati - bu bolalarning ta’lim olish tajribasi
natijasida kattalardan ko‘ra ko‘proq o‘rganish va o‘zgarish qobiliyatiga ega ekanligidir. Bolalik
– bu baxtli bolalik huquqi tan olinadigan, bola rivojlanishining muhim bosqichi.
●
Bolaning huquqi, individualligi va rivojlanish imkoniyatlarini hisobga olish.
Barcha
bolalar katta imkoniyat egasi bo‘lib dunyoga keladi va har biri tug‘ma iste’dodga ega. Har
bir bola o‘ziga xos individualdir. Barcha bolalar o‘z salomatligi va farovonligini himoya qilish,
mustahkamlash, shuningdek, sifatli maktabgacha ta'limdan teng foydalanish huquqiga ega.
●
Bolalar, shu jumladan, alohida ehtiyojli bolalar ta'lim jarayonining faol ishtirokchisi sifatida
tan olinadi va faoliyat turini tanlash, rejalashtirishda ishtirok etish, bilimga bo‘lgan tabiiy
qiziqishlarini qondirish orqali ularning ta’lim olishi va rivojlanishiga hissa qo‘shadi.