|
A. I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti Toshkent shaharBog'liq Ilk Qadam UZB final (3)rivojlantiruvchi muhit
to‘g‘risidagi ma'lumotlar bilan to‘ldirildi;
●
dasturning inklyuziv xususiyati MTTning alohida ehtiyojli har bir bolaning alohida ta'lim
ehtiyojlari va individual xususiyatlarini hisobga olgan holda ta’limda qo‘shimcha yordam
ko‘rsatish majburiyatlari bilan mustahkamlandi;
●
rivojlanish markazlarida tashkil etilgan bolalarning faoliyati loyiha mavzusi bilan to‘ldirildi;
●
namunaviy kun tartibida
ta’lim va tarbiya jarayoniga ajratilgan vaqt o‘zgartirildi, bu esa o‘z
o‘rnida bolalarning erkin o‘yin faoliyati, bolalarning qiziqishlariga ko‘ra mustaqil faoliyatiga,
shuningdek, mavzuli loyiha faoliyatiga ko‘proq vaqt ajratish imkonini beradi;
●
O‘zbekiston Respublikasining maktabgacha ta’lim sohasidagi me’yoriy-huquqiy hujjatlariga
muvofiq, xalqaro tajribani, shuningdek, boshlang‘ich ta’lim bilan uzviylikni ta’minlash
maqsadida
o‘quv reja
qisman o‘zgartirildi;
●
bola rivojlanishini kuzatish va baholash jarayonini optimallashtirish uchun
bolaning rivojlanish
xaritalari
qisman o‘zgartirildi.
Davlat o‘quv dasturini tadbiq etishda pedagoglarga yordam tariqasida "Ilk qadam" Davlat o‘quv dastu-
riga uslubiy yordam sifatida o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar to‘plami taklif etiladi. Toʻplam MTV mutaxassislari
tomonidan BMTning Oʻzbekistondagi Xalqaro bolalar jamgʻarmasi (UNICEF) bilan birgalikda ishlab
chiqilgan boʻlib, oltita qoʻllanmani oʻz ichiga oladi: “Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida ta’lim dasturlarini
ishlab chiqish”; “Shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv asosida ta’lim jarayonini rejalashtirish”; "O‘yin orqali
ta’lim olish"; “Maktabgacha ta’limda ta’lim jarayonini individuallashtirish. Alohida ehtiyojli bolalar
inklyuziyasi”; “Oilalar va mahalliy jamoatchilik bilan hamkorlik”; "Kuzatish va baholash".
Loyihaviy mavzuli faoliyatni rejalashtirish va amalga oshirish uchun "Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida
ta'lim va tarbiya jarayonini mavzuli rejalashtirish" qo‘llanmasi taklif etiladi.
|
| |