1.2. MTTNING MAQSAD VA VAZIFALARI
MTTning maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat:
●
bolaning shaxsiy ehtiyojlarini hisobga olgan holda ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar
rivojlanishiga qo‘yilagan davlat talablari asosida hamda MTT davlat o‘quv dasturiga muvofiq
uning har tomonlama va barkamol rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
●
maktabgacha yoshdagi bolalarning ta’lim va tarbiya jarayonini tashkil etish va amalga oshirish;
●
bolalarning ilk rivojlanishi masalalarida oila va mahalliy jamoatchilik o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni
tashkil etish va amalga oshirish.
1.3. PEDAGOGNING ROLI
Davlat o‘quv dasturini amalga oshiruvchi pedagog bolaning shaxsiga hurmat ko‘rsatadi va ta’lim va
tarbiya jarayonini dastur tamoyillariga muvofiq tashkil qiladi.
Pedagog fasilitator sifatida bolalarga ta’lim va tarbiya berishda o‘z bilimi, ko‘nikma va resurslaridan
foydalanadi. Pedagog ta’lim va tarbiya jarayonini rejalashtiradi, bolaning har tomonlama rivojlanishiga
9
1-BOB. UMUMIY QOIDALAR
va uning salohiyatini ochishga hissa qo‘shadigan rivojlantiruvchi muhitni yaratadi. Buning uchun
pedagog bolaning rivojlanish xususiyatlarini biladi, uning his-tuyg‘ularini tushunadi, har bir bolaning
ehtiyojlari va qiziqishlarini aniqlaydi va hisobga oladi.
Pedagog guruhda shunday inklyuziv muhit yaratadiki, unda har bir bola o‘zini ardoqli, qobiliyatli va
ta'lim jarayoniga jalb qilingandek his qilishi kerak.
Pedagog bolaning mustaqil harakat qilish, natijalarga erishish va yutuqlarni amalga oshirish hamda
ulardan zavqlanish qobiliyatini rivojlantirishga hissa qo‘shadi. Pedagog, shuningdek, bolalarda zarurat
bo‘lganida, har bir bola tarbiyachidan yordam va dalda olishi mumkinligiga ishonch hissining paydo
bo‘lishiga yordam beradi.
Pedagog doimiy ravishda kasbiy kompetentligini takomillashtirish uchun o‘z kasbiy faoliyatini
hujjatlashtiradi, tahlil qiladi va baholaydi.
Pedagog bolaning, ota-onalarning va mahalliy jamoatchilik vakillarining fikri va tajribasini hurmat qiladi
va o‘z ishini teng sheriklik asosida quradi.
|