Standartlarni ishlab chiqish qoidalari




Download 2.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/57
Sana14.03.2024
Hajmi2.29 Mb.
#171941
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   57
Bog'liq
Qurilishda metrologiya vaSTANDDARTLASHTIRISH Oquv qollANMA
m noma’lumli n ta chiziqli tenglamalar sistemasi, 1 mavzu Buxgalteriya hisobining mohiyati va ahamiyati Reja fayllar, 105906
2.3. Standartlarni ishlab chiqish qoidalari 
O’z DSt 1.1-92 "O’zbekiston Respublikasining standartlashtirish davlat 
tizimi. O’zbekiston Respublikasining standartini ishlab chiqish, kelishib olish, 
tasdiqlash va ro’yxatdan o’tkazish tartibi" standartiga binoan O’zbekiston 
Respublikasi standarti (bundan keyin - standart deb yuritiladi) standartlashtirish 
bo’yicha texnikaviy qo’mitalar, standartlashtirish bo’yicha tayanch tashkilotlari, 
vazirliklar, idoralar, uyushmalar, konsernlar, davlat, shirkat, pudratchi, aksioner, 
qo’shma korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan ishlab chiqiladi.
O’zbekiston davlat standartlarini ishlab chiqish tartibi.
Standartni ishlab chiqishda tashkiliy - metodik birlilikka erishish maqsadida, 
shuningdek ish bosqichlarining bajarilishini tekshirish uchun standart ishlab 
chiqishning to’rt bosqichi joriy etiladi (16-rasm). 
16–rasm. Standartni ishlab chiqish bosqichlari. 
Izoh: standartni ishlab chiqish bosqichlarini birga qo’shib bajarish ruxsat 
etiladi. 
1-bosqich. Texnik topshiriq me’yoriy hujjatni ishlab chiqish ishlarini 
bajarish bosqichlarini o’rnatish maqsadida buyurtmachi - tashkilot bilan 
kelishilgan holda, ishlab chiquvchi tashkilot tomonidan tuziladi va odatda 
quyidagilarni o’z ichiga oladi:


53 

standartlaatirish ob’yekti va qo’llanish sohasi; 

standartning bo’limlari va standartda o’rnatiladigan asosiy talablar 
ro’yxati; 

standartni ishlab chiqish bosqichlari; 

standart bilan birga taqdim etiladigan hujjatlar ro’yxati; 

standart loyihasini kelishish lozim bo’lgan boshqaruv idoralari va 
(yoki) korxonalar ro’yxati; 

buyurtmachining boshqa talablari. 
2 – bosqich. Standart loyihasi manfaatdor tashkilotlarning takliflari asosida 
va (yoki) tayyorlovchi korxonalarning tashabbusi bilan ishlab chiqiladi. 
Standartning loyihasini ishlab chiqish bilan bir vaqtda standart loyihasiga 
tushuntirish yozuvi tuziladi va zarur bo’lganda, standartni joriy etish bo’yicha 
asosiy tashkiliy - texnikaviy tadbirlar rejasining loyihasi (keyinchalik – asosiy 
tadbirlar rejasining loyihasi) ishlab chiqiladi.
3-bosqich. Ishlab chiquvchi-etakchi tashkilot olingan fikr - mulohazalar 
asosida fikr - mulohazalar to’g’risida ma’lumot tuzadi. 
Ishlab chiquvchi - etakchi tashkilot va hamkor bajaruvchi tashkilotlar fikr-
mulhazalar asosida standart loyihasining oxirgi tahririni ishlab chiqadi va 
tushuntirish yozuviga va asosiy tadbirlar rejasining loyihasiga aniqlik kiritadi. 
Standart loyihasining oxirgi tahririni tasdiqlashga taqdim etishda oldin 
tayanch tashkilot yoki o’ziga biriktirilgan mahsulotga oid yoki faoliyat sohasida 
standartlashtirish bo’yicha TQ standartni ilmiy-texnikaviy va huquqiy 
ekspertizadan o’tkazadi. 
4-bosqich. Ishlab chiquvchi - tashkilot standart loyihasini tasdiqlashga 
quyidagi hujjatlar bilan birga taqdim etadi: 

ilova xati; 

standart loyihasining oxirgi tahririga tushuntirish yozuvi; 

asosiy tadbirlar rejasining loyihasi; 

standart loyihasi 4 nushada, bundan ikkitasi birinchi bo’lishi lozim; 


54 

standart loyihasining kelishishganligini tasdiqlovchi asl hujjatlar; 

standart loyihasiga fikr-mulohazalar to’plami; 

kelishmovchiliklar to’g’risidagi ma’lumotnoma; 

elektron versiya. 
Standartlashtirish sohasidagi davlat siyosatini xukumat tomonidan 
belgilangan sifat infratuzilmasiga javobgar bo‘lgan markaziy, maxsus davlat organi 
ishlab chiqadi.
Standartlashtirish – maxsulotlarni kodlash amaliyoti orqali tartibga solinadi, 
hamda markaziy, maxsus davlat boshqaruv organi tomonidan tasdiqlangan 
normativ aktlar asosida xam tartibga solinadi.
Standartlar – ishlab chiqaruvchi korxonalarning ishlab chiqarish 
ko‘rsatkichlarini oshirishga, xatoliklarni va chiqitlarni kamaytirishga yordam 
beradi. 
Turli 
bozorlardagi 
maxsulotlarni 
to‘g‘ridan to‘g‘ri baholab, 
kompaniyalarning yangi bozorlarga chiqishini osonlashtiradi, xaqqoniy halqaro 
savdo sotiqni rivojlantirishga yordam beradi.
Shu bilan birga standartlar iste’molchilar huquqlarni himoya qiladi va 
sertifikatlangan maxsulot halqaro darajadagi minimal standartlarga mosligini 
kafolatlaydi.
Standartni tasdiqlagan idoraning qarori bilan standart tasdiqlanadi va amalga 
kiritiladi. 
O’zstandart Agentligi standartni davlat ro’yxatidan o’tkazadi. 
Eksport uchun mo’ljallangan mahsulotga qo’shiыcha talablar davlat 
ro’yxatidan o’tkazilmaydi. 
Standart davlat ro’yxatiga 4 nusxada taqdim etiladi: asliyat, ikkinchi nusxa 
(dublikat) va ikkita nusxa. 
Standartning ikkinchi nusxasi standart asliyatiga o’xshash bo’lishi va undan 
zarur sifatli nusxa olishni ta’minlashi kerak. 
Standart davlat ro’yxatiga ikki tilda: davlat va rus tillarida taqdim etilishi 
lozim. 


55 
Standartga zarur bo’lganda kiritiladigan tuzatishlar qo’ldan qora tush, pasta, 
siyoh bilan aniq yozilishi, birinchi varaqning orqa betida izohlangan va rahbar 
(rahbar muovini) imzosi va ro’yxatdan o’tkazishga taqdim etgan idora (tashkilot) 
ning muhri bilan tasdiqlangan bo’lishi lozim. 
Standartning ikkinchi nusxasi va bir nusxa O’zstandart Agentligida qoladi. 
Standart asliyati va nusxaning ikkinchisi ishlab chiquvchiga qaytariladi. 
Tushuntirish yozuvi. Standart loyihasini ishlab chiqish bilan bir vaqtda 
standart loyihsiga tushuntirish yozuvi tuziladi. 
Tushuntirish yozuvining nomida standartning darajasi va to’liq nomi, 
standart loyihasi tahririning tartib raqami va (yoki) standartni ishlab chiqish 
bosqichi to’g’risida ma’lumot keltiriladi. 
Tarmoq standartlarini ishlab chiqish tartibi. 
Tarmoq standartlari tarmoq ahamiyatidagi mahsulot, ishlar va xizmatlarga 
nisbatan ishlab chiqiladi. Zarur bo’lganda tashkiliy - metodik va umum - 
texnikaviy tarmoq standartlari ishlab chiqiladi. Ushbu ob’yektga xalqaro, 
davlatlararo standartlar yoki davlat standarti va O’zbekiston standartlari mavjud 
bo’lsa, tarmoq standartlari mahsulot, jarayonlar, xizmatlarga yanada yuqori 
talablarni o’rnatishi va tarmoqning o’ziga xos hususiyatlariga nisbatan 
qo’llaniladigan nomenklatura, me’yorlar va talablarga cheklovlar o’rnatishi 
mumkin. 
Ma’muriy-hududiy standartlarni ishlab chiqish tartibi
Ma’muriy - hududiy standartlashtirishning asosiy maqsadi hudud 
korxonalarida chiqariladigan mahsulotning sifatini va raqobatbardoshligini 
oshirishdagi asosiy vazifalarni hal etish yo’li bilan ko’maklashishdan iborat. 
Ma’muriy-hududiy standartlashtirish ob’yektlari ushbu hudud uchun xos 
mahsulot, shuningdek ishlab chiqarishni tashkillashtirish va boshqarish sohasidagi 
talablar, me’yorlar va qoidalar, mahsulot (jarayonlar va xizmatlar) sifatini 
ta’minlash tizimlari va usullaridan iborat. 


56 
Misol, MHSt 1703202830-RR1:1999, bunda, MHSt – mahalliy-hudu-diy 
standart; 17 – O’zbekiston Respublikasi; 03 – Andijon viloyati; 202 – Oltinko’l 
tumani; 830 – “Maslahat” aholi yashaydigan hudud. 
Korxonalarning standartlarini ishlab chiqish tartibi. 
Korxonalarning standartlarini ishlab chiqish, tasdiqlash, nashr etish va bekor 
qilish tartibini korxona O’z DSt 1.3:1992 O’z SDT. “Korxonaning standartlarini 
ishlab chiqish, tasdiqlash va davlat ro’yxatidan o’tkazish tartibi” davlat 
standartining talablarini hisobga olgan holda o’rnatadi. 
Korxona standarlarining belgisi quyidagilardan iborat: 

hujjat indeksi – KSt; 

korxonalarni va tashkilotlarning umumdavlat tasniflagichi (KTUT) 
bo’yicha xo’jalik yurituvchi sub’yektning sakkiz darajali kodi; 

defis bilan ajratilgan, korxona tomonidan berilgan ro’yxatning uchta 
raqamli tartib nomeri; 

ikki nuqta bilan ajratilgan tasdiqlash yilining to’rtta raqami;
Misol: KSt 00000359-143:2006.. 
Rahbariy hujjatlar va tavsiyanomalarni ishlab chiqish tartibi. 
Rahbariy hujjatlar va tavsiyanomalarni ishlab chiqish, kelishish, tasdiqlash 
tartibi davlat standarti O’z DSt 1.8:1994 “O’z SDT. Rahbariy hujjatlar va 
tavsiyanomalarni ishlab chiqish, kelishish, tasdiqlash va davlat ro’yxatidan 
o’tkazish tartibi” da belgilangan. 
Tarmoqlararo (davlat darajasida) qo’llanishga mo’ljallangan rahbariy hujjat 
yoki tavsiyanomalarning belgisi quyidagilardan iborat bo’ladi: 

hujjat indeksi – davlat darajasidagilar uchun O’z RH (O’z T) yoki 
tarmoq darajasidagilar uchun RH (T); 

O’zstandart Agentligi tomonidan beriladigan, hujjatni tasdiqlagan 
idoraning ikki darajali shartli belgisi; 

defis bilan ajratilgan, ro’yxatga olish uch darajali tartib raqami; 

ikki nuqta bilan ajratilgan tasdiqlash yilining to’rtta raqami. 


57 

Download 2.29 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   57




Download 2.29 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Standartlarni ishlab chiqish qoidalari

Download 2.29 Mb.
Pdf ko'rish