A. M. Karabayev Qurilishda metrologiya va standartlashtirish




Download 2.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/57
Sana14.03.2024
Hajmi2.29 Mb.
#171941
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57
Bog'liq
Qurilishda metrologiya vaSTANDDARTLASHTIRISH Oquv qollANMA
m noma’lumli n ta chiziqli tenglamalar sistemasi, 1 mavzu Buxgalteriya hisobining mohiyati va ahamiyati Reja fayllar, 105906
SO’ZBOSHI 
 
Loyihalanayotgan qurilmaning hisoblash sxemasini aniqlashtirish va vaqtni 
hisoblash modelini asl holatga maksimal darajada yaqinlashtirish qurilmalarning 
haqiqiy ishini tajribaviy sinash orqali amalga oshiriladi. Tajriba natijalari qurilmaning 
fizik holati haqida to’la tasavvur hosil qilish imkonini beradi, bu esa o’z navbatida 
hisoblash natijasini tanlashda yo’l qo’yiladigan soddalashtirishlarning asosli 
bo’lishini ta’minlaydi. Shunday qilib, materiallarning konstruksion xossalarini va 
hisoblash modelini obyektning real ish holatiga qay darajada mos kelishini faqat 
tajriba yo’li bilan aniqlash mumkin. 
Ammo eksperimental tadqiqotlarning ahamiyati shuning o’zi bilan 
chegaralanib qolmaydi. Yangi inshoot qurib bitkazilgach, yoki mavjud inshoot 
ta’mirlanib uning qurilmalari kuchaytirilgandan keyin, ishootning yuk ko’tarish 
qobiliyati, ya’ni uning mustahkamligi va ustuvorligi sinovdan o’tkaziladi. Bu 
yo’nalishda olib boriladigan tajribaviy tadqiqotlar ham xalq xo’jaligida o’zining 
muhim o’rniga ega. Masalan, zilzilada shikastlangan binolarni ta’mirlagandan 
keyin, ta’mir ishlarining sifatiga sinash yo’li bilan baho beriladi. Ulug’vor 
arxitektura yodgoriiklarni asrab qolish va ularni kelajak avlodlarga yetkazish hal 
qiluvchi o’rinni egallaydi. 
Sifat nazoratining asosini esa tajriba-sinash ishlari tashkil etadi. Bunda nazorat 
obyekti mahsulot yoki texnologik jarayon bo’lishi mumkin. 
Standartlashtirish bajariladigan ishlarni ma’lum qonun va qoidalar asosida 
tartibga solib turadigan keng bir soha bo’lib, xalq xo’jaligining turli jabhalarida o’zining 
aniq yo’nalish va obyektlariga ega. Masalan, qurilish sohasida konstruksiya va 
inshootlarni hisoblash va loyihalash metodlari, material va buyumlarga qo’yiladigan 
talablar, sinash usullari va o’lchash ishlari kabilar standartlashtirish obyektlari 
hisoblanadi. O’rnatilgan standartlar asosida amalga oshirilgan ishlarda palapartishlik, 
nouyg’unlik va tartibsizlik bo’lmaydi. Hamma ishlar maromida, ma’lum qoidalar 
asosida bajariladi. Ishlarning shu yo’sinda amalga oshirilishi samaradorlikni 
ta’minlaydi. 



Metrologiya — o’lchash usullari va vositalari haqidagi fan bo’lib, 
standartlashtirish ishlarini bajarishda poydevor vazifasini o’taydi. Metrologiya fani 
tavsiya etgan u yoki bu usul standartlarda asos qilib qabul qilinadi hamda 
amaliyotga tadbiq etiladi. 
Ushbu qo’llanma qurilish yo’nalishi bo’yicha o’qiydigan talabalarga 
qurilishda metrologiya, standartlashtirish va sifat nazorati bo’yicha saboq beradi, 
hamda undan qurilish sohasida ishlovchi bakalavr, magistr va boshqa mutaxassislar 
ham foydalanishlari mumkin. 




Download 2.29 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57




Download 2.29 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



A. M. Karabayev Qurilishda metrologiya va standartlashtirish

Download 2.29 Mb.
Pdf ko'rish