I-bob. METROLOGIYANING QURILISHDAGI AHAMIYATI




Download 2.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/57
Sana14.03.2024
Hajmi2.29 Mb.
#171941
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57
Bog'liq
Qurilishda metrologiya vaSTANDDARTLASHTIRISH Oquv qollANMA
m noma’lumli n ta chiziqli tenglamalar sistemasi, 1 mavzu Buxgalteriya hisobining mohiyati va ahamiyati Reja fayllar, 105906
I-bob. METROLOGIYANING QURILISHDAGI AHAMIYATI 
1.1. Metrologiyaning rivojlanish bosqichlari 
Metrologiya fan sifatida o’lchashlar, ularga bog’liq va tegishli bo’lgan qator 
masalalarni o’z ichiga oladi. Metrologiya aslida yunonchadan olingan bo’lib, 
o’lchash, o’lcham, nutq, mantiq, ilm yoki fan ma’nolarini bildiradi. Umumiy qilib 
olinadigan bo’linsa, metrologiya — o’lchashlar haqidagi fan.. 
O’lkamizda ilm-fan va madaniy kurtaklar eramizdan bir necha ming yillar 
oldin junbush bera borgani tarixiy ma’lumotlardan ma’lum. 
Eng qadimgi o’lchash birliklari- antropometrik. U insonning muayyan 
a’zolariga muvofiqlikka yoki moyillikka asoslangan holda kelib chiqqan (1-rasm). 
Masalan: ladon – bosh barmoqni hisobga olmaganda qolgan to’rttasining kengligi; 
fut – oyoq tagining uzunligi; pyad – yozilgan bosh va ko’rsatkich barmoqlar 
orasidagi masofa, qarich, quloch, qadam va hokazolar (1-ilova). 
 
1–rasm. Qadimiy o‘lchovlar va o‘lchash birliklari. 



Ko’pchilik xalqlarda, shu jumladan bizning xalqimizda ham uzunlik 
o’lchovi sifatida inson tanasining biron qismiga moslikka asoslangan o’lchash 
birliklari qo’llanilgan. Masalan: barmoq, gaz, tutam, qarich, quloch, fut, dyum 
kabilar (2-rasm). 
Barmoq – o’rta barmoqning eniga mos uzunlikdir (ba’zida angusht deb ham 
yuritiladi).
Gaz deb ataluvchi uzunlik birligi uch usulda aniqlangan: 
2-rasm. Odam tanasi a’zolariga asoslangan o’lchash birliklari

Ladon - bosh barmoqni hisobga olmaganda qolgan to’rttasining kengligi. 
Fut - oyoq tagining uzunligi. 
Pyad - yozilgan bosh va ko’rsatkich barmoqlar orasidagi masofa, qarich, 
quloch, qadam va hokazolar. 
Dyumgolland tilida katta barmoq degan ma’noni anglatadi, bu birlik 
asosan Rossiya, G’arb mamlakatlarida ishlatilgan. 
Milya – lotin tilida ming qadam degan ma’noni bildiradi, bu birlik Rossiya, 
Angliya, AQSh mamlakatlarida, xalqaro dengizchilik ishlarida qo’llanilgan. 



Farsax – yo’l uzunligini o’lchashda Sharq mamlakatlarida, xususan 
O’rta Osiyoda keng qo’llanilgan birlik (ba’zida farsang, sang, tosh deb ham 
yuritilgan). 
Tanob – ekin maydonlarini o’lchashda O’rta Osiyoda keng 
qo’llanilgan, tomonlarining uzunligi 60 gazdan bo’lgan kvadratning yuziga teng. 
Barrel – asosan xalqaro savdo ishlarida neft mahsulotlarining hajmini 
o’lchashda qo’llanilgan. Barrel so’zi ingliz tilidan olingan bo’lib, bochka degan 
ma’noni bildiradi.
1
Ba’zi bir tabiiy o‘lchovlar ham uzoq o‘tmishga ega. Ularning 
dastlabkilaridan biri, hamma yerda ishlatiladigan vaqt o‘lchovlaridir. 
Munajjimlarning ko‘p yillik kuzatishlari natijasida qadimgi Vavilonda vaqt birligi 
sifatida yil, oy, soat tushunchalari ishlatilgan. Keyinchalik yerning o‘z o‘qi atrofida 
to‘la aylanishiga ketgan vaqtning 1/86400 qismi sekund nomini olgan. Qadimgi 
Vavilonliklar bizning eramizgacha bo‘lgan II asrdayoq vaqtni Minalarda 
o‘lchashgan. Mina taxminan ikki astronomik soat vaqt oralig‘iga teng bo‘lib, bu 
vaqt mobaynida Vavilonda rasm bo‘lgan suv soatidan massasi taxminan 500 
grammga teng bo‘lgan “mina suv” oqib ketgan. Keyinchalik mina o‘zgarib, biz 
o‘rganib qolgan minutga aylandi. 
Vaqtlar o‘tishi bilan suv soatlari o‘z o‘rnini qum soatlariga, ular ham vaqti 
kelib mayatnikli mexanizmlarga bo‘shatib berdilar.
Insoniyat taraqqiyoti rivojlanishining ilk davrlaridanoq “moddiy” o‘lchashlar 
va o‘lchov birliklarining katta ahamiyatini tushunib bilganlar. 
Metrik tizim 1875 yil 20 mayda Parijda 20 ta mamlakatlar vakillarining 
kоnferentsiyasida qabul qilingan va Metrik Kоnventsiyasi nоmini оlgan. Metrik 
Kоnventsiya metrоlоgiya bo’yicha ilmiy faоliyat ko’rsatuvchi birinchi xalqarо 
kelishuv hisоblanadi. Kоnventsiya metrik etalоnlarni saqlash va tekshirish uchun 
ilmiy muassasa sifatida o’lchоvlar va tarоzilar xalqarо byurоsini ham ta’sis etadi. 
1
Ulrich Theobald Hans Ulrich vogel, Chinese,Japanese and Western research in Chinese Histocal 
Metrologyva Classified Bibliography, Institute for sinology and Korean studes University of Tubingen, Germany 
2014. 



Shu asnоda yuqоridagi talablarning to’liq ta’minlanishiga erishilgan, ya’ni 
kattalikning turli qiymatlari o’zarо o’nga karrali bоg’lanishda bo’lgan bo’lsa, bir 
nechta asоsiy kattaliklarning birliklari оrasida o’zarо bоg’lanishga ham erishilgan 
(Er meridianining qirq milliоndan bir ulushi bo’yicha - "metr", bir kub detsimetr 
suvning temperaturasi 4 ºC bo’lgandagi massasi - "kilоgramm" va hоkazоlar). 
Fan va texnikaning rivojlanishi har xil kattaliklarning o’lchamlarini 
muayyan o’lchovlarga qiyoslab kiritishni taqozo eta boshladi. Bunday faoliyat 
jarayoni va rivojlanishi davomida o’lchashlar haqidagi fan, ya’ni metrologiya 
yuzaga keldi. 
Rоssiyada o’lchоvlarni metrik tizimi 1899 yil 4 iyun kuni qоnun bilan 
ixtiyoriy tartibda qo’llanishga, majburiy tartibda esa Rоssiya SNK 14.09.1918 y. 
da chоp etilgan dekretiga muvоfiq qo’llanishga qabul qilingan.
O’rta Оsiyoda o’lchоvlarning metrik tizimi 1923 yil 18 aprel Turkistоn 
Respublikasi SNK qarоri bo’yicha “O’lchоvlar va tarоzilar to’g’risida Nizоm” 
tasdiqlangan va ichki savdоni yo’lga qo’yish bo’yicha qo’mita huzurida o’lchоvlar 
va tarоzilarning Turkistоn byurоsi tuzilgandan so’ng bоshlangan. 
Ishlab chiqarish munosabatlarining rivojlanishi o‘lchash vositalari va 
usullarini mukammallashtirishni talab eta boshladi. O‘lchashlar nazariyasi hamda 
vositalarining rivojini aniqlab bergan texnika yutuqlarining uchta asosiy bosqichini 
ajratib ko‘rsatish mumkin: 

ishlab chiqarish jarayonida qatnashadigan va stanoklarga biriktirilgan 
o‘lchash vositalarining yaratilishini talab qiluvchi texnologik bosqich (manufaktura 
va mashina ishlab chiqarishning yuzaga kelishi); 

ishlab 
chiqarish 
jarayonlarini 
kuchaytirish 
sharoitida 
foydalanilayotgan o‘lchash vositalarining aniqligi, ishonchliligi va unumdorligini 
keskin oshirishni talab qiluvchi energetik bosqich (bug‘ energiyasini ishlatish, 
ichki yonuv dvigatellarining yuzaga kelishi, elektr energiyasini ishlab chiqarish va 
ishlatish); 

zamonaviy fan yutuqlarining barchasini o‘lchash vositalarining 
tarkibiga kiritishni talab qilgan ilmiy-texnikaviy inqilob (fanni ishlab chiqarish 



bilan bog‘lash va uni bevosita ishlab chiqaruvchi kuchga aylantirish) bosqichi. Bu 
bosqichning alohida xususiyatlaridan biri ob’ektlar va jarayonlar holatini muayyan 
parametrlar yordamida umumiy baholovchi o‘lchash tizimlarini yaratish bo‘lib, 
olingan natijalarni bevosita texnik tizimlarni avtomatik boshqarish uchun 
foydalanishdan iboratdir. 
Ishonch bilan aytish mumkinki, o‘lchash inson ongli hayotining asosini 
tashkil etadi. Bu borada ko‘plab olimlar o‘lchash texnikasining rivojiga munosib 
hissa 
qo‘shganlar. 
O’lchashlarni, ularning 
vositalarini 
va 
usullarini 
takomillashtirish borasida Markaziy Osiyo olimlarining hissalari ulkandir. 
Ularning ming yillar burun yaratgan o’lchash asboblari, o’lchovlari va usullari 
o’rta asrlardagi va hozirgi kunimizdagi ilm-fan taraqqiyotida munosib o’rin 
egallab, yangi o’lchash va o’lchov birliklarini yaratilishida asos bo’lib xizmat 
qilmoqda. 
Buyuk xorazmlik olim Abu Abdulloh Muhammad ibn Muso Al-
Xorazmiyning “O’lchashlar haqida” nomli risolasida o’lchov va o’lchash birliklari 
to’g’risida bir qator ma’lumotlar keltirgan. Olim bunda uzunlik, yuza va hajmlarni 
hisoblash va o’lchash usullari bilan topishga katta ahamiyat bergan. Unda tanob 
(39,9 m; 60 x 60 kv. gaz), gaz (0,71 m), barmoq (20,8- 22,8 mm) kabi o’lchash 
birliklari va o’lchash vositalari to’g’risida yaxshi ma’lumotlar berilib, ularni 
amalda qo’llashning yo’l-yo’riqlari ko’rsatilgan. 
Buyuk allomalar Abu Rayhon Beruniy va Abu Ali Ibn Sinolar tomonidan 
yaratilgan asarlarda juda ko’plab o’lchash birliklari keltirilgan. Ularning 
ko’pchiligi hozirgi kunda ham o’z kuchini yo’qotmagan. Abu Ali Ibn Sino fors 
tilida yozgan “Donishnoma” (“Bilim kitobi”) asarida og’ir yuklarni ko’taradigan 
va qo’zg’atadigan asboblar haqida atroflicha ma’lumot beradi. Shuningdek, Ibn 
Sinoning eng mashhur asarlaridan biri “Tib qonunlari” hozirgi kunda ham ming-
minglab mutaxassislarning qo’llanmasi bo’lib kelmoqda. Asardagi har turli dori-
darmon va malhamlarni tayyorlash uchun tavsiya etilgan miqdor va hajm 
birliklaridan g’arb va sharq davlatlarida uzoq davrlar davomida foydalanib kelindi. 


10 
Yusuf Xos Hojibning turkiy tilda 1069 yili yozilgan "Qutadg’u bilig" asarida 
o’lchov va o’lchash birliklarinigina emas, balki o’lchash va iyor ishlariga tegishli 
bilimlarni ham mukammal bilishga da’vat etilgan. Bu iboradagi "iyor ishi" atamasi 
metall sofligini sinash, bozordagi tosh va tarozilarning to’g’riligini, muomaladagi 
oltin va kumush pullarning sofligi va og’irligini kuzatib turish kabi ishlarni 
bajarish ma’nolarini bildiradi. 
Ahmad Farg‘oniyning “Miqyosi Nil”, ya’ni Nil daryosining sathini tutash 
idishlar qonuniyati asosida o‘lchash va uning natijasiga ko‘ra yilning 
yog‘ingarchiligi va uning ekin hosiliga ta’siri to‘g‘risidagi ma’lumotlari, 
Ulug‘bekning “Zij jadvallari” da keltirgan, hozirgi kunlarda eng zamonaviy 
o‘lchash qurilmalarida olingan natijalardan juda oz tafovut qiluvchi ma’lumotlari 
alohida tahsinga sazovordir. Bundan tashqari, Forobiyning astronomik kuzatishlar 
va o‘lchashlar uchun maxsus asbob - usturlob yasash sirlari xususidagi qimmatli 
ma’lumotlari juda katta ham ilmiy, ham falsafiy ahamiyatga egadir. 
Metrologiya va o’lchashlar nazariyasining rivojlanishida Yevropa 
olimlarining ham hissalari kattadir. Gallileo Galiley, Nikolay Kopernik, Isaak 
Nyuton, Paskal, Dmitriy Mendeleyevlarni metrologiyaning fan sifatida 
shakllanishidagi xizmatlari juda salmoqli. 
Metrоlоgiya xizmati va metrоlоgik ta`minоt masalalarining dastlabki 
kurtaklari turli davlatlarda turlicha tarzda vujudga kela bоshlagan. Masalan, rus 
knyazi Svyatоslav Yarоslavich belidagi оltin kamaridan uzunlikning namunaviy 
o’lchash vоsitasi sifatida fоydalangan. Tarixiy ma`lumоtlarga ko’ra knyaz davriy 
ravishda bоzоr rastalarini оralab yurib, turli matо sоtuvchilarining uzunlik 
o’lchоvlarini kamari bilan taqqоslab turgan. Agar ular оrasidagi tafоvut 
belgilanganidan оrtib ketsa, sоtuvchini shafqatsiz jazоlagan.
Italiyada ham bu bоrada muayyan tartib belgilangan edi (o’rta asrlarda). 
Cherkоv va butxоnalarda aniq sоndagi marvarid dоnalari saqlanib, ulardan 
sоchiluvchan (dispers) mоddalarning hajm va massa birliklarini hоsil qilishda 
fоydalanganlar. 


11 
Elektr hodisalarini o’rganish, elektr o’lchash asboblarining paydo bo’lishiga 
sabab bo’ldi. 1745 yilda akad. G.V. Rixman birinchi bo’lib elektr o’lchash 
asbobini yaratdi. "Elektr kuchi ko’rsatkichi"- deb noto’g’ri nomlangan bu asbob 
aslida potensiallar farqini o’lchovchi elektrometr edi. 
XVIII asrning oxirida A. Volta va L.Galvani tomonidan elektr toki ixtiro 
etilgandan keyin uni o’lchash va o’lchash asboblarini yaratish masalasini 
yechishga to’g’ri keldi. 
1820 yilda A. Amper birinchi bo’lib magnit miliga o’tkazgichdagi tok 
ta’sirini ko’rsatuvchi- galvanometrni namoyish etdi. 
Daniyalik olim X. Ersted elektr tokining magnit ta’sirini ixtiro etdi. Undan 
foydalangan nemis fizigi G. Om, 1826 yili magnit milining o’zgarishi 
o’tkazgichdan o’tayotgan tokka bog’liqligini, ya’ni o’tkazgich atrofidagi magnit 
maydoni ta’sirida bo’lgan magnit milini ma’lum burchakka burilishi o’tkazgich 
materialiga bog’liqligini tekshirdi. Shu tamoyilga asoslangan asbobni yasab, Om 
o’z qonunini yaratdi. 
Xulosa sifatida metrologiyaning rivojlanish tarixiga nazar tashlasak, 
quyidagi muhim bosqichlarni keltirishimiz mumkin. 

Download 2.29 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57




Download 2.29 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



I-bob. METROLOGIYANING QURILISHDAGI AHAMIYATI

Download 2.29 Mb.
Pdf ko'rish