A. M. Karabayev Qurilishda metrologiya va standartlashtirish




Download 2.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/57
Sana14.03.2024
Hajmi2.29 Mb.
#171941
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57
Bog'liq
Qurilishda metrologiya vaSTANDDARTLASHTIRISH Oquv qollANMA
m noma’lumli n ta chiziqli tenglamalar sistemasi, 1 mavzu Buxgalteriya hisobining mohiyati va ahamiyati Reja fayllar, 105906
Etalon deb, kattalikning o‘lchamini hosil qilish, saqlash va uni boshqa 
o‘lchash vositalariga uzatish uchun xizmat qiladigan o‘lchovlarga aytiladi. 
Kattalikning birligi etalondan razryad etalonlariga uzatiladi, ulardan esa 
pog‘onasimon tarzda ishchi o‘lchash vositalariga uzatiladi.
Etalonlarning tabaqalanish pog‘onasi quyidagicha joylashgan: 
– birlamchi etalonlar; 
– ikkilamchi etalonlar; 
– ishchi etalonlar. 
Zamonaviy ilm – fan yutuqlarini qo‘llagan holda, mazkur o‘lchashlar 
sohasidagi mavjud bo‘lgan imkoniyat doirasida va eng yuqori aniqlikda 
kattalikning birligini hosil qiluvchi etalonga birlamchi etalon nomi berilgan. 
Birlamchi etalon milliy (davlat) yoki xalqaro bo‘lishi mumkin (8-rasm). 
 
8–rasm. Etalonlarning tabaqalanishi va turlari. 


23 
Xalqaro etalon – milliy etalonlar bilan qayta tiklanadigan va saqlanadigan 
birliklar o’lchamlarini muvofiqlashtirish uchun xalqaro kelishuv bo’yicha xalqaro 
asos sifatida qabul qilingan etalon.
3
Xalqaro etalonlarni «Og‘irlik va o‘lchovlar bo‘yicha xalqaro byuro» 
saqlaydi (OO‘XB) va u bilan bog‘liq barcha masalalarni hal etadi. OO‘XB 
faoliyatidagi eng muhim va mas’uliyatli vazifalaridan biri, turli davlatlarning yirik 
va katta ko‘lamga ega bo‘lgan metrologiya laboratoriyalaridagi milliy etalonlarini 
xalqaro etalonlar bilan muntazam va xalqaro miqyosda taqqoslash hisoblanadi. 
Shuningdek o‘lchashlarning ishonchliligini, aniqligini va birligini ta’minlash 
maqsadida o‘zaro taqqoslovlar ham muhim vazifalar qatoriga kiradi. Bu esa 
xalqaro iqtisodiy aloqalarning eng asosiy talablaridan sanaladi. SI tizimidagi asosiy 
kattaliklarning etalonlari bilan bir qatorda, hosilaviy kattaliklarning etalonlari ham 
taqqoslanib turadi. Taqqoslash amallari belgilangan muddatda, davriy ravishda 
bajariladi. Masalan, metr va kilogramm etalonlari har 25 yilda, elektr va yorug‘lik 
kattaliklarining etalonlari esa har 3 yilda taqqoslab turiladi. Birlamchi etalonga 
ikkilamchi va boshqa razryaddagi barcha etalonlar buysunadi. 
Davlat etaloni – davlat hududida ushbu kattalikning boshqa barcha etalonlari 
bilan qayta tiklanadigan, birliklarning o‘lchamlarini aniqlash uchun asos sifatida 
xizmat qilishi vakolatli davlat idorasining qarori bilan tan olingan birlamchi yoki 
maxsus etalon. 
Milliy etalon – mamlakat uchun boshlang‘ich etalon sifatida xizmat qilishi 
rasmiy qaror bilan tan olingan etalon bo‘lib, milliy metrologiya organi tomonidan 
tasdiqlanadi. O‘zbekiston Respublikasida ushbu organ sifatida, standartlashtirish, 
metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha milliy markaz – O‘zstandart Agentligi 
hisoblanadi. 
Maxsus etalon – birlikning alohida sharoitlarda qayta tiklanishini 
ta’minlaydigan va bu sharoitlar uchun birlamchi etalon bo‘lib xizmat qiladigan 
etalondir. Maxsus etalon yordamida yaratilgan birlik birlamchi etalon yordamida 
yaratilgan birlik birlamchi etalon yordamida yaratilgan birlikka mos bo‘lishi kerak. 
3
Toru Yoshizava, Handbook of optical metrology, 2008. 


24 
Birlamchi etalon orqali qiymati aniqlanadigan etalonga ikkilamchi etalon 
nomi berilgan.
Guvoh etalon – davlat etalonining butliligini va o‘zgarmaganligini tekshirish 
uchun va buzilgan toki yuqolgan hollarda uni almashtirish uchun mo‘ljallangan 
ikkilamchi etalon. 
Hozir asosiy birliklarning etalonlaridan faqat kilogrammning guvoh etaloni 
bor. 
Nusxa 
etalon 
ishchi etalonlarga birliklar o‘lchamlarni uzatishga 
mo‘ljallangan ikkilamchi etalon hisoblanadi.
Nusxa etalonlar, odatda, birlamchi yoki maxsus etalonni barvaqt yeyilishdan 
saqlash maqsadida, qiyoslash ishlari ko‘p bo‘lgan hollarda yaratiladi. Nusxa-etalon 
zarur bo‘lganda, davlat etaloni o‘rnida ishlatilishi mumkin. 
Taqqoslash etaloni ham ikkilamchi etalon bo‘lib, undan biror sababdan 
ko‘ra bir – biri bilan bevosita solishtirib bo‘lmaydigan etalonlarni taqqoslash 
uchun foydalaniladi. 
Yuqori aniqlikka ega bo‘lgan namunaviy o‘lchash vositalariga va ayrim 
hollarda juda katta aniqlikka ega bo‘lgan namunaviy o‘lchash vositalariga 
birlikning o‘lchamini uzatish uchun ishchi etalon qo‘llaniladi. 
Etalon sifatida tasdiqlangan o‘lchash vositalarning to‘plamiga kiruvchi 
o‘lchash uskunalariga esa etalon uskunasi nomi berilgan. 
O’lchash asboblarini turli xil alomatlari: o’zgartirish xususiyati; chiqish 
axborotining turi; axborotni taqdim etish xususiyati; o’lchanayotgan kattalikning turi; 
qo’llanilish sharoit va boshqa alomatlari bo’yicha sinflash mumkin. 
Bu alomatlarni hisobga olib o’lchash asboblari sinflanishi 9-rasmda 
keltirilgan. 
O’zgartirish xususiyati bo’yicha o’lchash asboblari o’zida aniqlangan 
hisoblash o’lchash o’zgartgichi va solishtirish qurilmasini namoyon etadi. 
Asbobning tuzilmasini tasviri shartli belgilash uchun funksional sixemasidan 
foydalaniladi. Ularni barcha o’zgartirishi inobatga olib, o’lchanayotgan kattalik 
asbobning ishlash jarayonida aniqlanadi. 


25 
Barcha o’lchash asboblarini o’zgartirish xususiyati bo’yicha uchta turga: 
to’g’ridan-to’g’ri o’zgartiruvchi asboblar; o’zgarishni solishtiruv asboblar va 
aralash o’zgartiruvchi asboblarga bo’lish mumkin. 
Ma’lumotni tavsif etishiga qarab o’lchash vositalari quyidagilarga bo’linadi: 

Shkalali o’lchash vositalari; 

Raqamli o’lchash vositalari; 

O’ziyozar o’lchash vositalari.
Analogli (shkalali) o’lchash asboblar o’z navbatida elektromexanik turidagi 
analogli asboblar qamrab olib: magnitoelektrik o’lchash asboblar; elektromagnit 
o’lchash asboblari; elektrodinamik o’lchash asboblar; elektrostatik o’lchash 
asboblar va induksion o’lchash asboblariga bo’linadi. 
Raqamli o’lchash asbobi deb, o’lchash borasida uzluksiz o’lchanayotgan 
kattalikni natijasi raqamli qayd etish qurilmasida yoki raqamlarni yozib boruvchi 
qurilmada diskret tarzda o’zgartirilib, indikatsiyalanadigan asboblarga aytiladi. 
Raqamli o’lchash asboblari hozirgi kunda juda keng tarqalgan. 
Raqamli o‘lchash asboblari analog o‘lchash asboblariga nisbatan quyidagi 
afzalliklarga egadir: yuqori aniqlik, keng ish diapazoni, tezkorlik, o‘lchash 
natijalarini qulay tarzda tavsiya etilishi, avtomatlashtirilgan tarmoqlarga ulash 
mumkinligi, o‘lchash jarayonini avtomatlashtirish imkoniyati mavjudligi va 
hokazolar. 

Download 2.29 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57




Download 2.29 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



A. M. Karabayev Qurilishda metrologiya va standartlashtirish

Download 2.29 Mb.
Pdf ko'rish