A. M. Karabayev Qurilishda metrologiya va standartlashtirish




Download 2.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/57
Sana14.03.2024
Hajmi2.29 Mb.
#171941
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   57
Bog'liq
Qurilishda metrologiya vaSTANDDARTLASHTIRISH Oquv qollANMA
m noma’lumli n ta chiziqli tenglamalar sistemasi, 1 mavzu Buxgalteriya hisobining mohiyati va ahamiyati Reja fayllar, 105906
= δ;
 
Odatda, o’lchash asboblarining xatoligi keltirilgan xatolik bilan belgilanadi. 
Absolyut xatolikni asbob ko’rsatishining eng maksimal qiymatiga nisbatini 
protsentlarda olinganiga keltirilgan xatolik deb ataladi. 
%
100
A
max
x
k





2. Nisbiy xatolik – absolyut xatolikni haqiqiy qiymatga nisbatini bildiradi va 
foiz (%) da ifodalanadi: 

 = [(A
x
 – A

)/A
o
]∙100 = (

 /A
o
)∙100%. 
II. O’lchash sharoiti tartiblariga ko’ra xatoliklar quyidagilarga bo’linadi: 
1. 
Statik xatoliklar - vaqt mobaynida kattalikning o’zgarishiga bog’liq 
bo’lmagan xatoliklar. O’lchash vositalarining statik xatoligi shu vosita bilan 
o’zgarmas kattalikni o’lchashda hosil bo’ladi. Agar o’lchash vositasining 
pasportida statik sharoitlardagi o’lchash-ning chegaraviy xatoliklari ko’rsatilgan 
bo’lsa, u holda bu ma’lumotlar dinamik sharoitlardagi aniqlikni tavsiflashga 
nisbatan tadbiq etila olmaydi. 
2. 
Dinamik xatoliklar - o’lchanayotgan kattalikning vaqt mobaynida 
o’zgarishiga bog’liq bo’lgan xatoliklar sanaladi. Dinamik xatoliklarning vujudga 
kelishi o’lchash vositalarining o’lchash zanjiridagi tarkibiy elementlarning 
inersiyasi tufayli deb izohlanadi. Bunda o’lchash zanjiridagi o’zgarishlar oniy 
tarzda emas, balki muayyan vaqt davomida amalga oshirilishi asosiy sabab bo’ladi. 
III. Kelib chiqishi sababi (sharoitiga) qarab: 


29 

asosiy; 

qo’shimcha xatoliklarga bo’linadi. 
Normal (graduirovka) sharoitda ishlatiladigan asboblarda hosil bo’ladigan 
xatolik asosiy xatolik deyiladi. Normal sharoit deganda temperatura 20 






havo namligi 65 % 

15 %, atmosfera bosimi (750 

30) mm.sim.ust., ta’minlash 
kuchlanishi nominalidan 

2 % o’zgarishi mumkin va boshqalar. 
Agar asbob shu sharoitdan farqli bo’lgan tashqi sharoitda ishlatilsa, hosil 
bo’ladigan xatolik qo’shimcha xatolik deyiladi. 
IV. Mohiyati, tavsiflari va bartaraf etish imkoniyatlariga ko’ra: 
1. Muntazam xatoliklar
2. Tasodifiy xatoliklar; 
3. Qo’pol xatoliklar yoki yanglishuv. 
Muntazam xatolik deb umumiy xatolikning takroriy o’lchashlar mobaynida 
muayyan qonuniyat asosida hosil bo’ladigan, saqlanadigan yoki o’zgaradigan 
tashkil etuvchisiga aytiladi. 
Muntazam xatoliklarning kelib chiqish sabablari turli tuman bo’lib, tahlil va 
tekshiruv asosida ularni aniqlash va qisman yoki butkul bartaraf etish mumkin 
bo’ladi. Muntazam xatoliklarning asosiy guruhlari quyidagilar hisoblanadi: 

Uslubiy xatoliklar; 

Asbobiy (qurilmaviy) xatoliklar; 

Sub’yektiv xatoliklar. 
O’lchash usulining nazariy jihatdan aniq asoslanmaganligi natijasida uslubiy 
xatolik kelib chiqadi.
O’lchash vositalarining konstruktiv kamchiliklari tufayli kelib chiqadigan 
xatolik asbobiy xatolik deb ataladi. Masalan: asbob shkalasining noto’g’ri 
graduirovkalanishi 
(darajalanishi), 
qo’zg’aluvchan 
qismning 
noto’g’ri 
mahkamlanishi va hokazolar. 
Subyektiv xatolik - kuzatuvchining aybi bilan kelib chiqadigan xatolikdir. 


30 
O’lchashdagi xatolik deb, ∆
o’lch
o’lchashlar natijasi X
j
ni haqiqiy berilgan 
qiymatlaridan farqi X
haq.
ga aytiladi. 

o’lch
= X
j
– X
haq

Bir kattalikni takroran bir necha bora o’lchash natijasida olingan qiymatlarga 
asoslanib, ularning o’rtacha arifmetik qiymati X hisoblab topiladi va o’lchashlar 
natijasida olinishi kerak bo’lgan haqiqiy X
haq
qiymatga tenglashtirib qaraladi, ya’ni 
quyidagi tenglik qabul qilinadi: 
X
haq.
=X 
Har bir o’lchash asbobi o’lchash ishlarini bajarish uchun qabul qilingan va 
inobatga olinishi shart bo’lgan, hamda ruxsat etilgan xatoliklarga ega. 
Ruxsat etilgan – yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan xatoliklar xato 
hisoblanmaydi. 
Ruxsat etilgan va ruxsat etilmaydigan xatoliklar guruhlarini borligini kiritish 
qiyin emas. 
O’lchashlarda yuz beradigan xatoliklarni quyidagi sinflarga bo’lib qarash 
qabul qilingan: 
- doimiy takrorlanadigan xatoliklar; 
- to’satdan yuz beruvchi xatoliklar; 
- qo’pol xatoliklar. 
Doimiy takrorlanadigan xatoliklar deb – qayta o’lchashda takrorlanadigan va 
biror qonuniyat asosida o’zgarib takrorlanadigan xatoliklarga aytiladi. Bu 
xatoliklar o’lchashlar xatoligini yoki ko’paytiradi yoki o’sha kattalikka 
kamaytirishi mumkin. Masalan: uzunlikni o’lchash asbobini, o’lchashdan oldingi 
sozlash vaqtida 1 mkm ga xatolik bilan sozlasak, o’lchash natijasi shu kattalikda 
xato natija bilan chiqadi yoki bo’lmasa, bir ko’rsatkichni ko’p martalab takror 
o’lchashda o’nlik, yuzlik qiymatlarni har xil yaxlitlashda har xil xatolik yuz berib, 
oxirgi natijaviy ko’rsatkichga ta’sir qiladi. 


31 
Doimiy takrorlanadigan xatoliklarni, ular ko’zga tashlanib qolsa, tuzatish 
mumkin. Masalan: o’lchov asbobini qayta sozlash, soat millarini vaqtga qarab 
sozlash va h.k. lar. 
To’satdan yuz beruvchi xatoliklar – o’lchashlar davomida yuz bergan va 
yozilgan xato ko’rsatkichlarni qayta-qayta e’tiborga olinishi kuzatuvchining 
xohishisiz, unga bogliq bo’lmagan hodisalar tufayli yuz beradigan xatoliklardir. 
To’satdan yuz beruvchi xatoliklar juda ko’plab sabablar tufayli yuzaga keladi: 
kuzatishlar sharoitining doimo bir xil bo’lmasligi tufayli; o’lchov vositalari 
detallari orasidagi ortiqcha bo’shliqlar sababli; o’lchov asbobi doimo bir xil 
natijani ko’rsatmasligi tufayli; ob’yektning parametri o’lchanadigan joyning 
o’lchov asbobiga nisbatan noto’g’ri joylashib qolishi va h.k. To’satdan yuz 
beruvchi xatoliklarni oldindan aytib berish qiyin. 
Qo’pol xatoliklar – atayin, bilib turib qilinadigan harakatlar tufayli yo’l 
qo’yiladigan xatoliklar. Masalan, mutaxassis bo’lmagan shaxs yordamida o’lchash 
yoki hisoblash ishlarini bajarish, o’lchash ishlari bajralish jarayonidagi sharoit va 
shartlarini buzib, kuzatishlarni o’tkazish hamda hisobotlar tayyorlash, o’lchashlar 
natijalarini taxminan qaydnomaga kiritish, me’yoriy hujjatlar talablariga rioya 
qilmasdan o’lchov asboblaridan foydalanish va boshqalar. 
Muntazam xatoliklar va ularni kamaytirish usullari Umuman, muntazam 
xatolikni yo’qotish yo’li aniq ishlab chiqilmagan. Lekin, shunga qaramay, 
muntazam xatolikni kamaytirishning ba’zi bir usullari mavjud. 

Download 2.29 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   57




Download 2.29 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



A. M. Karabayev Qurilishda metrologiya va standartlashtirish

Download 2.29 Mb.
Pdf ko'rish