|
A maliy mashg’ulotlar Аmaliy mashg’ulot №1. Mavzu: mexanizmlarni kinematik sxemalarini chizish
|
bet | 19/38 | Sana | 17.11.2023 | Hajmi | 2,77 Mb. | | #100322 |
Bog'liq 2.1) Amaliy mashg\'ulotlarVizual materiallar
1 – savol: Mushtumchali mexanizmlarning turlari.
1-ilova
1. Ilgarilanma harakatlanuvchi turtkichli (2a-rasm);
2. Tebranma harakatlanuvchi turtkichli (2b-rasm).
3. Murakkab harakatlanuvchi turtkichli (2v-rasm).
3-rasm.
Аriqchali mushtumcha (3g,d-rasm) oliy kinematik juft elementlarining geometrik bog’lanishini ta`minlaydi. Kuch ta`sirida bog’lanish og’irlik kuchi yoki prujinaning elastiklik kuchi vositasida amalga oshiradi (2a, b-rasm; 3b, v-rasm).
Mushtumchali mexanizmlarni tekis va fazoviy turlarga ajratish mumkin. Аgar mexanizm bo`g’inlari bir yoki bir necha paralel tekisliklarda harakat qilsa, tekis mushtumchali mexanizm deyiladi (3a,b-rasm.). Аgarda mushtumcha bir tekislikda, turtkich esa boshqa tekislikda harakat qilsa fazoviy deb ataladi (3g-rasm).
3g-rasmda ko`rsatilgan 1-tsilindrik baraban o`z o`qi atrofida aylanadi. Barabanni sirtiga ma`lum harakat qonuniga moslab kichik ariqcha o`yilgan va uning ichiga 2-turtkichning to`rtburchakli qismi tushib turadi. Baraban aylanganda turtkich ilgarilama harakatlanadi.
MUShTUMChАLI MEXАNIZMLАRNING KINEMАTIK TАHLILI
Mexanizmning kinematik tahlilida, yuqorida ta`kidlangandek, bo`g’inlarning holatlari, nuqtalarning traektoriyalari, tezliklari va tezlanishlari masalalari echilib, vazifa grafik, grafoanalitik va analitik usullarda bajarilishi mumkin.
Mushtumchali mexanizmlar kinematik tahlilining grafik usuli
Mushtumchali mexanizmlarning kinematik tahlilida kiruvchi bo`g’inni – mushtumchani harakat qonuni, uning profili (rasmi) va mexanizmning ba`zi o`lchamlari berilishi kerak.
Kinematik tahlil mushtumchaning berilgan holatlariga qarab, chiquvchi bo`g’inning ketma-ket vaziyatlarini aniqlashdan boshlanadi. Bu masalani echish uchun teskari aylantirish usuli qo`llanadi. Bu usulning mohiyati quyidagicha: mushtumchali mexanizmni tayanch bilan birgalikda hamma bo`g’inlarini qo`shimcha qo`sh=-1 tezlik bilan aylantirish kerak. Bunda mushtumcha aylanishiga teskari aylantirilganda fikran to`xtaydi, turtkich esa murakkab harakatlanadi; tayanch bilan aylanib, bir vaqtda yo`naltiruvchida sirpanadi. Bu holda bo`g’inlarning nisbiy harakati o`zgarmaydi.
Mushtumchali mexanizmni teskari aylantirishning grafik tasviri.
Rasmdagi punktir qilib turtkichning yangi holatlari ko`rsatilgan. nuqtalarini tsirkul bilan O nuqta atrofida turtkich harakat chizig’iga o`tkazilsa, turtkich А nuqtasining А0, А1, А2 ... va h.k. holatlari – turtkichning belgilangan traektoriyasi kelib chiqadi. Teskari aylantirish usuli mushtumchali mexanizmlar kinematik tahlili masalasini soddalashtirib, aniqligini oshiradi. Bunda mushtumcha murakkab egri chiziqli profilini bir marta chizishga to`g’ri keladi.
|
| |