Аmaliyot mashg’ulotining texnologik kartasi




Download 2,77 Mb.
bet7/38
Sana17.11.2023
Hajmi2,77 Mb.
#100322
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   38
Bog'liq
2.1) Amaliy mashg\'ulotlar

Аmaliyot mashg’ulotining texnologik kartasi

Bosqichlar,
vaqti

Faoliyat mazmuni

O’qituvchi

Talaba

1-bosqich.
Kirish (10 min.)

1.1. Mavzuning maqsadi rejadagi o`quv natijalarini e`lon qiladi, ularning ahamiyati va dolzarbligini asoslaydi.
Mashg’ulot hamkorlikda ishlash texnologiyasini qo`llagan holda o`tilishini ma`lum qiladi.
1.2. Blits-so`rov o`tkazadi va auditoriyaning tayyogarlik darajasini aniqlaydi:
1.3. “Аqliy xujum” usulidan foydalangan xolda auditoriyani tayyorgarlik darajasini aniqlaydi.
- Mexanizmlarni erkinlik darajasi qanday ifoda orqali aniqlanadi?
-mexanizmlarning erkinlik darajasini aniqlashni qanday axamiyati bor?
Mavzu mazmunining muhokamasi guruhlarda davom
etishini e`lon qiladi.

1.1. Mavzuni yozadi va savollarga javob beradi.

2-bosqich.
Аsosiy
(60 min.)

2.1. Mexanizmlarning kinematik tahlil usullarini tushuntirib, ularning afzallik va kamchiliklarini aytib berdi.
Mexanizmlarni holat planini qurishni
misol orqali aniqlashni tushuntiradi.
2.2. Vazifani bajarishda o`quv materiallari ma`ruza matni, o`quv qo`llanma)laridan foydalanish mumkinligini eslatadi.
Guruhlarda ish boshlashni taklif etadi.
2.3. Talabalarni bir nechta guruxga bo`ladi, xar biriga vazifa beradi. Tayyorlangan taqdimotni namoyish etadi.
2.4. Guruxda ishlash qoidasi bilan tanishtiradi.
2.5. Insert usulida 3-ilovadagi topshiriqni tayyorlashni taklif etadi.

2.1. O’quv natijalarini taqdim qiladilar.

2.2 Savollar beradilar.


To`ldiradilar.
2.3. Topshiriqni tayyor-laydilar.

3-bosqich.
Yakuniy
(10 min.)

3.1. Mashg’ulotni yakunlaydi, mavzu bo`yicha umumiy xulosalarni rasmlantiradi. Guruhlarga umumiy ball beradi. Talabalarni baholaydi va rag’batlantiradi.
3.2. Mustaqil ish sifatida erkinlik darajasi so`ziga klasster tuzilsin.

Eshitadilar.

Topshiriqni oladilar..



Mexanizm bo`g’inlarining turli vaziyatlarini aniqlash bilan shu bo`g’inlarga tegishli nuqtalar hodati ham aniqlanadi.


Mexanizm kinematik sxemasi ma`lum mashtabda chiziladi. Bundan maqsad, mexanizm bo`g’inlarining uzunlik o`lchovlari juda kichik bo`lsa, ularni kattalashtirib, katta bo`lsa, kichraytirib chizishdan iboratdir.
Mexanizm masshtabi quyidagicha aniqlanadi.

Masalan, olti bug’inli mexanizm berilgan bo`lsin. Mexanizm masshtabi ya`ni АV kesmaning 1 mm uzunligida 0,001 metr yoki 0,4 mm haqiqiy uzunlik borligi ko`rsatiladi. Qolgan bo`g’inlarning chizmadagi uzunligi quydagicha aniqlanadi.





Nuqtalar traektoriyalarini aniqlash uchun yuqorida hisoblangan o`lchovlar bilan mexanizm «o`lik» (chetki) vaziyatda chiziladi. Bunday vaziyatni aniqlash uchun krivoship aylanish markazidan o`ng tomoniga R=OА+АV radius bilan yoy chizamiz. Bu yoyning polzun yo`naltiruvchisi XX bilan kesishish nuqtasi V0 ni aniqlaymiz.


Natijada krivoship va shatun bir to`g’ri chiziqda joylashadi, polzun esa eng chetki xolatda yotadi. Mexanizm tarkibidagi boshqa nuqtalarni yoy usuli yordamida aniqlanadi.
Krivoshipni tekis harakat qiladi (w=sopst) deb qabul qilib, А nuqta traektoriyasi- aylanani Аo dan boshlab teng bo`laklarga bo`lamiz. Mexanizmning birinchi vaziyatini topish uchun shatun А1V1oV0 uzunligini radius qilib va А1 nuqtani markaz qilib XX yo`naltiruvchi bilan kesishguncha yoy chizamiz. To`g’ri chiziq (XX) va yoy kesishgan nuqta V1 vaziyatni beradi. Natijada krivoship «o`lik» vaziyatdan (Аo xolatdan) 90° ga burilganda polzun V nuqtasi VoV1 masofani bosib o`tadi. Shatunning C nuqtasi C0 xolatidan C1 ga o`tadi va egri chiziq bo`ylab C0C1 yoyni bosib o`tadi.
Krivoship ikkinchi xolatga burilganda (А2 nuqta) V nuqta V0V2 masofani, C nuqta esa C0C2 yoyni bosib o`tadi. Shu tarzda aniqlangan V1,V2, V3, V4, C1, C2, C3, C4, nuqtalanni tutashtirsak, V va C nuqtalarning traektoriyalari kelib chiqadi.
Shunday qilib, krivoship bir marta aylanish vaqtida V nuqta ilgarilanma-qaytma harakat qilsa, C nuqta yopiq egri chiziq bo`ylab faqat murakkab harakat qiladi.
D nuqtaning bosib o`tgan traektoriyasi yoy rasmida xosil bo`ladi





lOA=40 мм
lAВ=100 мм
lВС=100 мм
lСD=150 мм
мм
n1 = 100 аyl/min





Mexanizmning kinematik sxemasi.

Mexanizmning xolat plani.

Download 2,77 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   38




Download 2,77 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Аmaliyot mashg’ulotining texnologik kartasi

Download 2,77 Mb.