|
hisobda esa - axborotlar bilan asoslangan qarorlar qabul qilish- Pdf ko'rish
|
bet | 169/243 | Sana | 27.11.2023 | Hajmi | 6,82 Mb. | | #106679 |
Bog'liq Huquqiy informatika (Abdujabbor Muhammadiyev)hisobda esa - axborotlar bilan asoslangan qarorlar qabul qilish-
ga yordam beradi.
«Modus operandi» avtomatlashtirilgan tizimlari1 tezkor-qidiruv
ishlari va jinoyatlarni tergov qilish amaliyotida muhim o‘rin tutadi.
Insonga u yoki bu harakatlarni ma’lum (o'ziga xos) usulda
bajarish xos, inson faoliyatining mahsulotlari esa shaxs xususiya-
tlarini (tajribasi, ruhiyati, ko'nikmasi, uquvini) o'zida aks ettiradi.
Shunga o'xshab jinoyatchilar ham ba’zan ma’lum jinoiy qilmishlar
sodir etishga moyil bo'ladi va ularni turg'un (odat bo'lib qolgan)
1 «Modus operandi» btin tilidan tarjimada harakat usuli yoki tarzi degan ma’noni
bildiradi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
usullar yordamida amalga oshiradi. Jinoyat usuli, uni tayyorlash
paytidagi harakatlar tizimi tashqi muhit shart-sharoitlari va
shaxsning psixofiziologik xususiyatlari bilan belgilanadi.
«Modus operandi» jinoyatchilarning harakat usullari haqidagi
ma’lumotlaming ma’lum tarzda uyushtirilgan majmuidir.
Biriamchi axborot ikki qismdan: ma’lum jinoyatchilarning tavsifi
va jinoyat sodir etish usulining tavsifidan tashkil topadi. Kar-
totekadan quyidagi tartibda foydalaniladi: yangi sodir etilgan
jinoyat usulining o'ziga xos xususiyatlari aniqlanadi va ma’lum
jinoyatchilarning «Modus operandi»dagi belgilariga solishtiriladi.
Belgilar mos kelgan taqdirda mazkur jinoyat avval ham xuddi
shunday usulda harakat qilgan ma’lum shaxs tomonidan sodir
etilgan bo'lishi mumkin, degan xulosa chiqariladi. Shu bilan bir
vaqtda, shunga o'xshash usulda sodir etilgan va ochilmay qolgan
jinoyatlarning kartotekalari ko'rib chiqiladi.
|
| |