|
sozliklar va ma’lumotdan foydalanish huquqini buzish holatlarini Pdf ko'rish
|
bet | 220/243 | Sana | 27.11.2023 | Hajmi | 6,82 Mb. | | #106679 |
Bog'liq Huquqiy informatika (Abdujabbor Muhammadiyev)sozliklar va ma’lumotdan foydalanish huquqini buzish holatlarini
tasniflash masalasi ko'ndalang bo'ladi.
Bunday potensial «xavflar» orasida quyidagilarni qayd etish
mumkin:
— uskunadagi nosozliklar;
— kabel tizimidagi nosozliklar;
— elektr ta’minotining uzilishi;
— disk sistemalarining ishdan chiqishi;
— ma’lumotlami arxivlashtirish sistemalarining ishdan chiqishi;
— serverlar, ishchi stansiyalari, tarmoq kartalari va h.k.ning
ishdan chiqishi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
«
Dasturiy ta’minlash vositasi noto'g'ri ishlashi natijasida
axborotning yo'qolishi:
— dasturiy ta’minlash vositasining xatolari natijasida
ma’lumotlaming yo'qolishi yoki o'zgarishi;
— sistemaning kompyuter viruslari bilan zararlanishi.
Sistemaga g'ayriqonuniy kirish bilan bog'liq yo'qotishlar:
— axborotdan g'ayriqonuniy tarzda nusxa ko'chirish, uni yo'q
qilib yuborish yoki soxtalashtirish;
— begona shaxslarning sirini tashkil etuvchi maxfiy axborot
bilan tanishish.
Arxiv ma’lumotlari noto'g'ri saqlanishi natijasida axborotning
yo’qotilishi.
Xizmat ko'rsatuvchi xodimlar va foydalanuvchilarning xatolari:
— ma’lumotlar tasodifan yo'q qilib yuborilishi yoki o'zgartirilishi;
— dasturiy ta’minlash vositasidan noto'g'ri foydalanish.
Tarmoq ishining buzilishi turlariga qarab, axborotni himoya
qilish vositalarining ko'p sonli turlari uch asosiy turkumga birlash-
tiriladi:
— fizik himoya vositalari (kabel sistemasi, elektr ta’minot sis-
temasi, arxivlashtirish vositalari, disk to'plamlari va h.k.ni himoya
qilish vositalari);
|
| |