|
larining uch turi farqlangan: kompyuter axborotlaridan noqonuniyBog'liq Huquqiy informatika (Abdujabbor Muhammadiyev)larining uch turi farqlangan: kompyuter axborotlaridan noqonuniy
foydalanish, EHM uchun zararli dasturlarni ishlab chiqish va
tarqatish, EHM, EHM tizimi yoki tarmog'idan foydalanish qoi-
dalarini buzish. Bundan tashqari, JKda kompyuter jinoyatlarining
kompyuter texnikasi vositalaridan foydalanib o'zlashtirish yoki ras-
trata yo'li bilan talon-toroj qilish (167-modda 3-qism «g» bandi),
kompyuter texnikasi vositalaridan foydalanib firibgarlik (168-modda
3-qism « g » bandi), kompyuter tizimiga ruxsatsiz kirib sodir
etilgan o'g'rilik (169-modda 3-qism «Ь» bandi), axborotlashtirish
qoidalarini buzish (174-modda), qonunga xilof ravishda axborot
to'plash, uni oshkor qilish yoki undan foydalanish (191-modda),
www.ziyouz.com kutubxonasi
raqobatchini obro'sizlantirish (192-modda) singari tarkiblar nazarda
tutilgan.
Informatikada «elektron axborot» atamasi sinonim sifatida
qo'llaniladi. Elektron axborotlar deganda EHMda qayta ishlash
maqsadida mashinada o'qiladigan tarqatuvchilarda qayd etiladi-
gan va tarqatiladigan barcha axborot turlari tushuniladi. Elektron
axborotlar jumlasiga normativ huquqiy hujjatlar, bildirgichlar, jur-
nallar, gazetalar va bosma ko'rinishda chiqadigan boshqa nashr-
lar hamda faqat elektron shaklda yaratiladigan nashrlar va axborot
massivlari (jurnallar, m a’lumotlar bazalari, uskunalarning qaydlari
va h.k.) kiradi. Asosiy tarqatuvchilar vazifasini magnit lentalari va
kompakt-disklar bajaradi.
Sanab o'tilgan axborot turlari davlat faoliyatini optimal tashkil
etish uchun muhim ahamiyatga egadir. Jamiyatda ijtimoiy
axborotlarning boshqa turlari: sotsiologik, statistik axborotlar, davlat
|
| |