fuqarolik jamiyati konsepsiyasidan kelib chiqadi. Shaxsning shax
siy hayoti haqidagi axborotlar tushunchasi O'zbekiston Respubli
kasi Konstitutsiyasining 27-moddasida belgilangan bo'lib, unga
muvofiq hech kim qonun nazarda tutgan
hollardan va tartibdan
tashqari birovning turar joyiga kirishi, tintuv o'tkazishi yoki uni
ko'zdan kechirishi, yozishmalar va telefonda so'zlashuvlar sirini
oshkor qilishi mumkin emas.
«Shaxsiy hayot» tushunchasi insonning davlat,
jamoat tashki-
lotlari va fuqarolar tomonidan nazorat qilinishi mumkin bo'lmagan
alohida oilaviy, maishiy, shaxsiy va intim munosabatlar sohasidagi
turmush faoliyati sifatida talqin qilinadi. U insonning kasbiy, yu
ridik, tibbiy, pedagogik va boshqa sohalardagi faoliyatiga bog'liq
bo'ladi. Bu yerda kasbiy, tibbiy sir, advokatlik,
tergov sirlari
tushunchalari qo'llaniladi.
«Shaxsiy hayot haqidagi axborotlar» tushunchasi tarkibiga fu
qarolar haqidagi axborotlar («shaxsiy ma’lumotlar») ham kiradi.
Ilmiy-texnik axborotlar. Ilmiy-texnik axborotlar - bu ilmiy-tad-
qiqot, tajriba-konstruktorlik, loyihalash-texnologiya, ishlab chiqar-
ish va ijtimoiy faoliyat jarayonida qo'lga kiritilgan mahalliy va chet
el fan, texnika va ishlab chiqarish
yutuqlari haqidagi ommaviy
e’lon qilingan ma’lumotlardir. Mazkur axborotlar intellektual ijodiy
mehnatning mahsuli bo'lib, intellektual mulkiy huquqning obyektini
tashkil etadi.
Hujjatlashtirilgan axborot — moddiy tarqatuvchida ramzlar,
harflar va raqamlar ko'rinishida qayd etilgan, rasmiy rekvizitlarga
ega bo'lgan axborotlardir. Hujjatlashtirilgan
axborotlar jumlasiga
yuridik hujjatlar, sud qarorlari, statistik ma’lumotlar, ishlab chiqar
ish, siyosiy, yuridik va boshqa faoliyat jarayonida yaratiladigan
axborotlar kiradi.
Mashinada o'qiladigan hujjatlar hujjatlashtirilgan axborotning
alohida turini tashkil etadi. Ular EHM xotirasiga joylashtirilgan
bo'lib, dasturiy-apparat majmui yordamida o'qiladi va oddiy hujjat
lar qatori yuridik kuchga ega bo'ladi.
Xizmat va tijorat axborotlari (sirlari). O'zbekiston
Respublikasi
FK 98-moddasida xizmat va tijorat axborotlari (sirlari)ga shunday
ta’rif berilgan: «Fuqarolik qonun hujjatlari xizmat yoki tijorat siri
bo'lgan axborotni, basharti axborot uchinchi shaxslarga noma’lumligi
sababli haqiqiy yoki nisbiy tijorat qimmatiga ega bo'lgan, qonun
yo'li bilan undan erkin bahramand bo'lish mumkin bo'lmagan
www.ziyouz.com kutubxonasi