IV BO B. O 'Z B E K IS TO N R ESPU B LIK A S IN IN G
Q O N U N HUJJATLARIDA A X B O R O T
T U S H U N C H A S I
§1. Axborotning jam iyat hayotidagi o ‘rni
Axborot materiya, energiya, zamon va makon singari olamning
fundamental asoslaridan biri hisoblanadi. U materiyaning in’ikos,
tuzilish va xilma-xillik singari xususiyatlari bilan bog'liq. Axborot
moddiy tarqatuvchi - jismoniy obyekt, boshqa energetik substrat
yoki ijtimoiy va psixologik jarayonlardan tashqarida mavjud bo'la
olmaydi.
Axborotning borliqdagi shakli harakatdir. U jismoniy yoki ijtimoiy
muhitda muntazam harakat qilib, odamlaming o'zaro muomala va
aloqa qilishga bo'lgan ehtiyojlarini qondiradi. Inson voqelikni axborot
modellari va tizimlarining iyerarxiyasi shaklida ifoda etadi.
Axborot tushunchasining negiziga «ifodalangan xilma-xillik» xu-
susiyati qo'yilishi lozim. Kalit sifatida olingan axborot ma’lum
qulfni ochish imkonini beradi. Yerdan uzatiladigan radiosignallarda
ifoda etilgan axborot kosmik kemaning dvigatelini ishga tushiradi
va uni boshqa orbitaga o'tkazadi. Biologik molekulaning tuzilishiga
muhrlangan axborot tirik hujayraga yangi to'qimalar hosil qilish
yoki organizmga kirgan mikroblami o'ldirish uchun ma’lum oqsillar
ishlab chiqarish imkonini beradi.
Axborot fenomeniga har xil ilmiy yondashuvlar mavjud. Ularni
xuiosa qilib shuni aytish mumkinki, axborot — bu atrof muhitdagi
obyektlar va hodisalar hamda ularning noaniqligi darajasini kamayti-
radigan xususiyatlari va munosabatlari to'g'risidagi ma’lumotlar
(xabarlar)dir.
Uzatish va qayta ishlash uchun yaroqli shaklda taqdim etilgan
foydalaniluvchi ma’lumotlar axborot hisoblanadi, deb aytish mum
kin. Axborot:
obyektiv (ongga bog'liq bo'lmagan holda) mavjud bo'ladi va
moddiy tuzilmalar, shuningdek inson ongining ajralmas xususiyati
(atributi) hisoblanadi;
nafaqat son, balki sifat jihatiga ham ega bo'ladi;
www.ziyouz.com kutubxonasi
materiya, ong va jamiyat harakatining har xil tur va shakllari
uchun sifat jihatidan har xil bo'ladi.
Axborotni tavsiflaganda uning to'liqligi, o'z vaqtida olingani,
aniqligi, to'g'riligi, foydaliligi va qimmati haqida gapiriladi.
To'g'ri qaror qabul qilish uchun minimal, ammo yetarli
ma’lumotlar majmuidan iborat axborot to'liq axborot bo'ladi.
Vaqt o'lchovini hisobga olgan holda qaror ishlab chiqarishda
hisobga olinishi mumkin bo'lgan axborot vaqtida olingan axborot
hisoblanadi.
Axborotning aniqligi ifoda etilgan o'lchovning yaqinlik darajasi
hamda mazkur o'lchovning asl ma’nosi bilan belgilanadi.
Axborotning to'g'riligi - bu uning real mavjud bo'lgan obyekt-
larni zarur darajada aniqlik bilan ifoda eta olish xususiyatidir.
Axborotning foydaliligi undan u yoki bu sohada foydalanish
xususiyatlari bilan belgilanadi.
Axborotning qimmati - uning sifatining kompleks ko'rsatkichi,
muayyan sohada qaror qabul qilish uchun yaroqlilik mezonidir.
Pragmatik axborot nazariyasi uning muayyan foydalanuvchi
uchun qimmatliligi muammolarini o'rganadi. Semantik axborot nazari
yasi axborotning mazmunliligi va harakatchanligini, uning mazmuni
va ma’nosini o'rganadi.
Har qanday jamiyatda axborot quyidagi asosiy vazifalami ba-
jaradi:
integrativ vazifa — jamiyat a’zolari va ijtimoiy tabaqalami jipslash-
tirish;
kommunikativ vazifa — o'zaro muomala va til topishish;
instrumental vazifa — ishlab chiqarish va boshqaruvni tashkil
etishda ishtirok etish;
ma’rifiy vazifa - tabiat, jamiyat va tafakkurning obyektiv qonu-
niyatlarini o'matish.
Jamiyat - bu qator erkin tizimchalardan tuzilgan yaxlit ko'p
omilli tizimdir. U axborotga ega bo'lish, undan foydalanish, uni
saqlash va uzatish vositalarining mavjudligi bilan mustahkamlana-
di. To'g'ridan-to'g'ri aloqalar uchun haddan tashqari katta bo'lgan
jamiyatda bunday vositalar vazifasini matbuot, kitoblar, radio,
telefon aloqasi, telegraf, pochta va boshqalar bajaradi.
Kishilik taraqqiyoti tarixida bir nechta informatsion inqiloblar
sodir bo'lgan. Birinchi inqilob o'zaro muomala va aloqa vositasi
www.ziyouz.com kutubxonasi
sifatida tilning paydo bo'lishi bilan bog'liq. Til bundan 25 ming yil
muqaddam vujudga kelgan. Bugungi kunda jahonda qariyb 3
mingta til mavjud.
Ikkinchi inqilob - yozuv va matbaachilikning ixtiro qilinishi
bo'lib, bu bilimlarni tarqatishda sifat va son jihatidan katta sakrash-
ga olib keldi.
Uchinchi inqilob telegraf, telefon va radioning ixtiro qilinishi
bilan bog'liq.
To'rtinchi inqilob (XX asming 50-70- yillari) kompyuter texnologi-
yalarining ishlab chiqilishi bilan bog'liq. Mikroprotsessorlar va
integral sxemalar negizida kompyuterlar, kompyuter tarmoqlari
va ma’lumot uzatish tizimlari yaratildi.
Axborot iqtisodiy, siyosiy, ilmiy-texnik faoliyat, boshqaruv faoli
yati va boshqa faoliyat jarayonida yaratiladi va shundan so'ng u
informatsion jarayonga kiritiladi. Ishlab chiqarilgan axborot moa-
diy-buyum shakliga solinadi.
Axborot yaratish jarayoni ikki shaklda amalga oshiriladi:
— axborot ishlab chiqarish mazkur subyekt, idora, jamoa,
ishlab chiqarish bo'g'inining mustaqil vazifasi hisoblanadi. Bunga
ommaviy axborot vositalarining faoliyati misol bo'la oladi;
— axborot ishlab chiqarish asosiy jarayonni kuzatib borish va
uni bog'lashdan iborat qo'shimcha vazifani bajaradi. Bunga ijti
moiy ishlab chiqarishning har qanday shakli misol bo'la oladi.
Huquqiy axborotlar huquq ijodkorligi va huquqni qo'llash faoli
yati jarayonida yaratiladi.
60- yillardan e’tiboran axborot xizmatlari bozori vujudga kela
boshladi. Ulaming muhim turlaridan biri axborot bazalarini taqdim
etish hisoblanadi. 70- yillaming o'rtalaridan boshlab foydala-
nuvchidan olisdagi ma’lumotlar bazalaridan o'zaro aloqa vositas-
ida axborot qidirish axborot xizmatlarining yetakchi turiga aylandi.
80- yillaming o’rtalarigacha bu bozorda yetakchi o'rinni AQSH
egallab keldi. 80- yillaming o'rtalaridan AQShga Yaponiya va
G'arbiy Yevropa mamlakatlari yetib ola boshladi.
Bugungi kunda quyidagi axborot turlari eng muhim o'rin tutadi:
— birja va moliya axborotlari - qimmatbaho qog'ozlarning
kotirovkalari, valyuta kurslari, hisob stavkalari, tovarlar va sar-
moyalar bozori, investitsiyalar, narxlar;
— tijorat axborotlari - kompaniyalar va firmalar, korporatsiyalar,
www.ziyouz.com kutubxonasi
ularning ish yo'nalishlari, mahsulotlari va narxlari, moliyaviy ahvo-
li, aloqalari, bitimlari va rahbarlari haqidagi axborotlar, iqtisodiyot
va biznes sohasidagi yangiliklar.
Axborot ko'pincha tovarga qiyoslanishiga qaramay, u tovar
hisoblanmaydi. Fuqarolik qonun hujjatlariga muvofiq, «mulk» va
«tovar» tushunchalari mulkiy huquqqa kiradi. Axborot «mulk»
toifasiga kirmaydi. U oldi-sotdi yo'li bilan ayirboshlashga
mo'ljallanmagan. Shuning uchun ham tovar ishlab chiqarish qonun-
larini axborotga joriy etish mumkin emas.
Amerikalik olim N. Viner axborotga tovar sifatida yondashish
uning noto'g'ri tushunilishiga olib kelishini ko'rsatib o'tgan. Axborotni
tovar ishlab chiqarish qonunlariga bo'ysunadigan informatsion
nashrlar (kitoblar, davriy nashrlar) bilan aralashtirib bo'lmaydi.
Axborot jarayonlari matematika tilida bayon etilishi mumkin.
Tarqatish axborotning muhim xususiyatlaridan biri hisoblanadi.
Informatika mutaxassislari tomonidan jamiyatda axborotlaming
son jihatidan ortib borishi qonuni o'rnatilgan bo'lib, u quyidagi
eksponensial funksiya ko'rinishiga ega:
Y = ex.
Mazkur funksiyaning grafigi 4-rasmda keltirilgan.
1800-yildan boshlab axborotlar hajmi har 50 yilda, 1950-yildan
- har 10, 1970-yildan - har 5, 1990-yildan - har yili ikki baravar
ortib borgan.
Axborotlar sonining jadal o'sishi sekinlashmaydi. Bu inson
faoliyati ko'lamining muntazam kengayib borishi natijasida, asosan
Yer yuzasi, osti va atmosferasi, okeanlar, koinot, mikroolam va
boshqalami o'rganish jarayonida olinadigan axborotlar (ma’lumotlar)
hisobiga sodir bo'ladi.
|