Umumiy huquq nazariyasida «huquq normalarini formalizatsiya
qilish» deb atalgan yo'nalish mavjud. Huquq normasini formalizat
siya qilish - bu uning mantiqiy tuzilishini aniqlash demakdir.
Buning uchun eng awalo matematik va deontik tildan foydalanish
talab etiladi.
Huquqiy informatikada empirik ma’lumotlarni formalizatsiya qil
ish vositalari vazifasini:
matematik metodlar, ramzlar va
standartlashtirilgan belgilar;
mantiq, shu jumladan matematik mantiq usullari;
maxsus kodlar (axborotlarni kodlashtirish);
ijtimoiy mezonlash, statistik metodlar bajaradi.
Formalizatsiyadan huquqiy axborotlami EHM xotirasiga kiritish-
da foydalaniladi. Axborot dastlab formal ko'rinishda
taqdim etilishi
va kodlashtirilishi lozim. Sun’iy intellekt g'oyalarini qo'llash maqsa-
dida yuridik bilimlar bazalarini tashkil etishda freymlar tili deb
ataladigan maxsus tildan foydalaniladi.
Informatikada formal tizim tushunchasi ishlab chiqilgan va
qo'llaniladi. Formal tizim - bu boshlang'ich
obyektlarni va yangi
obyektlar qurish qoidalarini tavsiflash yo'li bilan obyektlar to'plamini
yuklovchi belgilar modelidir. Obyektlar deganda vaziyatlar, holat-
lar, har xil tizim va tuzilmalarning belgilardagi ya grafik ifodalari
tushuniladi.
Formal grammatikalar nazariyasi informatika
uchun prinsipial
ahamiyatga ega. Formal grammatikalar dasturlashtirish tillarini
tavsiflash va translyatorlar, ya’ni vositachi tillami tuzishning asosiy
vositasi bo'lib xizmat qiladi.