• Ill BOB. H U Q U Q IY IN FO R M A T IK A D A M O D ELA SH TIR IS H M E T O D I §1. Modellashtirish m etodi
  • -rasm. Axborot tizimlarini turkumlash




    Download 6,82 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet15/243
    Sana27.11.2023
    Hajmi6,82 Mb.
    #106679
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   243
    Bog'liq
    Huquqiy informatika (Abdujabbor Muhammadiyev)

    3-rasm. Axborot tizimlarini turkumlash
    Hozirgi zamon axborot tizimlari juda tez ishlaydi va juda katta 
    xotiraga ega. Ularning har biri bir vaqtning o'zida ko'p sonli 
    mahalliy va uzoqda joylashgan terminallar bilan ishlay oladi. 
    Buning natijasida axborot tizimi:
    har xil ishlarni, eng aw alo ma’muriy, ilmiy, loyihalash va 
    konstruktorlik ishlarini avtomatlashtiradi;
    tizimdagi axborotlarni nazorat qilib boradi va ulardagi xatolami 
    bartaraf etadi;
    tizimda saqlanayotgan axborotlarni muntazam yangilab boradi; 
    foydalanuvchilaming topshiriqlarini tezlik bilan bajaradi; 
    axborot resurslariga murojaat qiladi.
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    Ill BOB. H U Q U Q IY IN FO R M A T IK A D A  
    M O D ELA SH TIR IS H M E T O D I
    §1. Modellashtirish m etodi
    Modellashtirish-bu bilvosita nazariy yoki amaliy bilish obyektin- 
    ing har xil modellarini yaratish va undan ilmiy ijodda foydalanish 
    imkonini beruvchi ilmiy metoddir. Modellashtirish jarayonida ayrim 
    yordamchi obyekt - modeldan foydalaniladi.
    Matematik model - o'rganilayotgan obyekt asosiy xossalarini 
    ifodalovchi va u haqidagi ko'plab informatsiyani qulay shaklda 
    tasvirlovchi sun’iy tizim.
    Matematik modellashtirish vazifasi "mavjud olam”ni matematika 
    tilida bayon etishdan iboratdir. Bu uning eng ahamiyatli xususiy- 
    atlari haqida ancha aniq tasawurga ega bo'lish uchun imkon 
    beradi va aytish mumkinki, bo'lajak hodisalami bashoratlash mum­
    kin bo'ladi. Bu holat esa ayni “matematik modellashtirish” termini- 
    ni ifodalaydi.
    Model uni o'rganish jarayonida obyektiv hodisa yoki jarayon- 
    ning xususiyatlari haqida yangi ilmiy axborot berish qobiliyatiga 
    ega. Bilish jarayonida foydalaniladigan model obyektiv voqelik 
    bilan ma’lum, har safar maxsus qayd etiladigan va aniqlanadigan 
    munosabatda bo'ladi. Modelni o'rganish jarayonida aniqlangan 
    sifat va xususiyatlar so'ngra modellashtirilgan hodisaning o'ziga 
    ko'chirib o'tkaziladi. Bu metodning asosida tabiiy fanlar sohasida 
    ishlab chiqilgan o'xshashlik nazariyasi yotadi. Modelning vazifasi 
    bilish obyektini elementlarga ajratish, uning ayrim muhim element- 
    larini ajratib olib, ulami formalizatsiya qilish va tizimli-strukturaviy 
    tahlil tilida ifoda etishdan iborat.
    Yurist uchun modellashtirish metodi - bu huquqiy tartibga 
    solish va davlat boshqaruvi sohasida vujudga keladigan spetsifik 
    muammolami chuqur o'rganishning ilmiy va amaliy vositalaridir. 
    Bu metoddan huquq normasining amal qilish mexanizmini 
    o'rganishda foydalanilishi mumkin. Huquq normasining amal qilish 
    mexanizmi deganda bu normaning talablarini uning bajarilishini 
    ta’minlaydigan huquq subyektlari, jamoalar va jamiyatdagi ijtimoiy
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    tabaqalarga bilvosita o'tkazuvchi yuridik va ijtimoiy hodisalar, jaray- 
    onlar va omillar tushuniladi (4-rasm). Bu mexanizm huquqni qo'llash 
    faoliyati sohasida ham amal qiladi. Uni shuningdek huquq norma­
    si va ijtimoiy munosabatlaming mazkur turi o'rtasidagi sababiy 
    aloqa sifatida ham talqin qilish mumkin.
    Bugungi kunda yuridik fani sohasida quyidagi modeller yaratil­
    gan va tahlildan o'tkazilgan:
    huquqiy tartibga solish mexanizmining modellari
    huquq normalarining mantiqiy-matematik modellari; 
    jinoyatchilikning ahvoli, sabablari va dinamikasining kriminologik 
    modellari;
    statistik modellar.
    Umumiy huquq nazariyasiga muvofiq ijtimoiy munosabatlar hu­
    quqiy tartibga solishning obyekti hisoblanadi. Tlzimli yondashuvda 
    bu qoida konkretlashtirilishi mumkin. Tizimli-kibernetik nuqtai 
    nazardan o'zaro aloqador elementlarning yaxlit birligi sifatida tus- 
    huniladigan ayrim ijtimoiy tizim huquq normasi ta’sirining obyekti 
    hisoblanadi, deb aytish mumkin. Buning natijasida «ijtimoiy muno­
    sabatlar» tushunchasini jiddiy operatsionalizatsiya qilishga muvaf- 
    faq bo'linadi.

    Download 6,82 Mb.
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   243




    Download 6,82 Mb.
    Pdf ko'rish