• Avtomatlashtirilgan ilmiy-texnik axborot tizimlari Axborot-hisoblash tizimlari _________________ Axborot tizimlari__________________
  • Aloqa vositalari Telekommunikatsiya vositalari Boshqa texnik vositalar _______________ Dasturiy vositalar________________ Operatsion tizimlar
  • Boshqa lingvistik vositalar Tashkiliy-huquqiy vositalar Nizom, ustav Funksiya va vaziflami amalga oshirish tartibi Lavozim yoriqnomalari
  • 1-rasm. Axborot texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalarining tasnifi.
  • Avtomatlashtirilgan axborot tizimlari, ularning tarmoqlari




    Download 6,82 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet13/243
    Sana27.11.2023
    Hajmi6,82 Mb.
    #106679
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   243
    Bog'liq
    Huquqiy informatika (Abdujabbor Muhammadiyev)

    Avtomatlashtirilgan axborot tizimlari, ularning tarmoqlari
    Ma’lumot banklari 
    Ma'lumot bazalari 
    Bilim bazalari 
    Ekspert tizimlar 
    Avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari 
    Avtomatlashtirilgan loyihalashtirish tizimlari 
    Avtomatlashtirilgan ma'lumotlarga ishlov berish tizimlari 
    Avtomatlashtirilgan ilmiy-texnik axborot tizimlari 
    Axborot-hisoblash tizimlari 
    _________________ Axborot tizimlari__________________
    ________________ Texnik vositalar_________________
    Hisoblash texnikasi vositalari 
    Nusxa ko'chirish va ko'paytirish texnikasi 
    Tashkiliytexnika 
    Aloqa vositalari 
    Telekommunikatsiya vositalari 
    Boshqa texnik vositalar
    _______________ Dasturiy vositalar________________
    Operatsion tizimlar 
    Amaliy dasturlar 
    Boshqa dasturiy vositalar
    Lingvistik vositalar
    Lug'atlar 
    Tezauruslar 
    Klassifikatorlar 
    Boshqa lingvistik vositalar
    Tashkiliy-huquqiy vositalar
    Nizom, ustav 
    Funksiya va vaziflami amalga oshirish tartibi 
    Lavozim yo'riqnomalari 
    Tizimdan foydalanish tartibi 
    Normativ-texnik hujjatlar
    Texnologik ta’m inot
    Axborot texnologiyalari 
    Yo‘riqnomalar, qoidalar
    1-rasm. Axborot texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalarining tasnifi.
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    §2. Huquq tizimi va uning kichik tizimlari 
    tushunchasi hamda ularning umumiy tavsifi
    Huquq tizimi va uning kichik tizimlarini huquqiy informatika 
    obyektlari sifatida ko'rib chiqishdan oldin mazkur yuridik tushun- 
    chalarga ta’rif berish hamda ularni tavsiflab o'tish maqsadga 
    muvofiq bo'ladi. Zero, adabiyotlarda bu masala yuzasidan bahslar 
    hanuz davom etayotir.
    “Huquq tizimi” atamasini umumiy tarzda ilk bor Y.B. Pashukanis 
    tilga olganligini qayd etib o'tish, bizningcha, adolatdan bo'ladi. U 
    huquq shaklining tarixiy rivojlanishi haqida gapirar ekan, huquq 
    tushunchalari evolutsiyasining turli, shu jumladan oliy bosqichini 
    ham ajratib o'tadi. “Rivojlanishning bu oliy bosqichi, — deb 
    ko'rsatadi u, — ma’lum iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlarga mu- 
    vofiqdir. Shu bilan bir vaqtda, bu bosqich huquq tizimini nazariy 
    jihatdan tugal yaxlit tizim sifatida aks ettiruvchi umumiy tushun­
    chalar tizimining vujudga kelishi bilan tavsiflanadi’. Ammo kel- 
    tirilgan qoida asosan huquq nazariyasining huquq tizimini alohida 
    yuridik hodisa sifatida tavsiflovchi tushunchalariga taalluqii bo'lib, 
    bu yerda yaxlit axborot tuzilmasi sifatidagi huquq tizimi haqida 
    gap bormaydi.
    So'zning axborot ma’nosida ishlatiluvchi “tizim” tushunchasini 
    huquqshunoslikka D.A. Kerimov kiritgan. U 1960-yildayoq “avto- 
    mat, inson va jamiyat mutlaqo har xil tabiatga ega, ammo 
    ularning har biri murakkab tuzilgan tizimga ega bo'lib, mazkur 
    tizim faoliyatining ayrim axborot jarayonlari bir-biri bilan miqdoriy 
    jihatdan ayniydir”, deb qayd etib o'tgan edi. Keyinchalik, tizimni 
    o'rganishga doir ishlarni falsafiy-huquqiy nuqtai nazardan tushu- 
    nib yetish jarayonida olim shu jumladan huquqiy hodisalarni 
    bilishga tizimli yondashuv va bunda tizim tushunchalaridan foy­
    dalanish juda muhim nazariy ahamiyatga ega, chunki bu huquqn­
    ing ichki birligini, uni tashkil etuvchi qismlarning uyg'un o'zaro 
    ta’siri va aloqasini aniqlash imkonini beradi, degan xulosaga 
    keldi. Bu munosabat bilan u huquqni tizimli tavsiflashning qator 
    muammolarini ko'rib chiqdi va, jumladan, huquq tizimiga huquq­
    ning ma’lum qismlarini mazmun belgilariga qarab nisbatan erkin 
    va mustaqil ishlaydigan tarkibiy jihatdan tartibga solingan yaxlit 
    birlikka obyektiv birlashishi, deb ta’rif berdi. Huquq sohalari, 
    institutlari va normalari misolida u huquq tizimining belgilarini ham
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    tavsiflab o'tdi. Mazkur belgilar jumlasiga olim huquqiy birlikning 
    obyektivligini, huquqiy birlik qismlarining mazmun belgilariga qar­
    ab birlashganligini, huquq tizimining birligi va tarkibiy tartibga 
    solinganligini, huquq tizimining nisbatan mustaqilligini va uning 
    ishlashini kiritdi.
    O'z vaqtida V.N. Kudryavsev yuridik fanining istiqbolli rivojlan­
    ishi nuqtai nazaridan katta tizimlar nazariyasi qoidalariga asoslan- 
    gan huquqiy hodisalarning tahliliga tizimli yondashuvga jiddiy 
    e’tibor berish lozimligini qayd etib o'tgan edi. U tizimni o'rganishga 
    doir hozirgi zamon tasawurlaridan kelib chiqib huquq sohasidagi 
    funksional tizimlami obyektiv ravishda tarkib topgan va o'z zimma- 
    lariga yuklangan funksiyalar tufayli mavjud bo'lgan tegishli ijtimoiy 
    tizimlar sifatida ajratdi. V.N. Kudryavsev umuman jamiyat huquq 
    tizimining alohida qismlarini: huquqiy ustqurmani, jinoyatchilikka 
    qarshi kurash olib boruvchi davlat organlarining faoliyatini (“jino­
    yat adliyasi tizimi’), huquqiy tartibga solish va huquqiy ongni 
    optimallash nazariyasi nuqtai nazaridan ko'rib chiqdi. U o'zini o'zi 
    boshqaruvchi huquq tizimlarining qator belgilarini: funksional hu­
    quq tizimida kichik tizimlar va elementlarning hamda axborot 
    oqimlarining mavjudligini, to'g'ri va teskari aloqalar ta’sirini, huquq 
    sohasi tizimlari bilan tashqi muhitning o'zaro ta’sirini va hokazolar- 
    ni ta’riflab berdi.
    Keyinchalik V.N. Kudryavsev, A.M. Vasilyev va V.P. Kazimirchuk 
    huquqning keng ta’rifi hamda “huquq tizimi” tushunchasining gen- 
    ezisidan kelib chiqib jamiyatning huquq tizimini iqtisodiy, siyosiy, 
    g'oyaviy, ma’naviy, madaniy va boshqa tizimlar bilan o'zaro aloqa- 
    da o'rganishning muhimligini asoslab berdilar. Bu nuqtai nazardan 
    ular mazkur ijtimoiy tizim tushunchasiga “huquq doktrinalari, nor­
    malari va institutlarini ham, ijtimoiy munosabatlarni rivojlantirishga 
    yo'naltirilgan huquqni tarkib toptirish va huquqni amalga oshirish 
    jarayonlarini ham’ kiritdilar. “Huquq tizimi” tushunchasini boshqa 
    turdosh tushunchalardan ajratdilar, huquq tizimini statika va di- 
    namikada ko'rsatdilar hamda uning tizimlilik, izchillik, kommunika- 
    tivlik, huquq muassasalari va odamlaming faoliyati hamda ijtimoiy 
    ziddiyatlar bilan aloqadorlik, samaradorlik singari xususiyatlarini 
    yoritib berdilar.
    N.V. Vitruk huquq sohasidagi tizimli tadqiqotlarni tahlildan 
    o'tkazib, mohiyat e’tibori bilan barcha davlat va huquq hodisala-
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    riga o'zaro bog'langan va tizimlar hosil qiluvchi tizimlar deb 
    qarash mumkin, degan xulosaga keldi. U murakkab dinamik 
    tizimning kibernetik talqiniga asoslanib ijtimoiy-huquqiy sohadagi 
    tizim tushunchasini yaxlit bir butunning o'zaro bog'liq bo'lgan va 
    qo'yilgan maqsadlar yo'nalishida o'zaro ta’sirga kirishuvchi qism- 
    lari va elementlari majmui yoki yig'indisi deb ta’rifladi. Optimallash 
    nuqtai nazaridan olim huquq sohasidagi “huquqiy-ijtimoiy munosa­
    batlar” va “huquqiy tartibga solish mexanizmi” singari murakkab 
    yaxlit tizimlarni tavsiflab berdi. Bunda u mazkur o'zini o'zi 
    boshqaruvchi tizimlaming qator belgilarini - ularda tuzilma, maqsad­
    lar, axborot oqimlari, to'g'ri va teskari aloqalar hamda tartibga 
    solish dasturlari mavjudligini qayd etdi.
    Adabiyotlarda huquq tizimining boshqa tushunchalari ham taklif 
    etiladi. Bunda asosan huquq normalari tizimi, huquqiy normalar 
    va huquqiy munosabatlar, huquq ijodkorligi va huquqni qo'llash 
    faoliyatining o'zaro nisbati hamda sud organlarining funksiyalari 
    ta’riflaridan kelib chiqiladi.
    Umuman tizimlaming, shu jumladan huquq tizimi va uning 
    kichik tizimlarining mazmun belgilarini o'rganish jarayonida shu 
    narsa diqqatga sazovorki, ko'pgina mualliflar yaxlit tizimli tuzilma­
    lar haqida gapirganda awalambor o'zaro bog'langan va o'zaro 
    ta’sirga kirishuvchi kichik tizimlar va elementlar majmui (“yig'indisi”, 
    “to'plami” va h.k.)ni, qismlarning ma’lum belgilarga qarab birlash- 
    ishini va boshqa shunga o'xshash holatlarni qayd etadilar. Nati- 
    jada huquq sohasida turli tartibli (normativ, davlat-huquqiy, kiber­
    netik, axborot va boshqa) tizimlardan iborat bo'lgan obyektiv 
    tarkib topgan ijtimoiy tuzilmalar mavjudligi ayon bo'ladi; bu tizim­
    larni o'zaro bog'liq bo'lgan alohida kichik tizimlar va elementlarga 
    ajratish mumkin. Ular ma’lum tarzda joylashgan va tartibga solin- 
    gan bo'lib, muayyan vazifalarni bajaradilar, boshqaruv bosqichlari 
    va funksiyalarini amalga oshiradilar hamda qo'yilgan maqsadlar 
    sari harakat qiladilar. Huquq tizimi va uning kichik tizimlari maz- 
    mun-mohiyatining tavsifi ma’lum darajada mana shunday.
    Huquqiy informatika huquq tizimi va uning kichik tizimlarini 
    ta’riflash va tavsiflashda ana shunday yondashuvlardan foydala- 
    nadi hamda ularni o'zining o'rganish obyekti sifatida ana shunday 
    ko'rinishda ko'rib chiqadi. Ammo bunda u mazkur o'rganishga 
    o'zining ba’zi bir tuzatishlarini ham kiritadi. Bu tuzatishlarning
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    mazmuni quyidagilardan iboratdir. Huquqiy informatika huquq tiz­
    imi va uning kichik tizimlariga tizimli axborot tuzilmalari, ya’ni 
    ma’lum tarzda joylashgan va ma’lum maqsadlar yo'nalishida o'zaro 
    ta’sirga kirishuvchi, asosiy o'ziga xos belgisi tizimli-axborot sifatlari 
    va belgilarining mavjudligi bo'lgan qismlar, kichik tizimlar va ele- 
    mentlar to'plami deb qaraydi. Ya’ni huquqiy informatika foydalanu- 
    vchilami qiziqtiruvchi har qanday axborotlar, har qanday ma’lumotlar 
    va xabarlarni aks ettiruvchi har qanday huquqiy tuzilmalarni 
    o'rganadi.
    Tabiiyki, (huquq tizimining, uning kichik tizimlarining) har qan­
    day huquqiy axborot tuzilmasini tahlildan o'tkazish jarayonida 
    uning statistik va dinamik jihatlarini ajratish mumkin, ammo ular 
    bir-biridan ajralgan emas, balki bir-biri bilan chambarchas bog'liq 
    bo'ladi. Boshqacha aytganda, mazkur tuzilmalarning istalgan birini 
    ko'rib chiqish jarayonida dastlab ulaming qismlari, kichik tizimlari 
    va elementlari majmuini tahlildan o'tkazish (tuzilmani statikada 
    o'rganish) lozim. So'ngra o'rganish jarayonida mazkur qismlar, 
    kichik tizimlar va elementlarning tashkiliy holati, ya’ni ulaming 
    tartibi ajratiladi (tuzilmani statikada o'rganish davom ettiriladi); 
    keyin huquqiy axborot tuzilmasining o'zaro aloqalariga e’tibor 
    qaratiladi (tuzilmani statika va dinamikada o'rganish); so'ngra 
    qismlar, kichik tizimlar va elementlarning qo'yilgan maqsadlar 
    yo'nalishidagi o'zaro ta’siri ko'rib chiqiladi (axborot tuzilmasini 
    dinamikada o'rganish); shundan so'ng umumiylik, informativlik va 
    boshqariluvchanlik singari sifat va belgilar bilan tavsiflanuvchi 
    kichik tizimlar va elementlardan yaxlit huquqiy tuzilmani ajratish 
    talab etiladi (tizimni statika va dinamikada tahlildan o'tkazish); va 
    nihoyat, umuman huquq tizimidagi va uning kichik tizimlaridagi 
    axborot jarayonlarining tashkil etilishini o'rganish lozim (tuzilmani 
    dinamikada tavsiflash).
    Bu muhim xossalar huquqiy axborot tuzilmalarigagina xos emas. 
    Ularni boshqa ijtimoiy tuzilmalar - iqtisodiy, siyosiy, g'oyaviy, 
    ma’naviy, madaniy va bpshqa tuzilmalarni tahlildan o'tkazish jaray­
    onida ham aniqlash mumkin. Ammo mazkur belgilarni ajratish va 
    o'rganish yuristga voqelik haqidagi an’anaviy normativ-huquqiy 
    tasawurlar doirasidan chiqish, huquq tizimi axborot-boshqaruv 
    ta’siriga bo'ysunadigan hodisa sifatida mavjud yoki mavjud emas- 
    ligi haqida xulosa chiqarish imkonini beradi. Huquq sohasida
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    ma’lum kichik tizimlar va elementlarning mavjudligi, ularning o'ziga 
    xos tarzda tartibga solinganligi va ishlash jarayonidagi o'zaro 
    aloqalari, o'zaro ta’siri va izchilligi axborot tuzilmalarini farqlash, 
    ularning tuzilishi, funksiyalari, aloqa kanallari, huquqiy va boshqa 
    xil axborot oqimlarini tadqiq qilish va o'rganish imkonini beradi.
    Axborot tuzilmalari (faqat huquq tizimigina emas, uning kichik 
    tizimlari ham alohida tizimlar sifatida) ijtimoiy tuzilmalarning mu­
    rakkab turi ekanligi shubhasizdir. Huquqiy axborot tuzilmalari jami­
    yatning qismlari, ajralmas kichik tizimlari sifatida uning faoliyati va 
    rivojlanishida o'ziga xos tirik organizmlar bo'lib xizmat qiladi. Bu 
    tuzilmalarni davlat organlari, jamoat birlashmalari, huquq norma­
    lari, huquqiy munosabatlar subyektlarining xulq-atvori, huquqiy 
    ta’sir ko'rsatish vositalari, huquqiy qarashlar hamda boshqa obyek- 
    tlar va hodisalaming u yoki bu darajada muhim birlashmalari deb 
    ta’riflash mumkin. Bunday birlashishning maqsadi huquq sohasi, 
    huquq sohasidagi axborot ta’minoti va boshqaruv nazariyasi va 
    amaliyotidagi real ahvol bilan mos keladi. Yuqorida qayd etib 
    o'tilganidek, bu yerda global ijtimoiy-huquqiy tuzilmalar (huquq 
    tizimi jamiyat tizimining bir qismi sifatida) hamda ularning turli 
    kichik tizimlari, elementlari (aytaylik, prokuratura, sud, adliya, ichki 
    ishlar organlari), huquqiy ong, huquqiy tartibga solish, huquq 
    ijodkorligi, qonuniylik, huquq-tartibot, huquqiy madaniyat va huqu­
    qiy tarbiya mexanizmlari axborot tuzilmalari sifatida ishtirok etishi 
    mumkin. Xo'jalik, moliya, mehnat, jamoa xo'jaligi, yer va boshqa 
    ijtimoiy munosabatlami huquqiy tartibga solishning alohida mex­
    anizmlari muhim huquqiy axborot tuzilmalari hisoblanadi.
    Tabiiyki, boshqa ijtimoiy tizimlar singari, huquqiy axborot tuzil- 
    malariga ham alohida integrativ xususiyatlar xos bo'lib, ular maz­
    kur tuzilmalarning kichik tizimlari va elementlari majmuiga bog'liq 
    emas. Masalan, (axborot tizimi sifatidagi) alohida huquq norma­
    sining informatsion amal qilish mexanizmining keng ma’lum bo'lgan 
    modelini olaylik. Mazmunan bu tizim qator kichik tizimlar va 
    elementlardan - mazkur normani qo'llovchi subyektning informat­
    sion ma’lumotlari to'plami sifatidagi huquq normasi, huquqiy mu­
    nosabatlar, subyektning xulq-atvori, sanksiyalar va hokazolardan 
    tarkib topadi. Bu qismlarning har biri yaxlit bir butun huquqiy 
    axborot tuzilmasini tashkil eta olmaydi. Biroq, dialektik yo'l bilan 
    birlashgach, bu kichik tizimlar va elementlar alohida huquq nor-
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    masi miqyosida huquqiy-axborot tartibga solish mexanizmini tashkil 
    etadi. Bu mexanizm huquqiy munosabatlaming tegishli subyektlari 
    xulq-atvorini yo'naltirishga va ularni axborot jarayonlari asosida 
    boshqarishga qodirdir.
    Ko'rib chiqilayotgan tuzilma ichida axborot aloqalari va o'zaro 
    ta’sirlarining mavjudligi (huquqning alohida normasi miqyosida 
    huquqiy tartibga solish mexanizmi) mazkur tuzilma boshqa tuzil- 
    malar bilan o'zaro ta’sirga kirishish jarayonida yaxlit (masalan, 
    iqtisodiy yoki siyosiy yo'sindagi) axborot organizmi sifatida ishtirok 
    etishini isbotlaydi. Huquqiy axborot tuzilmasi o'z kichik tizimlari va 
    elementlariga faol ta’sir ko'rsatadi hamda ularni muayyan vazi­
    falarni hal qilish jarayonida o'zgartiradi. Natijada alohida kichik 
    tizimlar va elementlar o'zining regulyativ, axborot xususiyatlari va 
    xossalarini o'zgartirib, yangi sifat xususiyatlariga ega bo'ladi (biz- 
    ning holda huquqiy munosabatlar subyektlarining xulq-atvori vaqt 
    o'tishi bilan soddalashishi yoki murakkablashishi, subyektlar 
    majburiyatlarini bajarmagan taqdirda sanksiyalar miqdori o'zgarishi, 
    huquqiy axborot oqimlari kamayishi yoki ko'payishi mumkin).
    Huquqiy axborot tuzilmalari o'z kichik tizimlari va elementlari 
    to'plamiga egadirlar. Huquqiy tuzilmalaming qismlari mexanik tarzda 
    emas, balki ularning ichki tuzilishidan, mazkur axborot tuzilmalar 
    tarkib topishi va rivojlanishining obyektiv qonuniyatlaridan kelib 
    chiqib birlashgandir. Huquqiy voqelik sohasidagi axborot va 
    boshqaruv nuqtai nazaridan bu davlat organlari, shu jumladan 
    huquq muassasalari, huquq normalari, ijtimoiy munosabatlar, alo­
    qa kanallari, huquqiy axborot va boshqalar bo'lib, ulaming o'zaro 
    ta’siri yaxlit huquqiy tuzilmani tashkil etadi. Huquq sohasidagi 
    axborot ta’minoti va boshqaruvning nazariyasi hamda amaliyotida 
    kichik tizimlarning keng doirasi ajratiladi - bular huquqni, huquqiy 
    tartibga solish, huquqiy targ'ibot, huquqiy madaniyat mexanizm- 
    larini qo'llovchi davlat hokimiyati, boshqaruvi, adliya va prokurat- 
    ura organlari hamda boshqa obyektlardir. Bu holda qonun loyiha- 
    larini muhokamadan o'tkazish va qabul qilish, xo'jalik nizolarini hal 
    qilish, sudda ishlami ko'rib chiqish, huquqiy bilimlarni targ'ib qilish 
    va boshqa shunga o'xshash jarayonlar ham kichik tizimlar va 
    elementlar bo'lib xizmat qiladi.
    O'rganilayotgan kichik tizimlar va elementlarning tarkibi huqu­
    qiy axborot tuzilmasining mazmunini tashkil etadi. Yaxlit tuzilma-
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    ning ijtimoiy va informatsion tabiati va yo'nalishi kichik tizimlar va 
    elernentlarning ichki tashkilotiga bog'liq bo'ladi. Masalan, huquqiy 
    tartibga solish mexanizmining ijtimoiy va informatsion tabiati, un­
    ing maqsadlari, vazifalari, funksiyalari, “axborotga to'liqligi”, axborot 
    bilan ta’sir ko'rsatish va boshqarish usullari xo'jalik, ma’muriy, 
    moliyaviy va boshqa munosabatlarni huquqiy tartibga solishning 
    sohaviy mexanizmlari tarkibi va ichki tashkilotiga ko'p jihatdan 
    bog'Iiqdir. Huquqiy axborot tuzilmasining kichik tizimlari va ele- 
    mentlarida sodir bo'luvchi o'zgarishlar umuman mazkur tizimda va 
    uning xossalarida ham tegishli o'zgarishlar ro'y berishiga olib 
    keladi, Natijada huquqiy axborot tuzilmasining kichik tizimlari va 
    elementlari uning substansional, mazmun jihati, tuzilmaning ichki 
    tashkiloti negizi bo'lib xizmat qiladi.
    Tashkilot statik, qotib qolgan hodisa emas. U huquqiy axborot 
    tuzilmasining tegishli qismlariga (pog'onalari, turlari, yo'nalishlariga 
    qarab) u yoki bu ishaklda ta’sir ko'rsatadi, ularni har xil tartibli 
    munosabatlar bilan birlashtiradi, ularga ma’lum umumiylik baxsh 
    etadi hamda yangj tizimli, informatsion va boshqa sifatlarning 
    yuzaga kelishiga spbab bo'ladi. Tuzilmaning (huquq normalari, 
    davlat organlarining huquqni qo'llash faoliyati, huquqiy-axborot 
    ta’siri ko'rsatish va boshqalaming) nisbatan barqarorligi huquq va 
    jamiyatning huquq tizimini rivojlantirish sohasida axborot bilan 
    ta’minlashni muvofiq ravishda yo’lga qo'yish uchun katta ahami­
    yatga egadir. Huquqiy axborot tuzilmasining alohida kichik tizimlari 
    va elementlarida sodir bo'luvchi o'zgarishlar (qonunchilikdagi qay­
    ta qurish, huquqni qo'llovchi boshqaruv, sud organlari ishining 
    tashkilotidagi o'zgarishlar va hokazolar) uning tuzilishiga munta- 
    zam ta’sir ko'rsatadi. Ammo uning (siyosiy, konstitutsiyaviy, iqti­
    sodiy) negizi barqaror bo'lib, huquqiy-axborot voqeligining yax- 
    litligini saqlab qoladi. Kichik tizimlar o'zaro ta’sirining barqaror 
    aloqalari mavjud bo'lmaganida, huquqiy axborot tuzilmasi o'z zim- 
    masiga yuklangan ijtimoiy maqsadlar, funksiyalar va vazifalarni 
    samarali amalga oshira olmas edi.
    Bu o'rinda barcha huquqiy axborot tuzilmalari, har qanday 
    tizimlar va ularni tashkil etuvchi kichik tizimlar, elementlar singari, 
    ma’lum tarzda joylashishini qayd etib o'tish lozim. Bu ularga 
    ko'plab tuzilishlarga egalik xos ekanligini, bir tizimli huquqiy- 
    axborot tuzilmalari bilan bir qatorda ko'p tizimli huquqiy-axborot
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    tuzilmalari ham mavjudligini anglatadi. Shuning uchun ham, masa- 
    lan, alohida huquq normasi miqyosida ijtimoiy munosabatlarni 
    huquqiy tartibga solish mexanizmiga nisbatan sodda, bir tizimli 
    axborot tuzilmasi deb qarash mumkin. Ammo huquq instituti yoki 
    sohasi miqyosida ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish 
    mexanizmi ko'plab oddiy kichik tizimlar (tizimlar) — tegishli huquq 
    normalari, huquqiy munosabatlar, subyektlar xulq-atvori, huquqiy 
    axborot oqimlari va hokazolami o'z ichiga oladi hamda ko'p tizimli 
    axborot tuzilmasi sifatida faoliyat ko'rsatadi. Bu yerda barcha 
    ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish mexanizmi ko'p 
    tizimli tuzilmaning cho'qqisi bo'lib, u juda ko'p qismlardan — huquq 
    normalari, institutlari, huquq sohalari, huquqiy ta’sir ko'rsatish 
    vositalari, huquqiy munosabatlar, huquqiy-axborot ma’lumotlarining 
    turlari hamda boshqa obyektlar, hodisalar va jarayonlardan tashkil 
    topadi.
    Ko'p tizimli tuzilmalarni boshqa huquqiy axborot tuzilmalari -
    huquqiy ong (individual, jamoaviy, ommaviy) mexanizmi, huquq 
    ijodkorligi mexanizmi (mamlakat, avtonom respublika, o'lka, viloy­
    at, vazirlik miqyosida), qonuniylik mexanizmi (prokuratura organ- 
    larining mamlakat, avtonom respublika, o'lka, viloyat, shahar miqy­
    osida qonuniylikni mustahkamlash borasidagi faoliyati), huquq- 
    tartibot mexanizmi (masalan, mamlakat IIV, o'lka, viloyat ichki 
    ishlar boshqarmalari faoliyati doirasida) va boshqa tuzilmalar 
    doirasida ham ko'rsatib berish mumkin.
    Natijada yuridik nazariya va amaliyotda ijtimoiy hodisa va 
    jarayonlaming ma’lum tizimini hosil qiluvchi yaxlit, huquqiy axborot 
    tuzilmalarining ma’lum iyerarxiyasi vujudga keladi.
    Tabiiyki, huquq sohasidagi axborot faoliyati ma’lum maqsadga 
    ham ega bo'ladi. Zotan, maqsadsiz harakat mantiqsiz harakatdir. 
    U yoki bu huquqiy axborot tuzilmalarining oldidagi xilma-xil maqsad- 
    larni biron-bir umumiy maqsadlarga bog'Jash juda ham qiyin. 
    Shuning uchun ham biz umuman huquq tizimi hamda uning kichik 
    tizimlarining ijtimoiy, huquqiy-axborot faoliyatining xususiyatini aks 
    ettiruvchi va mohiyatan har xil omillar bilan belgilanuvchi maqsad- 
    larning ayrim asosiy turlarini ajratib o'tishni lozim deb topdik. Bu
    о rinda: huquq tizimining xo'jalik munosabatlari va boshqaruvni 
    yangilash va rivojlantirishdan iborat bo'lgan ijtimoiy-iqtisodiy mu- 
    nosabatlarini; huquq tizimining ijtimoiy tuzumni mustahkamlash-
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    dan, jamiyatni ijtimoiy rivojlantirish vazifalarining eng muvofiq rav­
    ishda hal qilinishiga yordam berishdan, mamlakatning mudofaa 
    qobiliyatini mustahkamlashdan iborat bo'lgan ijtimoiy-siyosiy 
    maqsadlarini; ishlaydigan qonunlar va qonun hujjatlarini ishlab 
    chiqish, umumxalq muhokamasidan o'tkazish va qabul qilishdan 
    (huquq ijodkorligi mexanizmining maqsadlaridan biri), odil sudlovni 
    samarali amalga oshirishdan, jinoyatlarni tergov qilish va ochish- 
    dan (jinoyat adliyasi tizimining maqsadlaridan biri), huquqiy axborot­
    larni tezkorlik bilan tarqatishdan (huquqiy axborot umumdavlat 
    tizimining maqsadlaridan biri) va hokazolardan iborat bo Igan 
    ijtimoiy-huquqiy maqsadlarni ajratish mumkin.
    Huquqiy axborot tuzilmalarining ko'p maqsadli xususiyati tag'in 
    shu bilan izohlanadiki, ularning asosida ma’lum yuridik, informat- 
    sion va boshqa vazifalarni hal qilish uchun yaxlit bir butunga 
    birlashtirilgan turli kichik tizimlar va elementlaming faoliyati yotadi. 
    Ulaming ko'pchiligining (masalan, huquqni muhofaza qilish organ­
    lari va mansabdor shaxslarning) faoliyati qonunlar bilan tartibga 
    solinadi. Ularning har birining oldiga ma’lum maqsadlarga erish- 
    ishga qaratilgan vazifalar qo'yiladi. Bu maqsadlar bir-birini to'ldiradi 
    va shu bilan bir vaqtda ularga har xil yo'nalish beradi. Ammo ular 
    o'zining ijtimoiy tabiatiga ko'ra bir-biriga zid kelmaydi. Natijada 
    huquqiy axborot tuzilmalari belgilangan maqsadlarga erishish mu- 
    nosabati bilan yuzaga keluvchi vazifalarni hal qilishga mo'ljallangan 
    yaxlit mexanizmlar bo'lib xizmat qiladi. Shu bilan birga, ularning 
    ko'p sonli tuzilishi va funksiyalari maqsadlar tuzilmasi bilan o'zaro 
    bog'liqdir. O'z navbatida, huquqiy axborot tuzilmalari turli kichik 
    tizimlari va elementlarining maqsadlari bir-biri bilan quyidan yuq- 
    origa qarab (masalan, individual huquqiy ong mexanizmidan jami- 
    yatdagi ommaviy huquqiy ong mexanizmigacha) ma’lum tarzda 
    bog'langandir. Bu ma’noda huquqiy axborot tuzilmalari maqsadlari 
    majmui maqsadlarning ayrim iyerarxik “daraxti”ni hosil qiladi. Bu 
    daraxt mazkur tuzilmalaming tashqi regulyativ-axborot ta’sirlarini 
    shakllantirish uchun asos bo'lib xizmat qiladi.
    Huquqiy axborot tuzilmalarining ko'pgina kichik tizimlari va ele- 
    mentlari (masalan, adliya, sud, prokuratura organlari) maqsadlar 
    nuqtai nazaridan ikki vazifani bajarishi mumkin: yaxlit axborot 
    tuzilmalari sifatida ular boshqa tuzilmalar tarkibiga (masalan, dav­
    lat apparatiga yoki yagona tizim sifatidagi jamiyatga) kiradilar va
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    shu bilan bir vaqtda, huquq tizimi va uning kichik tizimlarining 
    qismlari sifatida huquqiy axborot yordamida ma’lum ijtimoiy muno- 
    sabatlarni tartibga soluvchi mustaqil tuzilmalar hisoblanadilar.
    Barcha huquqiy axborot tuzilmalarini yuqorida ko'rsatilgan tart­
    ibga solish funksiyalarini bajaruvchi, ya’ni tartibga solish maqsad 
    va vazifalarini ishlab chiqish, zarur axborotni to'plash va qayta 
    ishlash, zarur yuridik qarorlar qabul qilish, ularni ijrochilarga 
    yetkazish, ularning bajarilishini nazorat qilishga qodir bo'lgan 
    huquqiy-axborot ta’siri ko'rsatish, huquq ijodkorligi va huquqiy 
    tarbiya subyektlari va obyektlariga ajratish mumkin. Huquqiy- 
    axborot ta’siri subyektlari jumlasiga tegishli davlat hokimiyati, 
    boshqaruv, sud, prokuratura organlari, jamoat tashkilotlari va 
    mansabdor shaxslar kiradi. Axborot ta’siri subyekti huquq norma- 
    lari va sanksiyalarni qo'llaydi, huquq maqsadlari, ko'rsatmalarini 
    hamda boshqa huquqiy va nohuquqiy vositalarni amalga oshiradi. 
    Bu ma’noda u boshqaruv funksiyasini bajaruvchi hamda xilma-xil 
    obyektlarga ta’sir ko'rsatuvchi keng va sermazmun ijtimoiy-huqu- 
    qiy birlik sifatida faoliyat ko'rsatadi. Axborot ta’siri obyekti — bu 
    huquqiy munosabatlar subyektlari, korxonalar, muassasalar, tashkil­
    otlar, mansabdor shaxslar, mutaxassislar, fuqarolar va boshqalarn- 
    ing xulq-atvoridir. Huquqiy tuzilmalar hamda ularning kichik tizim­
    lari va elementiari ham axborot ta’siri obyektlari bo'lishi mumkin.
    Huquqiy ta’sir subyektlari va obyektlari to'g'ri va teskari axborot 
    aloqalari kanallari orqali bog'lanadilar. Bu kanallar vazifasini dav­
    lat xizmatchilari, ommaviy axborot vositalari, aloqa vositalari, mehnat 
    jamoalari, fuqarolar va boshqalar bajaradi. To'g'ri axborot alo­
    qalari kanallari ta’sir ko'rsatuvchi kichik tizimdan ta’sirni qabul 
    qiluvchi kichik tizimga tomon, teskari axborot aloqalari kanallari 
    esa - ta’simi qabul qiluvchi kichik tizimdan ta’sir ko'rsatuvchi 
    kichik tizimga tomon harakat qiladi. To'g'ri va teskari axborot 
    aloqalari kanallari huquqiy axborot tuzilmalarining muhim tarkibiy 
    komponentlari bo'lib, tuzilmalar ularsiz statik, harakatsiz holatda 
    qolgan bo'lardilar.
    Nihoyat, biz huquqiy axborot tuzilmalariga o'zini o'zi tartibga 
    solish xos ekanligini yuqorida qayd etib o'tdik. Ko'rsatilgan kichik 
    tizimlarning kanallari orqali muntazam o'zaro ta’sirga kirishish 
    jarayonida u axborotni yig'ish, qayta ishlash va baholash, yuridik 
    qarorlar qabul qilish, teskari axborot aloqasi va boshqa harakat-
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    larni amalga oshirish orqali huquqiy tuzilmalarning ma’lum sifat- 
    larini saqlab qolishga qaratiladi. Fuqarolik jamiyati sharoitlarida 
    bu o'zini o‘zi tartibga solish keng doirada amalga oshiriladi. 
    To'laqonli fuqarolik jamiyati turli ijtimoiy munosabatlarga keng 
    miqyosda va samarali huquqiy-axborot ta’siri ko'rsatish uchun 
    barcha zarur sharoitlar, vositalar va usullarga ega bo'ladi. Ammo 
    bunda ijtimoiy hayot va amaliyot ma’lum cheklashlar belgilaydigan 
    axborot bilan ta’minlashning obyektiv sharoitlari va imkoniyatlarini 
    e’tiborga olish lozimdir.
    Huquqiy axborot tuzilmalariga faoliyat va rivojlanishning ma’lum 
    qonuniyatlari xosdir (bu ayniqsa global tizim - jamiyatning huquq 
    tizimiga taalluqlidir). Mazkur qonuniyatlar hodisalar o'rtasidagi alo- 
    qalaming obyektivligini tavsiflaydi. Hodisalar va jarayonlarga tizim- 
    li-axborot yondashish, yuridik nazariyaning hozirgi taraqqiyot bos- 
    qichida huquqni tizimli-axborot o’rganish jarayonida bulaming bar- 
    chasini e’tiborga olish va ulardan foydalanish lozim. Huquqiy 
    axborot tuzilmalarida o'zini o'zi boshqarish ayni holda ijtimoiy 
    hodisalarning stixiyali ravishda paydo bo'lishi va izdan chiqishiga 
    qarshi qaratilgandir.
    Boshqaruv jarayonida huquqiy tuzilmalar bir sifat holatidan 
    boshqa sifat holatiga o'tadilar hamda ichki (maqsad va vazifalar 
    qo'yish, tashkil etish, kommunikatsiyalarni aniqlash va h.k.) va 
    tashqi (ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish, qonuniylikni mus­
    tahkamlash, jinoyatchilikka qarshi kurash, fuqarolaming huquq va 
    manfaatlarini himoya qilish va h.k.) funksiyalarni amalga oshiradi- 
    lar. Birinchi holda axborot oqimlari tizimlar ichida aylanadi, bino- 
    barin, boshqaruv jarayonlari ijtimoiy-huquqiy birlik doirasida amal­
    ga oshiriladi. Ikkinchi holda huquqiy tuzilmalar tashqi muhit, ya’ni 
    o'zini qurshagan iqtisodiy, siyosiy, madaniy, huquqiy va boshqa 
    tizimlar bilan bog'lanadi, ulardan signallar (axborot) oladilar ham­
    da ulaming tegishli ta’sirini his etadilar. O'z tomonidan ular tashqi 
    muhitga ma’lum axborot ta’siri ko'rsatadilar.
    Huquqiy axborot tuzilmalarining tashqi muhit bilan o'zaro ta’siri 
    realdir. Bu ko'p sonli axborot aloqalari va munosabatlariga ega 
    bo'lgan huquqiy tuzilmalarda o'z ifodasini topadi. Ularni, barcha 
    ijtimoiy jarayonlar singari, hisobga olish va matematik tahlildan 
    o'tkazish juda ham qiyin. Bu huquqiy axborot tuzilmalarini 
    boshqarishni boshqaruvning murakkab turiga aylantiradi hamda
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    uni informatika va kibernetika vositalari va usullari nuqtai nazari- 
    dan optimallash jarayonida qiyinchiliklar tug'diradi.

    Download 6,82 Mb.
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   243




    Download 6,82 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Avtomatlashtirilgan axborot tizimlari, ularning tarmoqlari

    Download 6,82 Mb.
    Pdf ko'rish