Tizimli-funksional aspekt ushbu tizimning komponentlari o'rtasida;
komponentlar va tizim o'rtasida; tizim
va u tarkibiga kiradigan
boshqa tizim o'rtasidagi axborot-funksional bog'liqliklami o'rganishni
nazarda tutadi.
Tizimli-kommunikatsion aspekt tizimning atrof muhit bilan o'zaro
ta’sirini o'rganishni va salbiy omillarni tahlil qilishni nazarda tutadi.
Tizim tushunchasi muhim normativ huquqiy hujjat - qonunga
nisbatan ham qo'llanishi mumkin. Qonun —bu har xil vazifalarni
bajaruvchi, qonunning yaxlitligi va barqarorligini ta’minlovchi har
xil darajadagi va har xil xususiyatlarga ega bo'lgan o'zaro
aloqa
qiluvchi norma, prinsip va huquq tuzilmalarining yaxlit majmuidir.
Qonunning tuzilishida tizim hosil qiluvchi omillar vazifasini qonun
konsepsiyasi, qonunning prinsiplari, boshqaruv konsepsiyasi, in
son va fuqaroning huquq va erkinliklarining in’ikosi bajaradi.
Qonunda umumiy huquq nazariyasining ko'pgina
muhim kategori-
yalari - huquq subyekti, huquqiy tartibga solish mexanizmi,
ijtimoiy
va yuridik maqsadlar, ijtimoiy munosabatlar, huquqiy munosabat
lar va boshqalardan foydalaniladi.
Amalda qonunning tizimliligi talablari ba’zan buziladi. Bu, masa
lan, huquq normalari va huquq hujjatlari o'rtasidagi ziddiyatlarda,
ulaming samarasizligida, elementlarning
yaxlitligi va muvozanati
prinsipining buzilishida o'z ifodasini topadi. Turli vaqtlarda va har
xil holatlar munosabati bilan e’lon qilingan qonun hujjatlari ba’zan
o'zaro mos kelmaydi. Bu qonunning qo'llanishi jarayonida qiyin-
chiliklar tug'diradi, qonunchilikning samaradorligini pasaytiradi. Bu
esa normativ huquqiy hujjatlarni tizimga
solish zaruratini keltirib
chiqaradi.