§2. Huquqiy informatikaning integrativ
funksiyasi
Turli bilim sohalarini integratsiya qilish hozirgi zamon fanining
asosiy tendensiyalaridan biridir. Huquqiy informatika doirasida
yuridik va boshqa ijtimoiy, texnik, tabiiy va matematik fanlarning
ma’lumotlari sintez qilinadi. Informatika huquq fani sohasiga tad
qiq qilishning aniq usullari kirib keladigan kanal vazifasini bajara-
di.
Huquqiy informatikaning o'ziga xos xususiyatlaridan biri shun-
daki, uning mazmunida ikki asos - yuridik va texnik asoslar
uyg'un mujassamlashgan va o'zaro bog'langan. Uni to'liq holda
fanning texnik sohalariga ham, yuridik sohalariga ham mansub
deb topib bo'lmaydi. Bu tipik kompleks, chegarali va integrativ
bilim sohasidir.
Huquqiy informatikada umumiy huquq nazariyasi - huquqiy
hodisalar va jarayonlarning qonuniyatlarini ochib beruvchi funda
www.ziyouz.com kutubxonasi
mental huquqshunoslik fanining ma’lumotlaridan foydalanish katta
ahamiyatga ega. Axborotlashtirish jarayoni huquq fanida ishlab
chiqilgan to'g'ri ilmiy-nazariy asoslarga tayanishi lozim.
Yurisprudensiyada huquqning umumiy nazariyasi muammolari-
ga unumli yondashuv qaror topayotir. Unga muvofiq mazkur
nazariya huquqni tushunishga falsafiy, sotsiologik va maxsus
yuridik yondashuvlarning birligini aks ettiradi. Har bir yondashuv
huquq nazariyasini o'rganishning yagona predmetini tashkil etuvchi
hodisa va jarayoplarning tegishli doirasiga nisbatan o'z nuqtai
nazariga ega bo'ladi. Har bir yondashuvga o'z metodologik xu-
susiyatlari mos keladi. Huquq nazariyasi rivojlanishining har bir
aspekti uni bilishning murakkab dialektik jarayonini aks ettiradi.
Umumiy huquq nazariyasidagi ilmiy bilimlaming teran tuzilishini
quyidagicha tavsifla$h mumkin:
nazariy-huquqiy yondashuv - o'rta miqyosdagi nazariyalarni
ishlab chiqish;
normativ-huquqiy yondashuv va normativ-huquqiy masalalar;
sotsiologik yondashuv va sotsiologik muammolar;
tizimli-boshqaruv vp tizimli-axborot yondashuv hamda tegishli
muammolar;
bilish usullari haqidagi ta’limotni rivojlantirish va yangi muay
yan usullarni ishlab ctyqish.
Hozirgi zamon huquq nazariyasining nazariy asosi ana shun-
day obyektiv ko'rinishga ega.
Bayon etilgan konsepsiyaning metodologik qimmati shundaki,
u universal xususiyatga ega, chunki yuridik fanlaming keng doirasi
ga, shu jumladan umumiy davlat nazariyasi va tarmoq yuridik
fanlariga mansub; u juda samarali, zotan bilimlarni real ko'paytirish
imkonini beradi; u prognostik xususiyatga ega, chunki ilm-fan
taraqqiyotining muhim yo'nalishlarini o'zida mujassam etgan.
Huquq tizimini axborotlashtirish muammosi umumiy huquq nazari
yasining bayon etilgan tuzilishida o'z o'rnini topgan. U huquq
hodisalarini tahlil qilishning tizimli-axborot va tizimli-boshqaruv (kib-
ernetik) usullari bilan bog'liq bo'limga kiritilgan.
Jamiyat hayotining huquqiy sohasini axborotlashtirish jarayoni
umumiy huquq nazariyasining huquq va qonun, qonunchilik va
qonunchilik sohalari hamda huquq tizimi singari tushunchalariga
tayanadi. Qonunan belgilab qo'yilgan axborot munosabatlari tu-
www.ziyouz.com kutubxonasi
shunchasi, shuningdek, axborot huquqi tushunchasi puxta ilmiy
tahlildan o'tkazishni talab etadi.
Huquqiy informatika konstitutsiyaviy huquq fani bilan uzviy
bog'liq. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida axborotlar so
hasidagi munosabatlarning vujudga kelishi va rivojlanishiga jiddiy
ta’sir ko'rsatuvchi asosiy normalar belgilab qo'yilgan. Jumladan,
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 29-moddasiga binoan
har kim o'zi istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish
huquqiga ega, amaldagi konstitutsiyaviy tuzumga qarshi qaratil-
gan axborot va qonun bilan belgilangan boshqa cheklashlar
bundan mustasnodir. Konstitutsiya fuqarolarning shaxsiy hayoti,
davlat organlarining materiallari va hujjatlari haqidagi axborotlar
tushunchasini, shuningdek, maxsus rejimli axborotlarning tur—xili
sifatida davlat sirlari tushunchasini kiritadi. Konstitutsiyada axborot
olish huquqini amalga oshirish tartibini tartibga soluvchi normalar
belgilangan.
Axborotlarni olish va tahlil qilish bilan bog'liq muammolar bar
cha yuridik fanlarda vujudga keladi.
Umumiy va huquqiy informatika til haqidagi fan - lingvistika
bilan uzviy bog'liq. Informatika til, so'z, alifbo, gap, matn singari
tushunchalardan keng foydalanadi. Matn tuzilishini o'rganish lingvis-
tikaning muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Zamonaviy kompyut
er — matn bilan ishlashni avtomatlashtirishning qudratli vositasidir.
Ко pgina katta mehnat sarfini talab etuvchi jarayonlar, masalan,
matnlarga statistik ishlov berish, har xil lug'aviy va leksik kar-
totekalarni yuritish ishlarini avtomatlashtirish imkoniyati tug'ildi.
Kompyuterlar paydo bo'lgani zahoti ular bilan muomala qilish
muammosi vujudga keldi. Oddiy tabiiy til bu muammoni hal
qilishning eng yaxshi usuli bo'lishi mumkin. Ammo bunday o'zaro
ta sirni tashkil etish uchun eng aw alo tabiiy tildan insonlarning
o'zaro aloqalari jarayonida foydalanish qonunlari va o'ziga xoslik-
larini tushunib yetish lozim.
Informatikada psixologiyaning xotira, tafakkur, idrok etish va
tanib olish singari tushunchalari qo'llanadi.
Informatikaning rivojlanishi bugungi kunning vazifalaridan biri
inson intellektini o'rganish bo'lgan psixologiya fanining yutuqlafi
bilan uzviy bog'liq. Psixologiyada hozir alohida yo'nalish — inson
intellekti, xotirasi va tafakkurining qonuniyatlarini ochib beruvclii
www.ziyouz.com kutubxonasi
kognitiv psixologiya faol rivojlanmoqda. Kognitiv psixologiya inson-
ning o'zi va atrof olam haqidagi bilimlarini, shuningdek, bilimga
ega bo'lishni ta’minlovchi jarayonlarni o'rganadi.
Huquqiy informatika bilishning matematik usullaridan faol foy-
dalanadi. Matematika miqdoriy nisbatlar va makonga oid shakllar-
ni o'rganuvchi aniq abstrakt fandir. Matematikaning aniqligi uning
asosiy o'rganish usullaridan biri qaf iy mantiqiy mulohazalar ekan-
ligi, o'rganish natijalari esa qat’iy mantiqiy ko'rinishda shakllan-
ishini bildiradi. Matematikaning abstraktligi esa uning o'rganish
obyektlari matematik modeller ekanligini bildiradi. Bitta model bir-
biriga o'xshamaydigan har xil hodisalaming xususiyatlarini ma’lum
arajadagi yaqinlik bilan tavsiflashi mumkin.
XX asming ikkinchi yarmida informatika, kibernetika, iqtisodiyot,
igvistika va boshqa qator fanlarning talablari ta’sirida matema-
iiKaning ulkan binosida chuqur qayta qurish amalga oshirildi.
O'ziga xos ilmiy inqilob sodir bo'ldi. Informatika axborotlarga
ishlov berish, ularni uzatish va ulardan foydalanish modellarini
tuzish va o'rganish uchun matematika usullaridan foydalanadi,
informatikaning nazariy negizini yaratadi.
Axborot o'z tabiatiga ko'ra diskret tasawurga moyil. Axborotlar
ni, odatda, diskret ko'plik ko'rinishida tavsiflash mumkin. Demak,
nazariy informatika o'z xususiyatiga ko'ra diskret matematikaga
yaqin turadi.
Matematik mantiqqa tayanuvchi fanlar axborotlarga kompyuter-
lar yordamida ishlov berish jarayonlarini tahlil qilish uchun mantiq
yutuqlaridan foydalanish imkonini beradigan metodlami, shuningdek
mantiqiy tip modellari asosida kompyuteming o'zida sodir bo'ladigan
jarayonlarni o'rganish imkonini beradigan metodlarni ishlab chiq-
moqdalar. Bu metodlarning har xil turlari mavjud: formal tizimlar,
avtomatlar, o'yin modellari va boshqalar. Metodning turi obyektning
informatsion mazmunidan kelib chiqib tanlanadi. Mutaxassislaming
fikricha, informatikaning taraqqiyoti uning matematik negizining
rivojlanishiga ko'p jihatdan bog'liq.
Huquqiy informatikaning texnik fanlar bilan aloqasi huquq fani
va amaliyotining ehtiyojlari uchun har xil rusumdagi zamonaviy
elektron hisoblash mashinalaridan faol foydalanish orqali amalga
oshiriladi. O'z navbatida EHMdan foydalanish huquqiy informa
tikaning qiziqishlari sohasiga formal mantiq va matematika appa-
www.ziyouz.com kutubxonasi
ratining jalb etilishiga asoslanadi, zero busiz huquq normalarini
EHM xotirasiga kiritish oldidan formalizatsiya qilib bo'lmaydi.
Yuridik fanining har bir sohasi o'z bilish obyektining axborot
modelini yaratishi lozim. Bu umumiy va huquqiy informatika usul
va vositalaridan faol foydalanishni nazarda tutadi. Qonun hujjat-
lariga doir avtomatlashtirilgan axborot-qidiruv tizimlarini tashkil
etishda tarmoq yuridik fanlarida (fuqarolik huquqi, ma’muriy hu
quq va boshqalarda) mavjud bo'lgan normativ huquqiy hujjatlarn-
ing klassifikatorlaridan foydalanish zarur.
|