I B O B . FAN T IZ IM ID A H U Q U Q IY IN F O R M A T IK A
§1. Huquqiy
informatika
predm eti
O'zbekistonning davlat va huquq sohasini axborotlashtirish bo-
rasidagi murakkab vazifalarni hal qilish ilmiy bilimlarning yangi
sertarmoq tizimini vujudga keltirishni talab qildi. Yangi fanlararo
tarmoq — huquqiy informatika ana shu vazifalarni hal qilishga
javob beradi.
Umumiy va huquqiy informatika g'oyalari dastlab murakkab
dinamik tizimlami boshqarish qonunlari haqidagi fan - kibernetika
tarkibida rivojlandi.
Informatikani mustaqil fanga ajratish masalasi faqat ayrim olim
lar tomonidan qo'yildi. Jumladan, mazkur sohaning yetakchi mu-
taxassislaridan biri V.l. Siforov informologiya — axborotlarni uza
tish, taqsimlash, qayta ishlash va o'zgartirish qonunlari haqidagi
fan g'oyasini ilgari surdi. Bunda informologiya mazmuniga axborot-
lami kodlash, koddan chiqarish, eslab qolish, saqlash, qidirish,
ajratib olish, yetkazish, taqqoslash, ifoda etish, ishlab chiqarish
va foydalanish kirishi nazarda tutildi (1976).
60- yillaming oxirida «informatika» tushunchasi mamlakatimizda
faqat axborot texnikasi bilan emas, balki ilmiy axborot nazariyasi
(«dokumentalistika») bilan ham bog'landi. Bunga ko'p jihatdan
A.I. Mixaylov, A.I. Cherniy va R.S. Gilyarevskiyning «Informatika
asoslari» (1968) asarining e’lon qilinishi sabab bo'ldi. Asarda
ilmiy-texnik axborot tushunchasi va unga ishlov berish usullari
batafsil ko'rib chiqildi.
1982-yili kibernetika va informatika sohasidagi atoqli olim
V.M. Glushkovning «qog'ozsiz informatika asoslari» monografiyasi
e’lon qilindi. Ushbu monografiyada axborot tushunchasi va unga
ishlov berish usullari, ilmiy tadqiqotlar, noshirlik faoliyati, tibbiyot,
ta lim, loyihalash ishlari, kredit-moliya munosabatlari sohalaridagi
qog'ozsiz texnologiyalaming amaliy masalalari ko'rib chiqildi. Tashkiliy
tizimlami avtomatlashtirish va turdosh masalalarga alohida e’tibor
qaratildi. Umumdavlat avtomatlashtirilgan tizimi g'oyasi ilgari surildi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Informatikaning tushunchalar apparatini shakllantirishda G.R.
Gromovning «Milliy axborot resurslari: sanoatda foydalanish ma
salalari» (1984) monografiyasi katta rol o'ynadi. Bu monografiya-
da milliy axborot resurslari, ulardan sanoatda foydalanish, EHM
sanoatining o'sish sur’atlari, axborot texnologiyalari va dasturlash-
tirish fanining rivojlanish istiqbollari ko'rib chiqilgan. Axborot resurs
lari — mamlakat mehnatga layoqatli aholisi eng malakali va ijodiy
jihatdan faol qismi intellektual faoliyatining bevosita mahsulidir.
Milliy axborot resurslari - nisbatan yangi iqtisodiy kategoriya. Bu
resurslarni miqdoriy baholash va ularning boshqa iqtisodiy kate-
goriyalar bilan aloqasi masalasining to'g'ri qo'yilishi turli bilim
sohalaridagi mutaxassislar va olimlardan hamkorlikdagi uzoq izlan-
ishlarni talab etadi.
80- yillaming oxirlaridan O'zbekistonda ikkinchi kompyuter in-
qilobi boshlandi. «Informatika» atamasi faqat fannigina emas,
amaliy faoliyat yo'nalishini ham anglata boshladi. Informatika xalq
xo'jaligining tarmog'i sifatida kompyuter texnikasi, dasturiy mah-
sulot ishlab chiqarish va zamonaviy axborotlarga ishlov berish
texnologiyalarini ishlab chiqish bilan bog'liq turli xo'jalik yuritish
shakllaridagi turdosh korxonalar majmuidan tashkil topadi.
«Informatika» atamasi 6 0 -yillarda Fransiyada vujudga kelgan
bo'lib, elektron hisoblash mashinalari yordamida axborotlarga av
tomatlashtirilgan ishlov berish sohasi ana shu atama bilan atal-
gan. Fransuzcha informatique atamasi information (axborot) va
automatique (avtomatika) so'zlarini qo'shish yo'li bilan hosil qilin
gan bo'lib, «informatsion avtomatika yoki axborotlarga avtomat
lashtirilgan ishlov berish» degan ma’noni anglatadi. Inglizzabon
mamlakatlarda bu atamaga computer science (kompyuter texnika
si haqidagi fan) atamasi mos keladi.
Mamlakatimizda «informatika» atamasining hozirgi talqini 1983
yili sobiq SSSR Fanlar akademiyasi yillik yig'ilishi sessiyasida
Informatika, hisoblash texnikasi va avtomatlashtirish bo limini tashkil
etish haqida qaror qabul qilingan paytdan e’tiboran qaror topdi.
Informatika «EHMga asoslangan axborotlarga ishlov berish tizim
larini ishlab chiqish, loyihalash, yaratish, baholash, bu tizimlarning
ishlashi, ularning qo'llanishi va ijtimoiy amaliyotning turli sohalar-
iga ta’sirining barcha jihatlarini o'rganuvchi kompleks ilmiy va
muhandislik fani» sifatida talqin qilindi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Predmetini axborotlar va axborot jarayonlari tashkil qiluvchi
fan laming sertarmoq tizimi mavjud. Axborot jarayonlarining umu
miy qonuniyatlari va ulaming matematik modellarini o'rganuvchi
nazariy informatika; jamiyatdagi axborot jarayonlarining xususiyat
larini o'rganuvchi ijtimoiy informatika; to'g'ridan-to'g'ri amaliy vazi-
falami hal qilish uchun avtomatlashtirish vositalaridan foydalan-
ishga mo'ljallangan amaliy informatika; muayyan fanlar (iqtisodi-
yot, sotsiologiya, huquq va boshqalar)dagi axborot jarayonlarini
o'rganuvchi informatikaning tarmoq yo'nalishlari shular jumlasidan.
Hozirgi zamon informatika fani matematika va kibernetika, tizimli
texnika va elektronika, mantiq va lingvistika negizida vujudga
kelgan. Uning asosiy ilmiy yo'nalishlari hisoblash texnikasining
nazariy asoslari, statistik axborot nazariyasi, dasturlashtirish va
sun’iy intellekt singari fanlarni hosil qilgan.
Umumiy va huquqiy informatikani farqlay bilish zarur. Umumiy
informatika — bu axborotlarning tuzilishi va xususiyatlarini,
shuningdek, axborot faoliyatining qonuniyatlari, uning nazariyasi,
metodikasi va tashkilotini o'rganuvchi fandir. Umumiy informa
tikaning maqsadi axborotlami yozib olish, to'plash, tahliliy-sintetik
ishlov berish, saqlash, qidirish va tarqatishning maqbul usul va
vositalarini ishlab chiqishdan iborat.
Mavjud ishlar umumiy informatikaning tuzilishiga tegishli quyid
agi qoidalarni ta’riflash imkonini beradi.
1. Axborot va axborotlashtirishning ijtimoiy masalalari.
Ijtimoiy axborot. Axborotning jamiyatdagi roli. Axborot jamiyati
konsepsiyasi. Axborot xavfsizligi. Axborotlashtirishning ijtimoiy oqi-
batlari.
2. Nazariy va matematik informatika.
Algoritm, model, formalizatsiya tushunchalari. Qarorlar qabul
qilish nazariyasi, matematik va mantiqiy apparat.
3. Sun’iy intellekt nazariyasi.
Intellektual va psixik jarayonlami kompyuterda modellashtirish.
Ekspert tizimlar. Obrazlarni tanib olish. Intellektual robotlar.
4. Hisoblash texnikasi va dasturlash.
EHM arxitekturasi. Dastur va dasturlash. EHMning yaratilishi
tarixi. Rivojlanish tendensiyalari. Kompyuter tarmoqlari va tizimlari.
5. Amaliy informatika.
Fan va amaliyotning turli sohalarida (iqtisodiyot, texnika, har-
www.ziyouz.com kutubxonasi
biy ish, huquq va boshqalarda) axborotlarni to'plash va ularga
ishlov berish usullarini qo'llash masalalari.
Informatika amaliy fan sifatida axborot jarayonlaridagi qonuni-
yatlar (axborotlarni jamg'arish, qayta ishlash va tarqatish)ni
o'rganish, inson faoliyatining turli sohalarida kommunikatsiyalar-
ning axborot modellarini yaratish, axborot tizimlari va texnologiy
alarini ishlab chiqish bilan shug'ullanadi.
Huquqiy informatika umumiy informatikaning amaliy tarmog'i
hisoblanadi. Huquqiy informatikaning vazifalari va tabiatini tushu-
nishga nisbatan har xil yondashuvlar mavjud. Aytib o'tilgan qa-
rashlardan kelib chiqib unga quyidagicha ta’rif berish mumkin.
Huquqiy inform atika —bu yuridik faoliyat sohasidagi axborot
jarayonlarining qonuniyatlari va xususiyatlari, ulami avtomatlasht-
irish, yuridik faoliyatni takomillashtirish va uning samaradorligini
oshirish hamda huquqiy vazifalarni hal qilish uchun huquq fanlari
nazariyasi va metodologiyasi, matematika, informatika va mantiq,
vosita va usullaridan kompleks foydalanish negizida yaratiladigan
avtomatlashtirilgan axborot tizimlarining tuzilishi va ulardan foy
dalanish usullari haqidagi fanlararo bilim sohasidir1.
Huquqiy informatika va huquqiy kibernetika g'oyalarining vu
judga kelishi va rivojlanishida V.N. Kudryavsev, D.A. Kerimov,
O.A. Gavrilova, R.M. Lansman, Z.I. Kirsanov, S.S. Moskvin, N.S.
Polevoy, A.R. Shlyaxov, L.G. Ejubov singari olimlarning ishlari
katta rol o'ynadi.
Huquqiy informatikaning vazifalariga quyidagilar kiradi:
plyuralistik demokratiya va oshkoralik, jamiyatning har bir a’zosi
normativ huquqiy hujjatlarning butun majmuidan foydalanish im
koniyatiga egaligi, zarur vaqtda, zarur joyda va zarur shaklda
erkin axborot olish imkoniyatining mavjudligi prinsiplarida huquqiy
davlat qurishda faol ishtirok etish;
avtomatlashtirilgan ish joylari (AIJ), intellektual va maslahat
tizimlarini joriy etishning ilmiy va amaliy asoslarini ishlab chiqish;
yuridik muassasa va organlarning faoliyatini intellektuallashti-
rish, adliyani va yuridik faoliyatning boshqa shakllarini amalga
oshirishda ish samaradorligi va madaniyatini oshirish;
avtomatlashtirilgan ta’lim tizimlarini yaratish; yuridik kadrlar tay-
|