yorlash va qayta tayyorlashning nazariy va
uslubiy muammolarini
ishlab chiqish, yangi huquq ixtisosligi — «huquqiy informatika»
bo'yicha yosh mutaxassislar korpusini shakllantirish.
Bugungi kunda huquqiy informatikani ilmiy tadqiqotlarning o'z
predmeti, vazifalari va tadqiqot usullariga ega bo'lgan istiqbolli va
tez rivojlanayotgan yo'nalishi sifatida ko'zdan kechirish mumkin.
Informatika qoidalari va xulosalarini yuristlar yuridik tushuncha va
kategoriyalar nuqtai nazaridan idrok etishlari lozim.
Huquqiy informatika fani nisbatan yaqinda paydo bo'lganiga
qaramay, O'zbekistonning huquq sohasini axborotlashtirish bo
rasidagi davlat siyosatini amalga oshirishda jiddiy yutuqlami qo'lga
kiritdi. Ular jumlasiga: respublika huquqiy axborot markazlari va
tizimlarining tashkil etilishi; axborot va axborotlashtirish haqidagi
qonun hujjatlarining chiqarilishi; bilim tizimlarining yaratilishi;
matem-
atika va informatika kurslarining kiritilishi; informatika sohasida
xalqaro miqyosga chiqilishi kiradi.
«Informatika huquqi» (yoki kompyuter huquqi) tushunchasi ad-
abiyotlarda nisbatan yaqinda, jamiyatda hisoblash texnikasi va
informatikaning jadal rivojlanishi natijasida paydo bo'ldi. U axborot
larni to'plash, qayta ishlash va ulardan foydalanishni amalga
oshiruvchi hisoblash tizimlaridan (hisoblash markazlari,
xizmatlari,
axborot-qidirish tizimlari va boshqalar) foydalanish jarayonida ijti
moiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishga bevosita taalluqli-
dir. O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi doirasida infor
matika kodeksini va jamiyatdagi hisoblash tizimlarining ishini op-
timallashtirishga yo'naltirilgan boshqa huquqiy hujjatlarni ishlab
chiqish bo'yicha tadqiqotlar olib borilmoqda. Bizning nazarimizda,
informatika huquqi yoki kompyuter huquqiga hozirgi ko'rinishida
huquqiy informatikaning aspekti sifatida qaralishi mumkin. Ammo
istiqbolda bu bilim sohasi huquqiy informatikadan ajralib chiqishi
va yurisprudensiyaning mustaqil yo'nalishini tashkil etishi mumkin.
Binobarin, huquqiy informatika mustaqil bilim sohasi sifatida
huquq, huquq tizimi va umuman yuridik faoliyatga axborot nuqtai
nazaridan, yaxlit huquqiy-axborot tuzilmalari
sifatida qaraydi va
o'rganadi.
Huquqiy hodisalar va jarayonlarga informatsion yondashuvdan
hamda huquqni rivojlantirishning asosiy aspektlaridan kelib chiqib,
huquqiy informatika fanining predmeti doirasida huquqiy voqelikni
www.ziyouz.com kutubxonasi
axborotlashtirish bilan bevosita bog'liq bo'lgan vazifalarning ikki
turkumini ajratish mumkin.
Birinchi turkumga nazariy vazifalar: informatikaning predmeti,
metodlari va nazariy g'oyalarini aniqlashtirish; huquqning izchil
axborot
konsepsiyasini, ya’ni huquqning informatsion tabiati ha
qidagi ta’limotni ishlab chiqish; jamiyatdagi huquq tizimi, uning
kichik tizimlari va elementlarining axborot aspektlarini o'rganish;
jamiyatda huquqiy-axborot ta’siri ko'rsatishning samarali tuzilma
va modellarini ishlab chiqish; huquqiy axborot nazariyasini yara
tish; huquq normalari va huquqiy tartibga solishning informatsion
tabiatini o'rganishda qo'llanishi mumkin bo'lgan kompyuter texni-
kasi va dasturiy vositalarclan foydalanishning
metodik asoslarini
ishlab chiqish; huquq sohasida informatsion modellashtirishning
nazariy asoslarini ishlab chiqish va boshqa shunga o'xshash
vazifalar kiradi.
Ikkinchi turkumga amaliy xususiyatga ega bo'lgan vazifalar
kiradi. Bular awalam bor har xil axborot texnikasidan keng foy
dalanish asosida yuristlarning amaliy faoliyatini takomillashtirish
vazifalari, shu jumladan yuridik firmalar, markazlar, agentliklar va
uyushmalaming ishida kompyuter texnikasidan foydalanilishini op-
timallashtirish vazifalaridir. Korxona, birja,
kompaniya va banklam-
ing yuridik xizmatlari faoliyatida kompyuterlar va boshqa texnika-
dan foydalanilishini takomillashtirish; amaliy axborot-qidirish tizim
larining ishini yo'lga qo'yish; huquq ijodkorligida va qonun hujjat-
larini tartiblashda, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining
ishida va huquqiy targ'ibotda shaxsiy kompyuterlardan foydalan
ish; hozirgi zamon informatikasi uchun qonun hujjatlarini ishlab
chiqish vazifalarini ham shular qatoriga kiritish mumkin.
Bilimning boshqa ko'pgina sohalari singari,
huquqiy informatika
fan sifatida huquqiy axborotlar milliy tizimini tashkil etish vazi
falarini, huquq va davlat tizimlari hamda siyosiy tizimni axborot
lashtirish sohasidagi davlat siyosatini, yagona axborot maydoni
tushunchasini, umumiy va huquqiy axborot tushunchasini, huquq
ijodkorligi va huquqni qo'llash sohasi, kriminalistika va sud ek
spertizasi, sotsiologik tadqiqotlar va boshqa sohalarda foydalan
ish yo'llari va vazifalarini o'rganish metodologiyasi va usullarini o'z
ichiga oladi va o'rganadi.
Huquqiy informatika, davlat va huquq nazariyasida hamda
umumiy, “katta informatika’da o'z ildizlariga ega bo'lgan holda,
www.ziyouz.com kutubxonasi
huquqqa va yuridik faoliyatning barcha sohalariga mustaqil yon-
dashadi; u huquq va huquqiy mexanizmlar sohasidagi
umumiy va
muayyan axborot muammolari va vazifalarini tadqiq qiladi.
Huquqiy informatika ma’lum huquqiy tizimlar, hodisalar va jaray-
onlami yangi nuqtai nazardan - umumlashtirilgan axborot pozitsi-
yalari nuqtai nazaridan o'rganish, ularni yaxlit bir butun axborot
tuzilmasi ko'rinishida tasawur qilish imkonini beradi.
Huquqiy informatikaning ilmiy maqomi va sohasiga aniqliklar
kiritib borilmoqda. Huquqiy informatika hali mustaqil fan shakliga
kirgani yo'q. U nisbatan quyi pog'onada - fanlararo bilim sohasi
pog'onasida turadi.
Huquqiy informatikani qator turdosh ilmiy yo'nalishlardan far-
qlay bilish zarur. Biroq bu uning
ilmiy va amaliy ahamiyatini
kamaytirmaydi. Chunonchi, huquqiy informatikani «Axborot huqu
qi» kursidan chegaralash lozim. Bu kursning vazifasi axborot va
axborotlashtirishga doir qonun hujjatlarini o'rganishdan iborat.
Mustaqil axborot fani - «Kompyuter savodxonligi kursi» o'rta
maktab o'quv fanlari qatoriga kiritilgan va mamlakatning barcha
oliy o'quv yurtlarida, shu jumladan yuridik o'quv yurtlarida ham
o'qitiladi.