da ishlashdan chekinishi, elementlar tarkibi va boshqa kompo-
nentlarini qamrab oladi.
Har qanday ijtimoiy organizm faol,
rivojlanuvchi, o'zini o'zi
tartibga soluvchi tizim hisoblanadi va tashqi sharoitlarga qator
moslashishlar asosida faoliyat ko'rsatadi, o'z atrofidagi ijtimoiy va
tabiiy muhit bilan aloqa qiladi.
Huquq tizimlaming o'lchamlarini qayd etibgina qolmay,
ularning
ish jarayonini ham tartibga soladi. Bu nuqtai nazardan ijtimoiy
munosabat va aloqalar subyektlarining faoliyati, ularning tashqi
va ichki muhitlardagi faol harakati huquq tizimining obyekti hisobla
nadi, deb aytish mumkin. Huquq normalari
ijtimoiy faoliyatning
mazmuniga kirib, ijtimoiy tizimlaming tuzilishiga uyg'un qo'shiladilar,
uning elementiga aylanadilar, uning faoliyati va progressiv rivo-
jlanishini ta’minlaydilar.
Ijtimoiy tizimning sifat xususiyatlari quyidagilardan iborat: u ko'p
omilli, ehtimol tutilgan tizim ko'rinishida bo'ladi; huquq tizimi faoli
yati mexanizmining ratsional modelini yaratishda hisobga olinishi
lozim bo'lgan spetsifik
qonuniyatlar majmuiga tayanadi; huquqiy
tartibga solishning maqsadlariga mos kelishi ham, mos kelmasligi
ham mumkin bo'lgan o'ziga xos maqsadlarga ega bo'ladi;
nafaqat
huquqiy, balki boshqa ijtimoiy regulatorlar bilan bog'liq bo'ladiki,
bularning barchasi huquqiy tartibga solish jarayonida hisobga
olinishi lozim.