• II BO B. AVTO M ATLASHTIRILG AN A X B O R O T T IZ IM L A R I §1. Axborot tizimlari, axborot texnologiyalari va
  • Abdujabbor muhammadiyev




    Download 6,82 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet12/243
    Sana27.11.2023
    Hajmi6,82 Mb.
    #106679
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   243
    Bog'liq
    Huquqiy informatika (Abdujabbor Muhammadiyev)

    K ib e r n e t ik
    tiz im
    Kibernetik tizim deganda axborot jarayoni bilan birlashtirilgan 
    jonli va jonsiz tabiat tizimchalari va elementlarining majmui tus- 
    huniladi. Ulaming harakatlari qo'yilgan maqsadga muvofiq ravish­
    da erishish uchun xizmat qiladi. Boshqaruv subyekti va obyekti 
    hamda boshqaruv tizimining mavjudligi kibernetik tizim uchun 
    xosdir.
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    II BO B. AVTO M ATLASHTIRILG AN A X B O R O T
    T IZ IM L A R I
    §1. Axborot tizimlari, axborot texnologiyalari va 
    ularni ta ’minlash vositalarining yaratilish va 
    qoMlanish sohasi
    Bu soha obyektlari jumlasiga quyidagilar kiradi: axborot tizim­
    lari va axborot texnologiyalari, ularni ta’minlash vositalari. «Axborot­
    lashtirish to‘g‘risida»gi Qonunda «axborot tizimi» tushunchasiga 
    shunday ta’rif beriladi: «axborot tizimi — axborotni to'plash, saqlash, 
    izlash, unga ishlov berish hamda undan foydalanish imkonini 
    beradigan, tashkiliy jihatdan tartibga solingan jami axborot resurs­
    lari, axborot texnologiyalari va aloqa vositalari» (3-modda).
    Axborot tizimlari jumlasiga har xil turdagi avtomatlashtirilgan 
    axborot tizimlari ham kiradi. Bu birinchi navbatda Internet, 
    shuningdek, avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari (ABT), av­
    tomatlashtirilgan ma’lumotlarga ishlov berish tizimlari, avtomatlash­
    tirilgan ilmiy-texnik axborot tizimlari va sh.k., ma’lumot banklari, 
    bilim bazalari, ekspert tizimlar, axborot-hisoblash tizimlari, axborot- 
    telekommunikatsiya tizimlari va tarmoqlari, aloqa va telekommu- 
    nikatsiya tizimlari hamda bu tizimlar va texnologiyalami ta’minlash 
    vositalaridir.
    Asosiy texnik vositalar - hisoblash texnikasi vositalari, nusxa 
    ko'chirish va ko'paytirish texnikasi, tashkiliy texnika, aloqa va 
    telekommunikatsiya vositalari va boshq. Dasturiy vositalar - oper- 
    atsion tizimlar, amaliy dasturlar, telekommunikatsiyalaming dastur­
    iy vositalari, boshqa dasturiy vositalar. Lingvistik vositalar — lug'atlar, 
    tezauruslar, klassifikatorlar va boshqa lingvistik vositalar. Tashkiliy- 
    huquqiy vositalar-normativ huquqiy va huquqiy hujjatlar, norma- 
    tiv-texnik hujjatlar, nizomlar, ustavlar va lavozim yo'riqnomalari. 
    Axborot texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalarining tasnifi
    1-rasmda keltirilgan.
    Bu soha subyektlarini ikki guruhga ajratish mumkin: axborot 
    tizimlari, axborot texnologiyalari va ulami ta’minlash vositalarining
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    ishlab chiqilishini tashkil etuvchi va amalga oshiruvchi subyektlar 
    hamda sanab o'tilgan obyektlardan foydalanuvchi subyektlar. 
    Axborot tizimlarining ishlab chiqilishini tashkil etuvchi va amalga 
    oshiruvchi subyektlar sifatida buyurtmachilar va ishlab chiquvchi- 
    lar qatnashadi. Bular — davlat hokimiyati organlari, yuridik va 
    jismoniy shaxslar - tashkilot va korxonalar hamda mutaxassis- 
    lardir. Axborot tizimlari, axborot texnologiyalari va ularni ta’minlash 
    vositalaridan foydalanuvchi subyektlar jumlasiga davlat hokimiyati 
    organlari, ulaming bo'linmalari, yuridik va jismoniy shaxslar kiradi.
    Bu soha subyektlarining muhim yo'nalishlaridan biri hozirgi 
    zamon informatsion jamiyati axborot infratuzilmasining dasturiy- 
    texnik qismini shakllantirish va rivojlantirish bo'lishi lozim. Bu 
    o'rinda axborot infratuzilmasi deganda shaxs, davlat va jamiyat 
    ehtiyojlarini qondirish uchun axborot jarayonlari — axborotni ishlab 
    chiqarish, to'plash, jamlash, saqlash, qidirish, tarqatish va iste’mol 
    qilish jarayonlarining samarali va sifatli amalga oshirilishini 
    ta’minlaydigan hisoblash texnikasi, aloqa va telekommunikatsiya 
    vositalari, shuningdek ommaviy axborot vositalari va axborot resurs- 
    larining tashkiliy yig'indisi tushuniladi.
    Axborot infratuzilmasining dasturiy-texnik qismida hisoblash texni­
    kasi, aloqa va telekommunikatsiya vositalarining yaratilishi va 
    qo'llanishi, shuningdek, O'zbekistonda chegaralararo axborot tar­
    moqlari va Internetga chiqiladigan axborot tizimlarining yaratilishi 
    va rivojlanishi bilan bog'liq tadbirlar o'z aksini topishi lozim. 
    Jumladan, davlat quyidagi asosiy masalalar bo'yicha o'z pozitsiya- 
    sini belgilashi zarur respublikada dasturiy-texnik vositalar - hisob­
    lash texnikasi, aloqa va telekommunikatsiya vositalarini ishlab 
    chiqarish va ulardan foydalanishni rivojlantirish, ulaming jahon 
    miqyosida raqobatbardoshligini ta’minlash; chet elda ishlab chiqar- 
    ilgan hisoblash texnikasi, aloqa va telekommunikatsiya vositalari­
    ning O'zbekistonga kelishi va joriy qilinishini davlat manfaatlarini 
    hisobga olgan holda ta’minlash; O'zbekistonda davlat budjeti, 
    shaxsiy va xorijiy investitsiyalar hisobiga axborot tizimlarining yara- 
    tilishini respublika axborot xavfsizligining davlat tomonidan nazorat 
    qilinishi sharti bilan tashkil etish; O'zbekistondagi axborot tizimlar­
    ining dunyo miqyosidagi hududlararo axborot tizimlari, birinchi 
    navbatda Internet bilan integratsiyalashuvini ta’minlash.
    www.ziyouz.com kutubxonasi



    Download 6,82 Mb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   243




    Download 6,82 Mb.
    Pdf ko'rish