• N o r m a t iv tiz im la r
  • Abdujabbor muhammadiyev




    Download 6,82 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet11/243
    Sana27.11.2023
    Hajmi6,82 Mb.
    #106679
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   243
    Bog'liq
    Huquqiy informatika (Abdujabbor Muhammadiyev)

    M u r a k k a b
    d in a m ik tiz im
    Murakkab dinamik tizim tushunchasi informatika va kibemetika- 
    da muhim rol o'ynaydi. Murakkab dinamik tizimlar ko'p sonli oddiy 
    tizimlardan tashkil topadi. Bu oddiy tizimlaming har biri o'z nav- 
    batida mustaqil tizim (oddiy tizimchalar) hisoblanadi. Butun tiz­
    imning va alohida elementlarning holati har xil qonuniyatlarga 
    ko'ra o'zgarishi mumkin bo'lgan bir yoki ko'p sonli parametrlarn- 
    ing miqdori bilan tavsiflanadi. Tizimning bir holatdan ikkinchi 
    holatga o'tishi— jarayon deb ataladi. Tizimni parametrlariga ta’sir 
    ko'rsatish yo'li bilan bir holatdan ikkinchi holatga o'tkazish — 
    boshqaruv deb ataladi. EHM, mehnat faoliyati bilan biriashtirilgan 
    odamlar jamoasi, texnik va biologik tizimlar boshqaruv jarayonlari 
    sodir bo'luvchi dinamik tizimlar hisoblanadi. Murakkab dinamik 
    tizimning boshqa bir o'ziga xos xususiyati uning rivojlanishidir.
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    Barcha murakkab dinamik tizimlarda boshqaruv axborotlarni 
    to'plash, tarqatish, saqlash va qayta ishlash, boshqaruv koman- 
    dalarini ishlab chiqish va ularni ijro etuvchi organlarga taqdim 
    etish yo’li bilan amalga oshiriladi.
    «Davlat - huquq» murakkab dinamik tizimi - bu ko‘p maqsadli, 
    polifunksional, polistrukturaviy, ko'p aspektli tizimdir; u yaxlit tizimli 
    xususiyatlari, tarkibiy elementlari, ularning xususiyatlari va ular 
    o'rtasidagi munosabatlaming xilma-xilligi bilan farq qiladi. Uni 
    tavsiflash bir nechta maxsus tillar yordamida amalga oshiriladi.
    N o r m a t iv
    tiz im la r
    Jamiyatda juda ko'p ijtimoiy regulatorlar amal qiladi. Bular 
    siyosiy normalar, axloq normalari, ommaviy axborot vositalari, 
    davlat va huquqdir. Ularning barchasi ijtimoiy normativ tizimlaming 
    turi (xili) hisoblanadi, ya’ni ularning tarkibiga har xil ijtimoiy nor­
    malar kiradi.

    Download 6,82 Mb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   243




    Download 6,82 Mb.
    Pdf ko'rish