Kriminalistikada jinoyat ishlarini tergov qilish va alohida tergov
harakatlarini amalga oshirish algoritmlari ishlab chiqilgan. Tergov
qilishning umumiy algoritmini va xususiy metodikalarni farqlash
lozim. Har bir tergov harakati o'z
algoritmiga, demak, algoritmlar
iyerarxiyasida o'z o'rniga egadir.
Har qaysi algoritm boshlang'ich ma’lumotlarga nisbatan qo'llanadi
va natijalar beradi. Algoritmning ishlash jarayonida har xil oraliq
ma’lumotlar paydo bo'ladi. Shuning uchun algoritmlar ishlashi
mumkin bo'lgan ma’lumotlaming turlari ko'rsatilishi lozim.
Algoritm bosqichlarining ketma-ketligi bir xil bo'lishi lozim. Nav-
batdagi bosqichni tanlashda o'zboshimchalikka yo'l qo'yilmaydi.
Dastlabki va oxirgi bosqichlar albatta qayd etilishi kerak.
Informatikada algoritmlarning ikki yirik turkumi farq qilinadi:
hisoblash algoritmlari, axborot algoritmlari.
Hisoblash algoritmlari nisbatan oddiy ma’lumotlar (sonlar, matrit-
salar) bilan ishlaydi.
Axborot algoritmlari katta hajmli axborotlar
bilan ishlaydigan
protseduralar (masalan, ma’lum belgilarga javob beradigan son
yoki so'zni qidirish) majmuidan tashkil topadi.
Hisoblash mashinasining tilida berilgan komandalar ketma-
ketligida yuklangan algoritm mashina dasturi deb ataladi. Mashi-
na dasturining komandasi- bu EHMning elementar ko'rsatmasi
bo'lib, uni mashina avtomatik ravishda, biron-bir qo'shimcha
ko'rsatma va tushuntirishlarsiz bajaradi.
Huquqiy protseduralami tartibga soluvchi
normativ hujjatlarda
ko'plab har xil algoritmlar mavjud bo'ladi. Huquq ijodkorligi qaror
lar majmuini qabul qilishdan iborat izchil jarayondir. Bu algoritmni
umumiy algoritm deb atash mumkin. Huquq ijodkorligi jarayoni
quyidagi bosqichlardan tashkil topadi:
1-bosqich. Qonun chiqarish tashabbusi huquq subyekti tomo-
nidan kiritilgan qonun loyihasining O'zbekiston Respublikasi Oliy
Majiisining qonunchilik palatasiga kelib tushishi.
2-bosqich. Qonun chiqarish tashabbusi
tartibida kiritilgan qonun
loyihasining dastlabki ko'rib chiqilishi.
3-bosqich. Qonun loyihasining birinchi o'qishda ko'rilishi.
4-bosqich. Qonun loyihasining ikkinchi o'qishda ko'rilishi.
5-bosqich. Qonun loyihasining uchinchi o'qishda ko'rilishi.
6-bosqich. Qonunning O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
qonunchilik palatasidan o'tishi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
7-bosqich. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qaytar-
gan qonunning qayta ko'rib chiqilishi.
8-bosqich. Qonunning O'zbekiston Respublikasi Prezidenti to
monidan ko'rib chiqilishi.
9-bosqich. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti qaytargan qonun
ning qayta ko'rib chiqilishi.
Huquq ijodkorligi jarayonining har bir bosqichida maqbul qaror
qabul qilish uchun yetarli axborotlar mavjud bo'lishi kerak.
Qonun hujjatlari matnlariga algoritmik tipdagi - muayyan so-
hadagi yuridik protseduralami aniq va izchil
tavsiflaydigan norma-
larning kiritilishi huquqiy hujjatlaming samaradorligini oshirishning
muhim shartidir.
Algoritmik xususiyatga ega norma va protseduralar O'zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi qonunchilik palatasining reglamentida
belgilangan. Bular quyidagi algoritmlardir:
qonun loyihalarini kiritish tartibi;
qonun loyihalarining ko'rib chiqilishi va qabul qilinishi;
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
Senati qaytargan qonun-
larning qayta ko'rilishi;
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti qaytargan qonunlaming
qayta ko'rilishi;
Konstitutsiya qoidalarini qayta ko'rish haqidagi takliflaming ko'rib
chiqilishi;
ovoz berish va qaror qabul qilish tartibi;
O'zbekiston Respublikasi qonunlarini ko'rib chiqish tartibi;
O'zbekiston Respublikasi qonunlarini qayta ko'rib chiqish tartibi
va boshqalar.
Sud ekspertizasida algoritm - bu harakatlarni ma’lum
sharoit-
larda ekspert oldiga qo'yilgan masalaning hal qilinishini
ta’minlaydigan ketma-ketlikda maqbullashtirish dasturidir.
www.ziyouz.com kutubxonasi