• Q (t) = q i(t), q 2( t ) ... qn(t)
  • -rasm. Huquq normasining amal qilish mexanizmini modellashtirish




    Download 6,82 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet16/243
    Sana27.11.2023
    Hajmi6,82 Mb.
    #106679
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   243
    Bog'liq
    Huquqiy informatika (Abdujabbor Muhammadiyev)

    4-rasm. Huquq normasining amal qilish mexanizmini modellashtirish
    Ijtimoiy tizim tushunchasiga miqdoriy aniqlik kiritish mumkin. 
    Masalan, huquqiy tartibga solish va ijtimoiy boshqarish obyekti 
    sifatidagi ishlab chiqarish jamoasi uchun jamoaning kattaligi, ish­
    lab chiqarish tarmog'i, mehnat unumdorligi, hamjihatlik, axborotlar 
    sohasidagi aloqalar tizimning parametrlari bo'lishi mumkin. Miq­
    doriy yondashuv nuqtai nazaridan tartibga solinuvchi ijtimoiy tizim 
    miqdorlar majmui bilan ifoda etiladi:
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    Q = (q1f q2 ... qn),
    bunda ulaming har biri ma’lum miqdoriy yoki (ko'pincha) nomiq- 
    doriy kattalikka ega bo'ladi1.
    Umumiy holatda q, o'zgaruvchilar vaqtda o'zgaradi, ya’ni
    Q (t) = q i(t), q2( t ) ... qn(t)
    Tartibga solinayotgan ijtimoiy tizim ayrim qismlarga — ijtimoiy 
    tabaqalarga parchalanadi. O'rganilayotgan huquq normasi amal 
    qiluvchi ayrim hududiy ijtimoiy tabaqa berilgan bo'lsin. U bir qator 
    alohida guruhlarga parchalanadi. Bu alohida guruhlar yoshi, ya- 
    shash joyi, kasbi va boshqa omillarga ko'ra turkumlanishi mum­
    kin. Muhimi shuki, ularning har birida o'rganilayotgan normaning 
    amal qilishi har xil namoyon bo'lishi mumkin. Agar bunday guruh- 
    larning umumiy soni n ga teng bo'lsa, tartibga solinayotgan 
    ijtimoiy tizim tegishli ko'pliklaming birlashmasi ko'rinishida ifoda 
    etiladi:
    P=upi = u1nu2nu3...
    Bunday ifoda tizimni formalizatsiya qilish uchun yo'l ochadi. 
    Jumladan, u tasodifiy miqdorlar yig'indisi tarzida ifoda etilishi 
    mumkin.
    Huquq normasining amal qilish mexanizmining keyingi elementi 
    ko'rib chiqilayotgan tizimga xos bo'lgan xulq-atvordir. Huquq xulq- 
    atvorga to'g'ridan-to'g'ri va bevosita ta’sir ko'rsatmaydi. Dastlab u 
    boshqaruv obyektining o'ziga, ijtimoiy tizimga ta’sir ko'rsatadi, 
    so'ngra ijtimoiy tizim izchil ijtimoiy xulq-atvorning ma’lum turini 
    produtsiya qiladi. Tizimning harakati — bu uni tashkil etuvchi 
    komponentlarning faoliyatidir. Ijtimoiy ishlab chiqarish, siyosat, 
    jamiyatning ma’naviy hayoti, boshqaruv sohalaridagi faoliyat shu- 
    lar jumlasidan. Tashqi xulq-atvor odamlarning jismoniy xatti-har- 
    akatlarida o'z ifodasini topadi yoki verbal (og'zaki) bo'ladi.
    Tartibga solinayotgan ijtimoiy tizimning xulq-atvorini tahlil qilish 
    jarayonida alohida individni emas, ko'plab ijtimoiy subyektlarni 
    ko'rib chiqish mumkin. Boshqacha aytganda, ijtimoiy tabaqalar va 
    ijtimoiy guruhlarning xulq-atvoriga huquqning ta’sirini o'rganish

    Download 6,82 Mb.
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   243




    Download 6,82 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. Huquq normasining amal qilish mexanizmini modellashtirish

    Download 6,82 Mb.
    Pdf ko'rish